Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Axborot-resurs markazida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi


Download 197.62 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi197.62 Kb.
#1126608
Bog'liq
bayonnoma shoxobcha


Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Axborot-resurs markazida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI
21.02.2022 yil Qarshi shahar
Qatnashdilar:
Axborot-resurs markazi direktori F.A.Norqobilova, ARM direktor o‘rinbosari M.M.Saitova, bo‘lim boshliqlari va kutubxona xodimlari

Joriy yilning 21-fevral kuni Axborot-resurs markazi direktori F.A.Norqobilova fakultetlar va talabalar turar joylari shahobchalariga nazorat ishlarini olib bordi. “Neft vag gaz” fakultetiga qarashli shahobchada qator kamchiliklar aniqlandi. Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati juda past hamda ish faoliyati o‘ta qoniqarsizligi ma’lum bo‘ldi. Bu kutubxonaga 1 yil davomida hech qanday yangilik kiritilmagan, davriy nashrlar va jurnallarga ishlov berilmagan. Kitobxon formulyari va kutubxona hujjatlari belgilangan talab darajasiga javob bermaydi. Talabalar va o‘qituvchilar elektron qatnovdan o‘tkazilmagan. Shuningdek, inventar kitob ham yaroqsiz holga kelib qolgan va ta’mirlash ishlari olib borilmagan.



O‘z ishiga loqaydlik bilan qaragan shahobcha xodimlari Xazratqulova G., Rasulova N., Toshtemirova L. hamda Xo‘jalova M. tartibga chaqirildi. Shunga ko‘ra, 1 hafta ichida yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilishi va xodimlar o‘z ishiga ma’suliyat bilan yondashishi ARM direktori tomonidan aytib o‘tildi. Belgilangan muddat davomida qabul qilib olingan yangi adabiyotlar ko‘rgazmasini tashkil qilish vazifasi ham shahobcha xodimlari zimmasiga yuklatildi. Intizomiy jazo sifatida xodimlar institut talabalar turar joylariga kechgi smenada (14.00-21.00 gacha) ishlashi ogohlantirildi.
Yig‘ilish raisi: F.A.Norqobilova
Yig‘ilish kotibi: M.M.Saitova
Download 197.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling