Qurolli kuchlari tashkil topgan kun
Download 204.09 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QUROLLI KUCHLARI TASHKIL TOPGAN KUN
- Ardog`imizdasiz bobojonlar, momojonlar!
- ADABIY JANRLAR Yoqubjonova Shohsanam 9 a sinf o`quvchisi
- KITOBIM OFTOBIM Sobirjanov Behzodbek
- Umumjahon e’tirofidagi obidalar
- D.MIRSAIDOVA
2015 yil
14 – yanvar – Vatan himoyachilari kuni O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QUROLLI KUCHLARI TASHKIL TOPGAN KUN M. Tursunov Ma’naviy-marifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari
Harbiy bo`lishni istovchi yoshlar safi yil sayin kengayib bormoqda. Muhimi, ularning orzulari amalga oshmoqda. Harbiy xizmat oilaviy kasbga aylanib, harbiylar sulolalari paydo bo`layapti. Istiqlol tufayli harbiy xizmat sharafli kasbga aylandi. Yoshlar harbiy kasbga katta havas va qiziqish bilan qarashmoqda. Bu oddiy qiziqish emas, ulardagi vatanparvarlik tuyg`usining yuksakligi hamda Vatan tinchligi va daxlsizligi uchun o`zlarini mas’ul deb bilishlarining ifodasidir. Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, harbiy sohada ham keng ko`lamli islohotlar amalga oshirildi. Xususan, mudofaa ishlari boshqarma va bo`limlarining chaqiruv punktlari, harbiy qismlarning o`quv sinflari zamon talablari darajasiga keltirildi. Yigitlarni harbiy xizmatga tantanali kuzatish va kutib olish mustaqillik yillarida yaxshi an’anaga aylandi. Bunday marosimlarda ota-onalar, mahalla tizimi, jamoatchilik vakillari, mehnat va urush faxriylari faol qatnashmoqda. Badiiy jamoalarining konsert dasturlari namoyish etilmoqda. Yoshlarning askar bo`lishga havasini kuchaytirayotgan yana bir omil – harbiy xizmatdan qaytgan yigitlarning ishga joylashishi va o`qishga kirishlarida berilayotgan imtiyozlardir. Harbiy xizmatni namunali o`tab,
qo`mondonlikning tegishli tavsiyanomasiga ega bo`lgan yoshlarning ko`pchiligi oliy ta’lim muassasalariga o`qishga kirayotgani armiyamizning obro`-e’tiborini yanada
oshirmoqda. Harbiy xizmat yoshlarimizni ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol voyaga yetkazadigan hayot maktabiga aylangani mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasini yaqqol namoyon etmoqda. Bu jarayonda chaqiriqqacha yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, boshlang‘ich harbiy ta’lim berish sohasidagi ishlar samaradorligi oshgani, harbiy qismlar bilan jamoatchilik o`rtasida doimiy aloqaning keng yo`lga qo`yilgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, har yili Vatan himoyachilari kuni katta tantanalar bilan nishonlanmoqda. Bizning maktab internatda ham bu bayram qizg`in kutib olindi. Jumladan, Q.Qosimov rahbarligidagi 9 d sinf o`quvchilari tomonidan tayyorlangan kecha barchaning olqishiga sazovor bo`ldi. Bu kabi tadbirlar muntazam davom etadi.
Tolibjonova Ruhsoraxon 6 a sinf o`quvchisi
Qodirova Zarifa 5 b sinf o`quvchisi
Ardog`imizdasiz bobojonlar, momojonlar! Keksalarga hurmat, extirom, yoshi ulug`larga izzat-ikrom ko`rsatish bizning eng noyob, eng ezgu qadriyatlarimizdan. Chunki biz ularning tarbiyasini olib kamol topamiz, o`gitlari, pand- nasihatlari bilan ulg`ayamiz. Shu ma’noda kirib kelgan yangi 2015-yilni muxtaram prezidentimiz tomonidan “Keksalarni e’zozlash yili” deb e`lon qilinganini butun xalqimiz zo`r mamnuniyat bilin qarshi oldi. Bundan biz bolajonlar ham juda xursand bo`ldik. Zotan bugungi baxtli va farovon hayotimizni biz uchun bobolarimiz, momolarimiz yaratib berishgan. Ota-onalarimiz bizning kamolimizni ko`zlab mehnat qilishmoqda. Biz ularga munosib bo`lishimiz, hamisha qadrlab, e`zozlashimiz ham farz ham qarz. Yaxshi o`qib, yaxshi inson bo`lib kamol topsak, ular bizdan minnatdor bo`ladilar. Eng avvalo shu bizning ularga ko`rsatgan e`zozimiz bo`ladi.
MUSO TOSHMUHAMMAD O'G'LI OYBEK Agar M. Behbudiy va A. Avloniy XX asr o'zbek adabiyoti namoyandalarining birinchi bo'g'inini, Fitrat, Hamza, A. Qodiriy va Cho'lponlar ikkinchi bo'g'inini tashkil etgan bo'lsalar, Oybek uchinchi bo'g'inga mansub yozuvchidir. Xuddi shu hol unga ustozlarning adabiy an'analarini yangi tarixiy sharoitda davom ettirish va rivojlantirish mas'uliyatini yukladi. Oybek ruhiy olami va adabiy intilishlariga ko'ra, Cho'lpon bilan A. Qodiriyga ko'prpq yaqin edi. Shuning uchun ham uning shoir sifatida shakllanishida ChoMrJonmng, adib (nosir) sifatida shakllanishida esa A. Qodiriyning ta'siri sezilarli bo'ldi. Shu bilan birga, Oybek rus va jahon adabiyoti namoyandalaridan saboq olib, ularning eng yaxshi an'analarini davom ettirdi. Oybek XX asr o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga nafaqat zabardast shoir va yozuvchi, balki publitsist, adabiyotshunos va tarjimon sifatida ham ulkan hissa qo'shdi. U o'zbek adabiyotida tarixiy-biografik roman janrini boshlab berdi, navoiyshunoslik faniga tamal toshini qo'ydi, o'zbek tarjima maktabini yangi bir bosqichga ko'tardi. Oybekning tug'ilgan sanasi uning turli yillarga oid tarjimayi hollarida turlicha qayd etilgan. Agar adib „She'rlar" kitobi (1963) ga ilova qilgan tarjimayi holida tug'ilgan sanasini 1904- yil 22- dekabr deb ko'rsatgan bo'lsa, o'n jildlik „Asarlar" to'plamining 1-jildi (1968)da: „Men toshkentlikman. 1905- yil 10- yanvarda Eski shaharda o'rta hol hunarmand — bo'zchi oilasida tug'ildim", deb yozgan. Shu so'nggi ma'lumot ilmiy muomalada Oybekning tug'ilgan sanasi sifatida qabul qilingan. Oybek tug'ilgan vaqtda. Turkistonga rus manufakturasining kirib. kelishi sababli holzchilik orqasida tirikchilik o'tkazgan kishilarning kasbi kasodga uchradi. Shu sababdan ham uning otasi shahar atroflaridagi qishloqlarda boqqolchilik, onasi esa tikuychilik bilan mashg'ul bo'lishdi. Oybek bolalik paytlarida otasining safarlariga hamroh, onasining yumushlariga esa madadkor bo'lishi tufayli oddiy mehnatkash xalq hayoti bilan yaqindan tanishdi va turfa xarakterli kishilar tabiati va tilini yaxshi o'rgandi. 1925- yilda O'rta Osiyo Davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakultetining siyosiy iqtisod bo'limiga o'qishga kirdi. U 1930- yili universitetni tugatib, oliy ma'lumotli bo'ldi. Oybek universitetda dars berish bilan birga, 1933- yilda Madaniy qurilish ilmiy-tekshirish institutida ham ishlay boshladi. 1934- yilda bu ilmiy markaz Til va adabiyot institutiga aylantirildi. Xullas, 1935-yilda Oybek oldida yo iqtisodni, yoki adabiyotni tanlash muammosi paydo bo'ldi. Oybek bu vaqtda „Tuyg'ular" (1926), „Ko'ngil naylari" (1929), „Mash'ala" (1932), „Baxtigul va Sog'indiq" (1934) she'riy to'plamlari, „Dilbar-davr qizi" (1932), ,,O'ch" (1933) kabi dostonlarini e'lon qilgan, el-yurt mehrini qozona boshlagan shoir edi. U Til va adabiyot institutida ishlagan holda badiiy ijod olamini tanladi. Birinchi yirik nasriy asari — „Qutlug' qon" romanini yozishga kirishadi. Mazkur romanning 1941- yilda nashr etilishi Oybekni o'zbek yozuvchilarining oldingi safiga olib chiqdi. Shu vaqtdan boshlab u she'riy va nasriy janrlarda baravar samarali ijod etib, „Navoiy" (1944), „O1tin vodiydan shabadalar" (1949), „Quyosh qoraymas" (1959), „Ulug' yo'l" (1965) romanlari, „Nur qidirib" (1957), „Bolalik xotiralari" (1963) va „Bola Alisher" (1967) qissalari, „Qizlar" (1947), „Hamza" (1948), „Davrim jarohati" (1952) hamda „Guli va Navoiy" (1968) dostonlarini yaratdi. Shoirning Zarifaxonimga bag'ishlangan lirik she'rlari orasida shundaylari borki, ularni o'zbek lirikasining durdonalari sifatida baholash va bu she'rlarni jahon ishqiy lirikasining sara asarlari qatoriga bemalol kiritish mumkin. Shunday she'rlardan biri „Uzoqdan turib..." deb atalgan. Bu she'r 1928- yil 26- oktabrda Leningradda yozilgan. (Oybek shu yili o'qishini Leningraddagi Plexanov nomli Xalq xo'jaligi institutiga ko'chirib olgan edi.) Oybekning lirik shoir sifatidagi iste'dodi uning tabiat manzaralari tasviriga bag'ishlangan she'rlarida yana ham yorqin jilva berib turadi. Ko'ramizki, tabiat tasviri inson ruhidagi hatto oniy o'zgarishlarni ham o'zida lakmus qog'ozidek yaqqol aks ettiradi. Oybek nafaqat shoir va yozuvchi, balki adabiyotshunos olim va nazariyotchi ham edi. U lirikaning drama va eposdan farqli tomonlari to'g'risida so'zlab, bunday yozgan: „Drama va rivoya (epos) turlari fabulalidir. Bularda xronologik va sababiyat prinsipi bilan bog'liq voqealar, hodisalar, fikrlar tasvirlanadi. Lirika ko'pincha shoir fikrlarini, tuyg'ularini, orzulari va kayfiyatini kuylaydi. Voqealar tasvir etilsa-da, maqsad ma'lum bir hayajon uyg'otish uchun vosita, izlanishgina bo’lib qoladi". „Mashrab" dostoni shu vaqtgacha lirik she'r sifatida e'lon qilinib keladi. Lekin Oybek arxivida saqlanayotgan qo'lyozmada uning janri, xuddi „Navoiy" singari, doston deb belgilangan. („Lirik doston" tushunchasi o'zbek adabiyotshunosligida 60- yillarga kelibgina qo`llana boshlagan.) „Navoiy" romani Oybek Navoiy hayoti va ijodi bilan 30- yillar arafasida faol qiziqa boshladi. U shu yillarda Yazdiy, Koshifiy, Qazviniy, Muhammad Tolib, Abdurazzoq Samarqandiy, Vosifiy, Mirxond singari tarixchi olimlarning asarlarini qunt bilan o'rganishga kirishdi. O'zbek xalqi tarixida XIV—XV asrlar alohida o'rinni egallaydi. Amir Temurning tarix sahnasiga chiqishi bilan yangi va qudratli o'zbek davlatchiligiga asos solindi. Sharqning hozirga qadar iftixori bo'lib kelayotgan mahobatli inshootlar — me'moriy obidalar bino etildi. Adabiyot, san'at va fan keng taraqqiy etdi. Ana shu taraqqiyotning timsoli va natijasi sifatida Alisher Navoiyning buyuk asarlari yaratildi. Navoiy faqat buyuk shoir bo’libgina qolmay, XV asrning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma'rifiy hayotiga ham katta ta'sir o'tkazdi. Navoiyning xalq to'g'risida aytilgan serjilo va serhikmat so'zlarigina emas, balki, birinchi navbatda, el-yurt dardi bilan to'yingan, uni turmushning ortiqcha tashvishlaridan forig' etish istagi bilan yo'g'rilgan bunday so'zlari va xatti-harakatlari uning buyuk insonparvar davlat arbobi sifatidagi obrazini nurlantirib yuboradi. Oybek shoir, adib va adabiy harakatning rahbafi sifatida XX asr o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga bebaho hissa qo'shdi. U adabiyotimizni turli janr va shakldagi asarlar bilan boyitibgina qolmay, Cho'ipon va Abdulla Qodiriylar ijodi tufayli shakllangan adabiy tilimizga yanada sayqal berdi. Eng muhimi, Cho'lponlar qatag'on etilgan, hatto ularning buyuk asarlarini o'qish mumkin bo'lmagan davrlarda Oybek o'zining ijodiy izlanishlari va badiiy tajribalari bilan kelgusi adabiy avlodlarga mash'al oiaroq, badiiy ijodning munavvar yo'llarini yoritib turdi.
ADABIY JANRLAR Yoqubjonova Shohsanam 9 a sinf o`quvchisi
Adabiyot o'z ichiga uch adabiy tur — epos, drama va lirikani olishini yaxshi bilamiz. Bu adabiy turlar ham, o'z navbatida, turli shoxobchalarga ajraladi. Ana shu bir adabiy tur doirasidagi asarlar guruhi janr deb ataladi. Binobarin, epos turi doirasida roman, qissa, hikoya; drama turi doirasida drama, tragediya, komediya; lirika turi doirasida esa she'r, ballada, qasida, lirik doston, shuningdek, g'azal, tuyuq, ruboiy, muxammas va hokazo janrlari mavjud. Epos va lirika turlarining tutashgan nuqtasida esa doston janri rivojlanib bormoqda. Bir qancha adabiy janrlar borki, ular o'z ildizlari bilan xalq og'zaki ijodiga borib taqaladi. Yana bir qator janrlar yozma adabiyot namoyandalarining ijodiy tajribalari natijasida maydonga kelgan va bu namoyandalarning izdoshlari tufayli yana ham shakllanib bormoqda. Umuman, jahon xalqlari o'rtasidagi adabiy aloqalarning kuchayishi va o'zaro adabiy ta'sir natijasida qator yangi janrlar paydo bo'lgan va bundan keyin ham paydo bo'lib turadi. Ma'lumki, eposning hozirgi jahon, jumladan, o'zbek adabiyoti-dagi asosiy ko'rinishi romandir. Roman o'zbek adabiyotida ilk bor XX asrning 20- yillarida Abdulla Qodiriyning ,,0'tgan kunlar" romani bilan paydo bo'lgan. Keyinchalik bu janrning taraqqiy etishiga S. Ayniy va Oybek singari adiblar katta hissa qo'shdilar. 60—80- yillarda O. Yoqubov va P. Qodirov, shuningdek, Asqad Muxtor, Shuhrat, Hamid G'ulom, Mirmuhsin, 90- yillarda esa Omon Matjon, Tog'ay Murod singari yozuvchilarning shu janr doirasidagi badiiy izlanishlari bilan roman janrining yangi shoxobchalari yuzaga keldi. Hozirgi kunda roman yoki doston janrlarining bu shoxobchalari ham shartli ravishda tarixiy- biografik roman janri yoki siyosiy roman janri va hokazo deb yuritilmoqda.
KITOBIM OFTOBIM Sobirjanov Behzodbek 5 a sinf o`quvchisi
Kitob-oftob! Darhaqiqat kito b inson hayotini go’yoki oftob o’z nuri bilan dunyoni yoritsa kitob o’z ziyosi bilan insonlarga yaxshilik ibrat ulashadi. Mashhur adabiyotimiz vakili Abdurahmon Jomiy aytganlaridek: Kitobdan yaxshiroq do’st jahonda yo’q, G’amxo’ring bo’lgay u g’amli zamonda U bilan qol tanho, hech bermas ozor, Joningga yuz rohat beradi takror. Men ham kitob o’qishni juda yaxshi ko’raman. Ba’zan ularni o’qiganmda go’yo qahramonlar bilan birga yurgandan bo’laman. Yig’lasa yig’lagim, kulsa kulgim keladi. Barcha shoir va yozuvchilarimizning asarlarini o’qiyman. Ayniqsa men mashhur yozuvchi O’.Hoshimov asarlarini sevib mutolaa qilaman. Ulardan “Ikki eshik orasida”, “Dunyoning ishlari”, “Tushda kechgan umrlar” asarlarini o’qib chiqqanman. “Dunyoning ishlari” asari onalarga bag’ishlangan bo’lib, yozuvchi asarda o’z hayotini tasvirlaydi. Onalarni qadrlash kerak. Ularni ko’nglini og’ritmaslik kerak. “Tushda kechgan umrlar” asarida Rustam bosh rolda bo’ladi. Rustam bor yog’i 22 yil umr ko’radi. Umri tushday o’tib ketadi. Shuning uchun asar “Tushda kechgan umrlar” deb ataladi. U dunyo bilan bu dunyoning orasi “Ikki eshik orasi” deb ataladi. Asar bosh qahramoni Muzaffar arosatda, ikki eshik orasida qolib ketadi. Ustozimiz Mashhuraxon Boyxonova ham guruh mashg’ulotlarida bizga ko’proq badiiy asarlar o’qib beradilar. Ularni tinglab ba’zida ko’zimizga yosh olgan yoki miriqib kulgan paytlarimiz bo’lgan. Sinfimizda kitoblar burchagi tashkil qilganmiz. Darslarni bajarganimizdan so’ng ana shu kitoblarni mazza qilib o’qiymiz. Qiziqarli latifalar va xandalarni o’zimiz sahna orqali ijro etib, kayfiyatimizni ko’taramiz. Men barcha tengdoshlarimga kitob o’qishlarini ularni asrab-avaylab, ehtiyot qilib kerakli xulosa chiqarishlarini istab qolaman.
Umumjahon e’tirofidagi obidalar
9-b sinf o`quvchisi Bayazov Sadafbek . Ichan qal`a ansambli me`moriy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan va muzeyga aylantirilgan. 1990-yilda esa Ichan qal`a Butunjahon yodgorliklari ro`yhatiga kiritilgan.1997-yilda Xivada shaharning 2500 yilligi munosabati bilan katta tamirlash ishlari olib borildi.Biz shu o`rinda Xiva me`morchiligiga nazar tashlasak. Xiva me'morchiligi modernizatsiyaga eng kam darajada uchragan bo’lib, XIX asr oxirida Muhammad Rahimxon II farmoni bilan Xivaning asosiy muqaddas maskani - Pahlavon Mahmud maqbarasini takomillashtirish davom ettirildi. Ko`hna Arkda ham katta qurilish ishlari olib borildi. Xivaning so’nggi xonlari qishni shu yerda o’tkazishardi va shu sababli uni yana o’z qarorgohlariga aylantirishgandi. Kohna Ark nafis naqshlar ziynatlangan ustunlar bilan bezatildi. Xivada diniy imoratlar qurilishi davom ettirildi. Badavlat shahar ahli va zamindorlar "savob ish" qilish va o’z nomlarini abadiylashtirish maqsadida masjid va madrasalar qurishardi. Bu inshootlarning hammasi qadimiy me'morchilik an'analarini saqlab qolgan, o’rta asrlarda qurilgan binolardan birmuncha ixchamligi bilan farqlanib turardi. Biroq milliy an'analarni mahkam tutgan Xivada ham me'morchilik va qurilishda yangi yo’nalishlar paydo bo’la boshladi. Xon a'yonlari orasida me'morlikda qurilish materiallarining yangi turlarini va uslublarni joriy etish muhimligini tushungan kishilar paydo bo’ldi. Shunday taniqli islohotchilardan biri Islomxo’ja bo’lib, jadid maktablari, shifoxonalar, pochta idoralari, dorixonalar qurilishi uning nomi bilan bog’liq. Bu binolarni loyilialashda mahalliy ustalar bilan birga Petro-Aleksandrovsk, Toshkent va hatto, Moskvadan taklif etilgan me'morlar ishlashdi. An'anaviy Xiva me'morchiligida yangi shakllar va konstruktiv usullar yuzaga keldi. Bu narsa, ayniqsa, Ichan qal'adan tashqarida XX asr boshida qurilgan binolarda, Dishan qal'ada qurilgan Nurillaboy saroyida seziladi. U 1906-yildan boshlab, qism-qism qilib qurildi. Dastavval Muhammad Rahimxon II uni o’z vorisi uchun qurdirdi, so’ng qurilishni Asfandiyorxon davom ettirdi. Bu inshoot Xiva xonlarining yozgi qarorgohiga aylandi. Saroyda oyoq ostiga taxta to’shalgani va zinapoyalar qilingani Yevropa me'morchiligi ta'siri edi, biroq inshoot bezaklarida mahalliy an'analar ustunlik qiladi. Shahar chekkasidagi ikkinchi qarorgoh - Tozabog’ ham kishini lol qoldiradi. Janub tomonda, saroyning ikkala qismi bo’ylab qator katta xonalar joylashgan, ularning devorlari alebasterdan yasalgan o’yma naqshlar bilan bezatilgan.
9-B sinf o`quvchisi Normirzayev Jasurbek
1946-yili endi anchagina yoshga borib qolgan Yalangto`sh bahodir yoki o`sha vaqtdagi atashlariga ko`ra Kichik Temur karvonsaroyini qayta qurishga kirishdilar.Karvon saroy Registon maydonidagi ansanbilni shimol tomonidan o`rab olishi kerak..Loyiha tuzish vaqtida madrasa binosida oliy o`quv yurti bilan Jome masjidi birlashtirib,shuningdek sobiq Karvonsaroy poydevoridan mumkin qadar to`laroq foydalanishko`zda tutilgan edi.Buzib yuborilgan eski peshtoq o`rinida butun maydonni enlaydigan ikki oshiyondan iborat qush qanotli bahaybat ranoq ko`tariladi. Shu tariqa boshqa madrasalardan farqli o`laroq,uning peshtoqi bo`ylab bir-birlari bilan bog`lanmagan,ikki qator bo`lib tuzilgan hujralar paydo bo`ladi.Ichki hujralar-hovliga , tashqilari – maydonga qaragan edi.Masjid binosi uchun hovlining g`rbiy tomonini tanlagan me`morlar bosh peshtoq bilan mutanosiblikni saqlash uchun burchaklarga guldastalar-toqlar uzra yuksalib turuvchi tuyniklar ochilgan qubbador mezanalar o`rnatilgan. D.MIRSAIDOVA Biologiya fani o`qituvchisi
1901-yili avstriyalik olim K. Landshteyner, 1907 -yili chex olimi Ya. Yanskiy turli odamlar qoni kimyoviy-biologik xossalariga ko'ra bir-biridan farq qilishini aniqlaganlar. Qonning eritrotsitlari tarkibida agglutinogen, plazmas i tarkibida agglyutinin moddalari bo'lib, ularning har biri kimyoviy xossalariga ko'ra ikki turga bo'linadi, ya'ni agglutinogen A va B, agglyutinin a va b. Binobarin, bitta odam qonining eritrotsitlari va plazmasida bir xil belgili modda bo'lmasligi kerak, ya'ni agglutinogen A va agglyutinin a yoki agglutinogen В va agglyutinin D. Ana shunga ko'ra, barcha odamlar qoni to'rt guruhga bo'linadi. Dunyodagi ko'p mamlakatlarda yashovchi odamlarning qon guruhlarini aniqlash natijasi shuni ko'rsatadiki, qoni I guruh bo'lgan odamlar aholining o'rtacha 40% ini, II guruh — 39% ini, III guruh — 15% ini va IV gupuh — 6% ini tashkil etadi.
Ular juda serharakatdir. Bekor o`tirishni x ush ko`rmaydilar. Irodali, kirishimli, serg`ayrat bo`lishadi. Yuqori tashkilotlar bilan biror narsani hal qilish kerak bo`lsa u yerga aynan shu kishilarni jo`natmoq kerak. U masalani hal qilib qaytadi. Ular mehnatdan xech nolimaydilar. Tijorat sohasida ulkan yutuqlarni qo`lga kiritadilar.
narsalarga ikkinchi darajali ish sifatida qaraydilar. Ular biror narsani boshlasalar ohiriga yetkazmay qo`ymaydilar. Buning uchun ularda yetarli iroda va salohiyat mavjud. O`zlariga yaqin olgan odamlarga juda sodiq bo`ladilar. Download 204.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling