Qurolli kuchlari tashkil topgan kun


Download 204.09 Kb.

bet2/3
Sana17.11.2017
Hajmi204.09 Kb.
1   2   3

III  –  guruh.  Bu  guruhdagilar  ta’sirchan  va  o`ta  nazokatli    xisoblanadilar.  Ular  katta 

imkoniyat  va  qobiliyatga  egadirlar.  Ular  ishda  o`zlariga  va  boshqalarga  n isbatan  talabchan 

bo`ladilar.  O`zlarini  hotirjam  qilib  ko`rsatsalarda  aslida  ko`ngillari  doim  bezovta  bo`lib 

turadi. Ular juda hissiyotli bo`ladilar.  



IV  –  guruh.  Bu  guruhdagilar  vujudini  hissiyotlar  band  qilib  turadi.  Shuning  uchun  bo`lsa 

kerak  bu  toifadagi  insonlarga  ichki  kelishmivchiliklar,  ishonchsizlik,  ikkilanishlar  tez  –  tez 

uchrab  turadi.  Dardini  xech  kimga  aytmaydi.  Lekin  muhabbat  bobida  oqibatli.  Shaxsiy 

manfaatini  o`ylamay  turmush  o`rtog`ini  baxtli  qilishga  intilib  yashaydi.  Barcha 

muammolarini o`zi yechishga harakat qiladilar. 

 

  



 

Xudoyqulov Jaloliddin 

9 a sinf o`quvchisi 



 

ELEMENTLARNING INSON ORGANIZMDAGI FAOLIYATI 

 

Hujayra  tarkibiga  jonsiz  tabiatda  uchraydigan  kimyoviy  elementlardan  70  taga  yaqini  kiradi. 



Ular ko'pincha biogen  elementlar deb ataladi.  Masalan Na,K va Cl  hujayra membranalari  orqali turli 

xil moddalarni o'tkazishmi taminlaydi. Nerv hujayralarida hosil bo'ladigan qo'zg'alishlarni o'tishi ham 

shu  elementlar  yordamida  amalga  oshiriladi.  Cl  va  P  suyak  to'qimalarini  hosil  qilishda  ularning 

mustaxkamligini taminlashda ishtirok etadi. Bundan tashqari Ca qonning normal ivishini taminlovchi 

omildir. Yana shuni aytish lozimki qalqonsimon bez tomonidan ishlab chiqariladigan tiroksin garmoni 

tarkibiga  yod  elementi  kiradi.  Uning  yetishmasligi  tiroksin  hosil  bo'lishini  kamaytiradi,natijada  bez 

gipo funksiyaga uchraydi va buqoq kasalligi rivojlanadi. 


 Abduqahharova M                                                                                                           

7-“b”sinf o`quvchisi  



UZOQ UMR KO`RISH SIRLARI 

Bugun Yaponiyada o‘rtacha umr ko‘rish darajasi dunyo bo‘yicha eng yuqori sanalib, 81,25 ni 

tashkil etadi. Fransuzlar esa o‘rtacha 77,7 yil yashaydi va Yevropadagi eng uzoq umr ko‘ruvchi xalq 

hisoblanadi. Skandinaviyada bu ko‘rsatkich — 75-78, Italiyada — 77, Kubada esa 76  yoshni tashkil 

etadi. Ayni chog‘da, har bir xalqning sog‘lom va uzoq yashash bo‘yicha o‘zlariga xos sirlari ham ko‘p. 

Shu  narsa  taajjubliki,  1941  yilga  qadar  Yaponiyada  o‘rtacha  umr  qirq  yoshdan  oshmagan. 

Biroq  ikkinchi  jahon  urushidan  so‘ng  ahvol  o‘zgargan.  Bu  mamlakatda  dengizbo‘yi  iqlimi  uzoq 

yashashning muhim jihatlaridan biri hisoblandi. Negaki, dengiz havosi organizmga ta’sir ko‘rsatadigan 

zararli  moddalarni  tozalab,  qulay  sharoit  yaratadi.  Taomlarda  soya  miqdori  ko‘pligi  esa  yurak 

xastaliklarining oldini olib, suyaklarni mustahkamlaydi. Ko‘k choy modda almashinuvini yaxshilaydi. 

Dengiz  mahsulotlari  (baliq  va  boshqa  jonivorlar,  turli  suv  o‘tlari)  tarkibida  yod  va  ftorning  ko‘pligi 

ham  salomatlikka  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Ma’lumotlarga  ko‘ra,  mamlakat  aholisining  atigi  uch 

foizigina ortiqcha vaznga ega. 

Sog‘lom va uzoq yashash uchun yaponlardan ko‘k choy ichishni, soya va pishgan baliqni ko‘p 

iste’mol  qilishni  o‘rgansa  bo‘lar  ekan.  Fransuzlar  esa  taomlarni  juda  kam  iste’mol  qilishadi.  Hatto 

restoranlarda  kosaga  solib  beriladigan  bir  kishilik  ovqat  miqdori  ham  boshqa  mamlakatlardagiga 

qaraganda ancha kam. Buning ustiga taomni mayda chaynab, sekin iste’mol qilish urf bo‘lgan. Ayni 

chog‘da,  ular  pishloq,  qaymoq,  go‘sht,  yog‘,  turli  pashtet  va  vinoni  xush  ko‘rishadi,  shoshilib 

ovqatlanishga esa madaniyatsizlik belgisi deb qarashadi. Shoshilmay ovqatlanish tufayli bir oyda 4-5 

kilogramm  ortiqcha  vazndan  xalos  bo‘lish  va  organizmni  oz  miqdordagi  taomlarga  qanoat  qilishga 

o‘rgatish mumkin ekan. 

Skandinaviyada  qish  qattiq  keladi,  yoz  esa  qisqa.  Iqlim  ancha  noqulay  hisoblanadi.  Biroq 

mamlakat  aholisi  yog‘li  baliq  go‘shtini  ko‘p  iste’mol  qiladi.  Baliq  yog‘i  yurak,  qon  tomirlar, 

bo‘g‘imlarni himoya qilib, altsgeymer xastaligining rivojlanish jarayonini susaytiradi. 1970-yillarning 

boshiga  qadar  bu  mamlakat  aholisi  yurak  xastaligi  bilan  bog‘liq  o‘lim  holatlari  bo‘yicha  jahonda 

birinchi  o‘rinda  turardi.  Toza  havoda  jismoniy  mashqlar  bilan  shug‘ullanish  targ‘iboti  keng  yo‘lga 

qo‘yilgach, ahvol o‘zgardi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining yetmish foizi sport bilan faol 

shug‘ullanadi.  Ulardan  ko‘p  baliq  iste’mol  qilish  va  sport  bilan  yopiq  zallarda  emas,  ochiq  havoda 

shug‘ullanishni o‘rgansa arziydi. 

Italyanlar esa Yevropadagi eng ko‘p chekuvchilardir. Shunga qaramay, Apennin yarim orolida 

yashovchi  bu  xalq  orasida  yurak-qon  tomir  va  saraton  xastaliklari  kam  uchraydi.  Uzoq  umr  ko‘rish 

sirlarini italyanlar mo‘‘tadil dengiz iqlimi, achchiq qizil qalampirni ko‘p iste’mol qilish hamda oilaviy-

qarindoshlik  munosabatlari  mustahkamligi  bilan  izohlaydilar.  Ulardan  kengfe’llikni,  yayrab  yashash, 

ishga mukkasidan ketmaslikni o‘rganish mumkin. 

Kubada  asosiy  oziq-ovqat  turlari  talon  orqali  sotiladi,  odamlar  eng  o‘tkir  sigaralarni  ko‘p 

chekishadi,  kofeni  litrlab ichadi.  Shunga qaramay, aholining  o‘rtacha umr ko‘rishi  yuqori. Mamlakat 

sog‘likni  saqlash  tizimi  samarali  ishlaydi.  Kubaliklar  nihoyatda  optimist  odamlar.  Ulardan 

depressiyalarga berilmaslik va omadsizlikdan aziyat chekmaslikni o‘rganish kerak. 



 

 

Mahamadaliyeva Nodira 

9 a sinf o`quvchisi 

 

O’SIMLIKLARDA URUG’LANISH 

 

O`simliklarda  urg’ochi  va  erkak  gametalarning  rivojlanishi  va  urug’lanish  xuddi  hayvonlardagi  kabi 



urg’ochi  va  erkak  jinsiy  organlarida  o’tadi 

(rasm). 


Yopiq 

urug’li 


o’simlik 

(gulli 


o’simlik)larda  urug’lanish  va  urug’ning 

rivojlanishiai  ko’rib  chiqamiz.  Yopiq  urug’li 

o’simliklarda 

erkak 


gametalari 

chang donachasida  yetiladi.  Chang  donachasi  ikkita 

hujayradan  tuzilgan.  Ana  shu  hujayralarning  yirigi 

vegetativ  hujayra,  maydasi  esa  generativ 

hujayra deyiladi. Vegetativ hujayra o’sib uzun, 

ingichka naychani vujudga keltiradi. Generativ 

hujayra vegetativ naycha ichida ikkiga bo’linib, 

ikkita  spermiy  hosil  qiladi.  Chang  naychalari 

tez  o’sib,  urug’chidagi  tumshuqcha  hamda 

ustuncha  ichiga kiradi va tuguncha tomon yo’naladi. 

Chang naychalari turli tezlikda o’sadi. Lekin shulardan 

faqat  bittasi  boshqalaridan  o’zib  ketib, 

tuguncha ichidagi urug’kurtakka yetib boradi va uning ichiga kiradi. Spermiyning biri tuxum hujayra bilan qo’shilib, diploid 

zigota  hosil  qiladi,  undan  murtak  rivojlanadi. Ikkinchi  spermiy  markaziy  diploid  hujayra  bilan  qo’shiladi  va  natijada 

yadrosi triploid,  ya’ni  uchta  xromasoma  to’plamiga  ega  boigan  yadroli  yangi  hujayra  bunyodga  keladi.  Undan 

endosperm rivojlanadi. 

Yopiq  urug’lilarda  triploid  cndospcrm,  rivojlanib  borayotgan  murtak uchun  zaxira  oziq 

materialidir.  Binobarin,  gulli  o’simliklarda  qo’sh  urug’lanishning  mohiyati  shundan  iboratki,  bir 

spermiy tuxum hujayra bilan qo’shilib murtakni, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo’shilib esa endospermni 

hosil qiladi. 

Gulli  o’simliklardagi  qo’sh  urug’lanish  hodisasini  1898  yilda  akademik  S.G.  Navasbin  kashf  etgan, 

endospermning triploid tabiatini esa uning o’g’li M.S. Navashin 1915 yilda ochgan. 

Bu  kashfiyot  gulli  o’simliklar  juda  katta  guruhning  butun  rivojlanish  jarayonlarini 

tushunish va o’rganish uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. 

 

 

Avazbekov Abdullo 

9 a sinf o`quvchisi 



OB-HAVOGA NIMA BO'LDI?... 

 

 

Biz  2014-yilni  kuzatib,  yangi  2015-yilni  kutib  oldik.  Yangi  yil  qishda  bo'lishini  hamma  odam  yaxshi 

biladi. Bu yil negadir qish bo'lishiga qaramay havo issiq. Bunga sabab nima ? 

So'ngi paytlarda havo isib ketmoqda. Hatto yashil ekranda "Dunyoni o'gartirgan 6daraja"nomli ko'ratuv 

bir  necha  marta  etiborimizga  havola  etildi.  Bunga  sabab  Evrodagi  neft  kimyon  sanoati  korxonalaridan 

chiqayotgan  zaxarli  havo  ekan.  Televizorda  aytilishicha  neft  kimyi  korxonalari  ishchilari  bilan 

metiarologlarning  gapi  qarama  qarshi  kelmoqda.  Nima  bo'lganda  ham  hamma  o'zini  oqlashga  urinadi.  Bir 

taragda  neft  ham  inson  hayotida  katta  ahamiyatga  ega  kimyosiz  esa  ishlab  chiqarish  bo'lmaydi.    Barchasidan 

ham juda yomoni bu orol dengizini qurishi. So'ngi paytlarda korxonalardan chiqayotgan"Feon"gazi atmosferani 

yemirib  kelmoqda  quyoshdan  kelayotgan  nurlarning  barchasi  ham  foydali  emas  ozon  qatlami  esa  bu  nurlarni 

ushlab  qolib,  faqat  ularni  foydalilarini  yer  yuziga  o'tkazib  yubiradi.  Faraz  qilib  ko’ring.  Yerimiz  qchongacha 

bularga  chidaydi.  Bunday  savollar  ko’p  kishini  boshini  qotirishi  aniq  olimlar  tomonidan  juda  ko’p  dasturlar 

ishlab  chiqarilmoqda.  Ammo  buning  yagona  chorasi  nima.  Dastur  shunday  bo’lsinki,  uning  hammaga  nafi 

tegsin. Eng avvallo bu hammaga manzur bo’lsin. Kasalni oldini olish kerak deyishadi. Biz bunga ulguramizmi? 

 


 

Biz  ushbu  sondan  boshlab  o`zbekning  asl  farzandi,  samimiy  she`rlari  ohangrabo  qo`shiqlarga 

aylanib,  har  bir  o`zbek  xonadoniga  kirib  borgan,  XXI  asr  o`zbek  adabiyotida  so`nmas  yulduz  bo`lib 

kirgan,  o`quvchi  qalbida  o`chmas  iz  qoldirgan,  otashin  shoir  Muhammad  Yusuf    ijodidan  she’rlarni 

berib borishga oldimizga maqsad qilib qo`ydik.  

She’r  yozishni  niyat  qilgan,  she’riyat  bo`stoniga  ilk  qadamlarini  qo`yayotgan  o`quvchilarga 

she’rning qanday kuchga ega ekanligini eslatib o`tish bilan birga ularga baland parvozlar tilab qolamiz. 

            



              Muhammad Yusuf 

                  

                     TAVALLO 

 

Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni, 



Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni. 

Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib, 

Kunimizga yaragansan o`zing bizni. 

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston, 

Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!.. 

 

Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga, 



Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga. 

Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib, 

Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga. 

Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston, 

Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston. 

 

Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi, 



Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi. 

Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar 

Bir kun bir kaft qumlog`ingga zor bo`ladi. 

Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston, 

Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!.. 

 

Gul ko`ringan dashtingdagi giyoh-xasdir, 



Soddadilu ulug`vorlik senga xosdir. 

Sevamizki, cho`llaring ham bizga jannat, 

Tuprog`ing ham Makka misol muqaddasdir. 

Onadek ko`rgaymiz seni, O`zbekiston, 

Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston! 

 

   



 

         Mamatova Dilnavoz 

             5 b sinf o`quvchisi 

 

                    SHOIRA 



 

          

Shoira she’r yozadi 

           Buni hamma biladi. 

           Bilib qo`ying azizlar, 

           Bu she’r menga yoqadi. 

           Boldir uning so`zlari, 

           Kulib turar yuzlari. 

           Yaxshi-yomon so`zlari, 

           Dilnavozxon o`zlari. 

           Abdullayeva Sarvinoz 

   9 a sinf o’quvchisi 

 

        SO'NGGI TILAGIM... 



 

O'lsam yurahimni asrab qolinglar,          

Tanimdan sug'urib oling roziman. 

Yuragim ikkiga bo'lib qo'yinglar,  

Men o'zga yurakni Sarvinoziman. 

 

Yarimta yuragim bering otamga, 



Yarimtasin ko'ming jiyda tagiga. 

Faqat bunisini aytmang onamga,  

Yo'qlab krlsangiz bas bahor paytida. 

 

O'lsam yuragimni asrab qo'yinglar,  



Qabristonda sarson bo'lmasin nogoh. 

Yana men yo'g'imda yo'qlab turinglar, 

Kaftingizdan o'zga kerakmas panox. 

 

O'lsam yuragimni asrab qo'yinglar, 



Gohi sherlarimdan o'qib beringlar.  

Junbushga kelsachi shunda yuragim, 

Sizga raxmat aytar bilib qo'yinglar. 

 

O'lsam yuragimni asrab qo'yinglar, 



U ham atayin-chi qilmagan gunox. 

Mayli barcha aybni menga qo'yinglar, 

Tavba qilsa bandasin kechirar Ollox. 

 

O'lsam yuragimni asrab qo'yinglar, 



Do’stlarimni yodida tutsin yuragim. 

Qiyomat qoyunguncha asrab turinglar, 

O’limim oldidan so’ngi tilagim. 

 

O'lsam yuragimni asrab qo'yinglar, 



Yig’lab ko’z yosh to’kmasin hech ham. 

Yig’lolmaydi demang uni bilaman

Insonlarday ko’z-yosh to’kadi u ham. 

 

O'lsam yuragimni asrab qo'yinglar, 



Gulning yaprog’iga mahkam berkitib. 

Toki urmasa ham yashayveradi, 

Shoir qalbidagi she’rga entikib. 

     


 

 


   Abdullayeva Sojida 

     7b sinf o’quvchisi  

 

Muhammad Yusufga bag`ishlov 

 

Qushlarini kuzatolmagan,  



Qizlarini uzatolmagan. 

Ijodiga to’ya olmagan, 

Keling bugun Muhammad Yusuf. 

Nishonlarmiz tavallud kunni, 

Yuraklarda edingiz tanho. 

Yuzingizga olib quvonch, baxt ila  

Keling bugun Muhammad Yusuf. 

Qushlaringiz kuzatay bugun, 

Ijodingiz ettiray davom, 

Yuzingizga olib quvonch,baxt ila 

Keling bugun Muhammad Yusuf. 

Maqtar sizni qari hatto yosh, 

Tillarda bo’larsiz doston. 

Yuzingizga olib quvonch,baxt ila 

Keling bugun Muhammad Yusuf. 

Sizni ketar izingizdan, 

Barcha shoir, shoiralar. 

Yuzingizga olib quvonch, baxt ila 

Keling bugun Muhammad Yusuf. 

Dillarda mavj urasiz bugun, 

Yonimmizda turasiz go’yo. 

Yuzingizga olib quvonch, baxt ila 

Keling bugun Muhammad Yusuf. 

Qizlaringiz kiyar oq libos, 

Ko’zlariga olar achchiq yosh. 

Kutar sizni ko’zlar miltirab 

Keling bugun Muhammad Yusuf. 

Ko’zlariga to’la yosh ila, 

Sog’inab qo’msardi lola. 

Sizni sog’inib yuraklar hasta

Keling bugun Muhammad Yusuf. 

Men ketarman izingizgan, 

Ijodingiz ettirib davom. 

Yuzingizga olib quvonch, baxt ila, 

Keling bugun Muhammad Yusuf. 

 

                   



 

 

           Satimova Zulayho 

             9 a sinf o`quvchisi 



 

                BOLALIK 

 

Beg'ubor bo'ladi senda har inson



Sening har bir yo'ling gul-u lolalik.  

Shirin xotiralar qilasan in’om, 

Ko`ngil mehmonisan go'zal bolalik. 

Umrimni eng go'zal xotiralarin, 

Bilmadim bu hayot qayga berkitdi. 

Shodon yurganimda menga 

bildirmay, 

Bolalik bog'imni asta tark etdi. 

Bilaman bolalik qaytmaydi endi,  

Ko'ngil bir umrga to`lmaydi endi.  

Muqaddas beshikni bag'riga bosib, 

Onam o'z allasin aytmaydi endi. 



 

 

 



Ahmadaliyeva Odina 

9 a sinf o`quvchisi 



   

  LOLAQIZG`ALDOQ 

   


Yuzlaringni siypalab shamol 

Qirlaringda kulib turibsan. 

Seni o`ylab suribman hayol, 

Shu qirlarda turib qolibsan. 

O`ylayman men seni har zamon

Yaprog`ingni siypalab seni, 

Turgin bo`lib doimo omon, 

Bir o`zimni qoldirma meni. 



 

 

 

   Mamajonov Asadbek 

     5 b sinf o`quvchisi 



 

             USTOZ 

 

Tiniq tuyg`ularga 

Tiniqlik solgan, 

Yoza-yoza bazan, 

Qo`llari tolgan. 

Bolalar ko`ngliga 

Yo`l topa olgan. 

Maktabimning dono muallimlari! 

 

 

 



       

       Sotvoldiyev Alijon 

        5 b sinf o`quvchisi 

 

       BOBOM DEYDILAR 

 

Bobom deydilar 



Sog`lom bo`linglar. 

Vatanga xizmat qilib, 

Sodiq bo`linglar. 

Men bobomning gapiga  

Doim quloq solaman. 

Vatanimga elimga, 

Sodiq farzand bo`laman. 

Bobom o`zlari, 

Qarib qolganlar. 

Yuz yoshlarga  

Kirib qolganlar.  

Bobojonim o`zimning  

Jonajonim o`zimning. 

Bobojonim, bobojon, 

Sog` omon bo`ling har on! 

O`rinboyev Jamshid 

5 b sinf o`quvchisi 

 

        Qish fasli 

 

Qish kelsa hamma yoq 



Oppoq rangga kiradi. 

Bolalar mazza qilib 

Chanalarda uchadi. 

 

Yangi yil bayramida 



Qorbobo kelar doim. 

Bolalar she’r aytsa gar 

Ko`p sovg`alar u berar. 

 

              



 

 

    Tursunova Husnida 

 

    9 a sinf o`quvchisi 

 

O'xshashimni topmassiz aslo  

 

Qush misoli ko'kka talpinib, 



Yulduzlarga bo'lib mahliyo. 

Shudring misol gulga ilinib, 

O'shashimni topmassiz aslo. 

Men yurganda tunlari sokin, 

Oy ham borar ortimdan shaydo. 

Ortda qolgan daraxtlar ham jim

O'shashimni topmassiz aslo. 

Shoir yozgan sheriga so'zman , 

Mashhurlikka qilmasman davo. 

Men shundayin sodda bir qizman, 

O'xshashimni topmassiz aslo. 

Bir kun kelib ko'kka yetaman, 

Yulduzlarga bo'lmam mahliyo.  

Men bir marta kelib ketaman, 

O'shashimni topmassiz aslo. 

 

                   



 

 

Ahmadjanov Doniyorbek 



5 b sinf o`quvchisi 

 

           QISH 

 

Yetib keldi qish fasli 



Oppoq qorlar yog`moqda. 

Suvlar bo`ldi muzlama, 

Izg`irin soviq keldi. 

To`xtamay qor yog`adi, 

Bolalar maza qiladi. 

Qorbobo yasashadi, 

Chang`ida uchishadi. 

Qish fasli bayramlardan, 

Yangi yil bayrami bor. 


Unda maza qilamiz, 

Archalar bezatamiz. 

Qish kelsa yurtimizga, 

Hamma hursandchilik qilar. 

Birinchi qor yog`ganda, 

Har yili nishonlanar. 

 

             



 

 

Ismoilov Jahongir 

5 b sinf o`quvchisi 

 

      ANDIJON 

 

Pahlavonlar asl yurti - bu Andijon, 



Boburmirzo tug`ilgan yurt - bu 

Andijon. 

Bu o`lkada ulug`larning izlari bor, 

Bu o`lkaga buyuklarning ruhlari 

yor. 

Andijon ko`ksimda ko`kargan 



dalam, 

Andijonim mening. 

Ulg`aytirgan dalam, 

Andijon men uchun, 

Bog`u bo`stondir. 

Andijon men uchun 

Go`zal dostondir. 

 

        



 

 

Ergashev Diyorbek 

5 b sinf o`quvchisi 

 

        QISH  

 

Qish keldi elimizga, 



Qor yog`di uyimizga. 

Chang`i uchib bolalar, 

Qorbobo yasaydilar. 

Yangi yil keladi, 

Dekabrning so`ngida. 

Kutamiz qorboboni, 

Tundan boshlab tonggacha. 

 

   POSBONLAR 

 

Vatanimiz madhi tilda 



Vatanimiz ishqi dilda. 

Yurt tinchligi qo`lida, 

Omon bo`ling posbonlar, 

Mard va jasur qahramonlar. 

Uyqu nima bilmaydi

Tunni -  hech tun demaydi. 

Yurt tinchligin o`ylaydi. 

Omon bo`ling posbonlar, 

Pahlavon  va qahramonlar. 

Rahmat sizga askarlar, 

Shuhrat sizga askarlar. 

Ibrat bizga akajonlar, 

Omon bo`ling posbonlar, 

Pahlavon  va qahramonlar. 



Abdullayev Dostonbek 

7-“b” sinf o`quvchisi  



 

VATAN POSBONLARI 

 

Qadamidan o`t chaqnar, 



Vatan mehnatin oqlar, 

Yurgan yo`lidir bog`lar, 

Vatanimiz posbonlari. 

O`zbegim qalqonlari. 

Vatan mehri yuragida. 

Kulib yurar keragida 

Kuchi to`la bilagida. 

Vatanimiz posbonlari, 

O`zbegim qalqonlari. 

 

Chegara tinchligin saqlar, 



Bosh egar hatto tog`lar. 

Xalqin ishonchin oqlar, 

Vatanimiz posbonlari, 

O`zbegim qalqonlari. 

 

Fahr ila onasi, 



Baxtli bo`l der otasi. 

Sizdekman der bolasi

Vatanimiz posbonlari, 

O`zbegim qalqonlari. 

 

Bayramingiz muborak, 



Sizga eng oliy tilak. 

Bo`shmasin xech bilak 

Vatanimiz posbonlari, 

O`zbegim qalqonlari! 

 

        


 

 

Jo`raboyeva Madina  

7 a sinf o`quvchisi 

 

TAVALLUDINGIZ  



MUBORAK ONAJON 

 

Oq yuvib oq taradingiz 



Menga to`la mehr berdingiz. 

Yetti yoshga to`lganimda, 

Maktabga olib bordingiz. 

O`qisin, o`rgansin deya, 

Harfni ham o`rgatdingiz. 

Jonimga jon onajon

Mehrigo`yo onajonim. 

Yaxshi odam bo`lsin deya 

Litseyga ham berdingiz. 

Men uchun qayg`urdingiz, 

Meni doim o`yladingiz, 

Bening uchun sizga rahmat, 

Jonimga jon onajon, 

Mehrigo`yo onajonim. 

Qalbingiz quvonchga to`lsin, 

Ayyomingiz qutlug` bo`lsin, 

Bayramingiz hayrli o`tsin  

Umringiz ziyoda bo`lsin, 

Labingiz kulguga to`lsin. 

Gullar to`shqy yo`lingizga 

Qalbim tutay qo`lingizga. 

Jonimga jon onajon, 

Mehrigiyo onajonim. 

 

        



 

 

Olimjanova M 

5-a sinf o`quvchisi                                                                                                       

 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling