Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/43
Sana20.10.2023
Hajmi5.12 Kb.
#1712885
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
Bog'liq
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

2.5-rasm. Yassi quyosh kollektori. 1 - quyosh nurlari; 2-shishali yuza; 3-
kollektor qobig'i (korpusi); 4 - issiqlik qabul qiluvchi (plastina); 5-issiqlikdan 
izolyatsiyalovchi qatlam;6-shishani o‘rnatish uchun moslama; 7-issiqlik qabul 
qiluvchining uzun to‘lqinli nurlanishi. 
Shu sababli tugamaydigan tabiiy quyosh energiyasidan foydalanish hozirgi 


40 
davrda dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. 
2.5-rasmda past haroratli suv quyosh energiyasi bilan ishlaydigan quyosh 
kollektori sxemasi keltirilgan bo‘lib, bunda bulutli kunlar va kechalari 
ishlaydigan avtomatlashtirilgan drenaj kollektor ko'zda tutilgan. 
Yassi kollektorlarga nisbatan farqli o’laroq absorberlar ham ishlatiladi. 
Ular shisha yuzasining yo‘qligi va teskari tomondan qilingan issiqlikdan 
izolyatsiyalovchisi bilan farq qiladi. Bularda issiqlik tashuvchining harorati 
atrof-muhit haroratidan 3-5°C kam bo’lishi bilan birgalikda issiqlik yo'qolishi 
ham juda kam bo‘libgina qolmay, atrof-muhitdagi havodan ham o‘ziga 
qo‘shimcha issiqlik o‘zlashtirib oladi. Bundan tashqari bunday gelio 
qurilmalarning yuzasida kondensat natijasida issiqlik tashuvchining bir turdan 
ikkinchi turga o'tishi va hatto absorber sirtida turli o'zgarishlar bo'lishi mumkin. 
Bunday turdagi kollektorlarda quyosh nuridan olinayotgan issiqlik miqdoriga 
nisbatan qo'shimcha issiqlik miqdori sezilarli darajada ortib boradi.
Absorberlar sifatida turli ko'rinishga ega bo’lgan yassi quvur, alyuminli va 
po’lat radiatorlar ishlatiladi. Issiqlik tashuvchi sifatida 
glizantin
ishlatiladi. Yassi 
absorberlar kollektorlarga nisbatan 5 marta yengil va 8 marta arzon turadi. 
Kunlik samaradorligi η
k.s.
= 0,7 va yillik samaradorligi η
y.s
= 0,85 ga teng bo’lib, 
kollektorlarga nisbatan ancha yuqori samaradorlikka ega. Bundan tashqari uni 
organik va noorganik changlardan tozalashga hojat yo‘q. 
Xorijiy davlatlarda, jumladan Germaniya, Fransiyada absorberlar 
binoning biror elementi sifatida tom yopmasi, bino eshik oldi ayvoni, bolaxona 
ayvoni va boshqalar sifatida ishlatiladi. 
Absorberlar burchak ostida, ya’ni ufqqa nisbatan 90°C burchak bilan 
o'rnatiladi. Absorberlarning vertikal o‘rnatilishida kondensatning yig'ilishi va 
qor qatlamlaridan, qirovlardan tozalash osonlashadi. 
Absorberlarning faqat birgina kamchiligi shundan iboratki, isitilayotgan 
issiqlik tashuvchining harorati past bo‘lib isituvchi nasoslarning yordamisiz 
talab qilingan samaradorlikka erishib bo'lmaydi [54]

Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling