Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


-Bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida xususiy


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/36
Sana05.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1168003
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiyalarning orni (1)

 
3-Bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini 
oshirish istiqbollari 
3.1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash tadbirlari samaradorligini oshirish yo‘nalishlari
Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti, iqtisodiy mustaqilligi, xalqining faravon turmush 
darajasi, qolaversa mehnat resurslarining ish bilan bandlik darajasi kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning rivoji bilan bog‘liqdir. Bu holat esa korxonalarning iqtisodiy erkinligini 
rag‘batlantirish darajasining rivojlanishi bilan tavsiflanadi.
Istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlarida ham o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu holat ham kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi asosida ro‘y beradi.
Umumiy sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda istiqbolda o‘zgarishlar sanoat sohasiga 
talab natijasida sodir bo‘ladi, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik 
korxonalarning rivojlanish hisobiga bu soha yanada yuksaladi. Savdo aylanmasining to‘liq 
muvofiqlashuvi natijasida bu sohada ko‘rsatkich ulushi pasayishi sodir bo‘ladi.
Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 
borasidagi aytgan quyidagi iboralariga e’tibor qaratsak, ya’ni “Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning mamlakatimiz taraqqiyotida, avvalambor, xalqimiz uchun munosib hayot barpo 


0
10
20
30
40
1996
2000
2005
2009
2010
2011
2012
38
31
15
8
7
6
5
foi
z
yillar
etish, oldimizda turgan murakkab va mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirish borasida qanday 
hal qiluvchi o‘rin va ta’sirga ega bo‘lib borayotganiga bugun amaliy hayotimizda har qadamda 
guvoh bo‘lmoqdamiz. Va bu soha ertangi kunimiz, istiqbolimizning haqiqatan ham mustahkam 
poydevoriga aylanib, yanada rivojlanib borishi aniq va muqarrardir”. 
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishida eng 
avvalo mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlari yetarli darajadagi rag‘batlantiruvchi 
rol o‘ynayotganligi hisoblanadi. Xususan, 2010 yilda kichik biznes subyektlari uchun 
belgilangan yagona soliq to‘lovi 8 foizdan 7 foizga pasaytirilgan bo‘lsa, 2011yilda mikrofirma 
va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga kamaytirilishi 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar investitsiya faoliyatining kengayishiga xizmat qildi. Buning 
natijasida bo‘shab qolgan qariyb 80 milliard 300 million so‘m mablag‘ni birinchi navbatda 
ishlab chiqarishni texnologik yangilash va zamonaviy texnikani joriy etishga yo‘naltirish imkoni 
paydo bo‘ldi. 
2012 yilda soliq yukini, birinchi navbatda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlaridan olinadigan soliq yukini sezilarli darajada kamaytirish belgilanmoqda. Xususan, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun yagona soliq to‘lovi stavkasini 6 foizdan 
5 foizga tushirildi (3.1.1-rasm). 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling