Uchinchi bosqichda tuman (shahar) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlari
aniqlanadi.
To‘rtinchi bosqichda avvalgi bosqichlarni hisobga olgan holda, tumandagi imkoniyatlar
va omillar asosida tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari belgilanadi.
Oxirgi to‘rtinchi bosqich natijalari
asosida biz uchinchi, ikkinchi,
birinchi bosqich
natijalariga ma’lum o‘zgartirishlar kiritishimiz mumkin. Misol uchun viloyat ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi istiqbollarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
hudud ichki maxsulotidagi
ulushini (ko‘paytirish yoki kamaytirish) tumandagi tadbirkorlikni real imkoniyatlari asosida
aniqlashtiriladi.
Bu yerda asosiy e’tibor tuman (shahar) miqyosidagi bor
imkoniyat va salohiyatdan
samarali foydalanish asosida tadbirkorlik istiqbollarini belgilanishiga qaratilgan.
Yaqin va uzoq kelajakka mo‘ljallangan xususiy tadbirkorlikni istiqbol rejalarini
aniqlash bilan bir qatorda, ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish juda muhimdir.
Mexanizmlar birligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- xuquqiy meyoriy xujjatlarni
tayyorlash;
- tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;
- davlat va mahalliy xokimiyat tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yordam
berish dasturlarini ishlab chiqish
va amalga oshirish;
- xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy muhit yaratish.
Umuman olib qaralganda, biz taklif etgan xususiy tadbirkorlikni
tahlil qilish va
istiqbolini belgilash usullari asosan qo‘yidagilari bilan ajralib turadi:
- tahlil va istiqbolni belgilashda o‘zaro birlik va bog‘liqlik muammosiga e’tiborni
qaratilganligi;
- hudud doirasida tuman (shahar)larni birlamchi asosiy tadqiqot obyekti sifatida e’tirof
etilishi;
- tahlil va istiqbolni aniqlash natijalarini hududiy, tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarini
ishlab chiqish o‘ta muhim ekanligini asoslab berilganligi.
Taklif etilayotgan uslublarni nafaqat Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida, balki
mamlakatimizning barcha hududlarida xususiy tadbirkorlikni tahlil qilish va istiqbolini
belgilashda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: