Qarshi innovatsion ta’lim universiteti
Download 496.62 Kb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi. sillabus. (sirtqi 2-kurs)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Akademik daraja Bakalavr Ta’lim yo ‘ nalishi Tarix (Mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) Fan kodi
- Kredit hajmi (1 kredit = 30 soat) ECTS: 5 Tayyorladi
QARSHI INNOVATSION TA’LIM UNIVERSITETI TASDIQLAYMAN Qarshi innovatsion ta’lim universiteti rektori__________________ L.T. Raxmonov “____” dekabr 2022-yil O‘ZBEKISTON TARIXI fanning o‘quv dasturi (SILLABUS) Sirtqi ta’lim yo‘nalishlari uchun Bilim sohalari: 100000 – Ta’lim 200000 – San’at va gumanitar fanlar 300000 – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohalari: 110000 – Ta’lim 220000 – Gumanitar fanlar (tillardan tashqari) 310000 – Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar Ta’lim yo’nalishlari: 60220300 – Tarix (Mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) Qarshi – 2022 Akademik daraja Bakalavr Ta’lim yo‘nalishi Tarix (Mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) Fan kodi O'T13-827 Modul 2 semestr Fan nomi O`zbekistonning eng yangi tarixi Modulning davomiyligi 8 hafta Kredit hajmi (1 kredit = 30 soat) ECTS: 5 Tayyorladi Xo‘jayorov Asilbek Otabek o‘g‘li ilmnuri4105@gmail.com Ajratilgan akademik soat hajmi 300 soat Talabalarni erkin qabul qilish kuni Seshanba 14:00 – 16:00 Chorshanba 14:00 – 16:00 Payshanba 14:00 – 16:00 36 (auditoriya) 264 (mustaqil ta’lim) Ma’ruza 18 Seminar 18 O‘quv fanining maqsadi va vazifasi Fanni o‘qitishdan maqsad – O’zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan hududlardan biri, o’zbek xalqi boy tarixiy o’tmish va bebaho ma’naviy merosga ega ekanligi, mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o’zgarishlar, tub islohotlarning mazmun mohiyatini ko’rsatib berish, jamiyat hayotida, ijtimoiy turmush tarzida talabaning o’rni, o’zligini anglatish shaxs, fuqaro maqomini tushunib yetishidan iborat. Fanning vazifasi – boy tarixiy o’tmish, xususan, o’zbek davlatchiligiga tarixiy ekskursiya uyushtirush, qarama-qarshilklarga boy ziddiyatli tarixi mazmun-mohiyatini ochib berish mustaqillik erishish arafasida Oʼzbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g`ururni shakllantirishdan iborat. Talabalarning “O‘zbekiston tarixi” predmetini oʻzlashtirishi uchun oʻqitishning ilg‘or va zamonoviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Bunda darslik, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar va elektron darsliklardan foydalaniladi. Fan bo‘yicha talabaning bilimi, ko‘nikmasi va malakasiga qo‘yilgan talablar Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba: Mustaqillik yillarida mamlakatimiz bosib o‘tgan tarixiy yo‘lning mazmun-mohiyatini, O‘zbekistonning eng yangi tarixida amalga oshirilgan o‘zgarishlarning ahamiyatini; zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasi, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi kabi jarayonlarni tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak; O‘zbekiston tarixi muammolarini o‘rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g‘oyasini qo‘llay bilish, atrofida sodir bo‘layotgan jarayonlarga o‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o‘rnini anglash va bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. O‘zbekiston tarixini chuqur bilish, ma’naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga ega bo‘lishi kerak.. Download 496.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling