Qarshi halqaro universiteti


Download 289.68 Kb.
bet72/91
Sana13.01.2023
Hajmi289.68 Kb.
#1090149
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   91
Bog'liq
Majmua.Tarbiya nazariyasi va metodikasi

Malakaviy amaliyot - nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, mustaqil tajriba o'tkazish ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida talabalar o'tkazadigan amaliy ish turi hisoblanadi.
Mehnat – butun moddiy va ma'naviy madaniyatning, shuningdek, ijtimoiy taraqqiyotning negizidir.
Mehnat tarbiyasining vazifalari ko'p qirralidir. U o'quvchilarni mehnat faoliyatiga amaliy tayyorlashning juda ko'p tomonlarini qamrab oladi. Mehnat tarbiyasining eng muhim vazifasi yosh avlodni mehnat qilish xohishini, havasini, intilishini, ko'nikma va mahoratni ularda shakllantirishdan iborat.
Metodika - ta'limning umumiy qonuniyatlarini muayyan predmetlaridan (ya'ni ona tili, adabiyot, tarix, fizika, ximiya, matematika, jismoniy tarbiya) dars berishda qo'llashning o'ziga xos xususiyatlarni, usullarini tadqiqi qiluvchi soha.
Munozara – faol o'qitish metodi bo'lib, muhokama, ma'lum muammo bo'yicha fikr almashinuv ko'rinishda o'tadi. Bu metod malaka oshirish jarayonida o'zining imkoniyatlari kengligi jihatidan alohida ahamiyatga ega
Muammoli vaziyat - o’quvchining ma‘lum psixik holatidir. Bunday holat ma‘lum topshiriqni bajarish jarayonida ziddiyatni anglash tufayli vujudga keladi.
Muammoli ta‘lim - o’quv materialini o’quvchi-talabalar ongida ilmiy izlanishga o’xshash bilish vazifalari va muammolarini vujudga keltiradigan yusinda o’rgatish tushuniladi. Ta‘limda muammoli yondoshishni joriy etishdan maqsad hozirgi ta‘lim jarayonini o’quvchi-talabalarning ijodiy fikrlashini faol rivojlantiradigan usullar bilan to’ldirishdan iborat.
Nazariya - yangi bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya har xil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik, raqam va shu kabilar. Nazariyada g’oya shakllanadi.
Ogohlantirish – noma‘qul hatti-harakatlarning oldini olish uchun qo’llaniladi.
Ongli intizom - axloqning tarkibiy qismi hisoblanadi. Intizom deganda burchni bajarish – shaxsiy va ijtimoiy, davlat, shaxsiy va jamoatchilik majburiyatlarini kam-ko'stsiz bajarish hamda ijtimoiy hayotda kishilarga, mehnatga va jamoat mulkiga jamiyat qabul qilgan xatti-harakat meyorlarida amal qilish tushiniladi.

Download 289.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling