Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti kimyo fanidan mustaqil ish mavzu: kimyo fanining rivojlanishiga xissa qo`shgan o`zbek olimlari


Download 148.62 Kb.
bet1/3
Sana29.10.2023
Hajmi148.62 Kb.
#1732839
  1   2   3
Bog'liq
KIMYO FANINING RIVOJLANISHIGA XISSA QO`SHGAN O`ZBEK OLIMLARI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI

KIMYO
fanidan

MUSTAQIL ISH


MAVZU: KIMYO FANINING RIVOJLANISHIGA XISSA QO`SHGAN O`ZBEK OLIMLARI.

Bajarildi: __________ N.Xayitov


Qabul qildi:__________ A.Panjiyev
Reja:
1. Kimyo fanining rivojlanishi
2. Kimyo fanini rivojlanishiga xissa qo`shgan o`zbek olimlari
3. Kimyo fanining maqsad va vazifalari

Kirish
Kimyo tabiatdagi barcha mavjudotlar turli ko`rinishdagi kimyoviy moddalardan tarkib topganligiga asoslangan holda, ularning bir turdan boshqa turga o`zgarish qonuniyatlarini, shuningdek, moddalarning xossalarini o`rganuvchi fan hisoblanadi.
Kimyo fanining predmeti barcha tabiiy va sentitik modalardir.
Tabiatdagi yer, suv, havo, osmon jismlari, jonli va jonsiz barcha mavjudotlar, kundalik turmushda foydalaniladigan uy-ro`zg`or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, umuman atrofimizdagi butun borliq kimyoviy moddalardan tarkib topgan. Moddalar esa hozirgi vaqtda ma`lum bo`lgan 118 ta kimyoviy elementning u yoki bu tarzda o`zaro birikish natijasida hosil bo`lgan birikmalardir. Kimyo fani butun borliqdagi kimyoviy o`zgarishlar natijasida hosil bo`ladigan moddalarning xossalarini o`rganadi ulardan foydalanish yo`larine aniqlaydi va insoniyat uchun muhim bo`lgan moddalarni topishda bevosita ishtirok etadi. Tabiatda mavjud bo`lmagan sintetik yo`llar bilan hosil qilingan polietilin, plastmassalar, dori vositalari, kapron, neylon kabi tolalar, avtomobil va boshqa texnik vositalarning ko`plab ehtiyot qismlari sintetik kimyoviy moddalardir.


1.Kimyo fanining rivojlanishi
Kimyoximiya-moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadi-gan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi. Odamlar qadimda rudalardan metallarni ajratib olish, turli xil qotishmalar tayyorlash va qoʻllash, jumladan, shisha tayyorlash va undan turli maqsadlarda foydalanishni bilganlar. Miloddan avvalgi Misrda kimyoviy jarayonlarga asoslangan hunarmandchilik rivojlanganligi maʼlum. Pishiq charm tayyorlash, uni boʻyash, rangli shisha olish, oʻsimliklardan dori-darmon va xushboʻy hidli moddalar tayyorlash, sopol buyumlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Oʻsha davrlarda kimyoviy mahsulotlar Hindiston, Xitoy va Oʻrta Osiyoda ham ishlab chiqarilgan. "Kimyoi hunar" sohibi boʻlgan kimyogar bir moddadan ikkinchi mahsulotni tayyorlash ishi bilan shugʻullangan. Oʻzbekistondan oʻtgan Buyuk ipak yoʻli orqali miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmidan boshlab, mamlakatga savdo-sotiq bilan birga hunarmandchilik ham kirib keldi. Topilgan juda koʻp tarixiy buyum va yodgorliklar Oʻzbekiston hududida yashagan aholining kimyo hunaridan qadimdan boxabar ekanligidan darak beradi. Buxoro yaqinidagi Poykend manzilgohidan 8-asrga taalluqli kimyo lab. topilgan. Lab. jihozlari ichida turli idishlar, shisha asboblar, bolalar sumagi uchraydi.
Kimyoning fan sifatida shakllanishini tadqiqotchilar Misr bilan bogʻlashadi. Savdo-sotiq, xunarmandchilik va maaaniy alokalar juda rivojlangan bu mamlakatda ilm, falsafiy qarashlar, sanoat va qishloq xoʻjaligi yaxshi rivoj topali. Nil boʻyidagi Iskandariya shahrida 1-asrda yozilgan traktatlarda koʻpgina kimyoviy maʼlumotlar, jumladan, kimyoviy ji-hozlarning koʻrinishlari, kuydirish, pishirish, toblash, quruq haydash, eritish, kristallanish, ajratish va boshqa usullar haqida maʼlumotlar keltiriladi. Mazkur manbada oddiy metallardan oltin olish gʻoyasi ham ilgari surilgan boʻlib, mavhum bu izlanish fanning rivojlanishiga maʼlum darajada toʻsqinlik qildi, olimlar fikrini boshka — amalga oshmaydigan yoʻnalishga burib yubordi. Iskandariya traktatlari maʼlumotlaridan foydalangan arab olimlari tez orada bir nechta yangi moddalar, jumladan, nitrat kislota, tuzlar va boshqalarni olishni kashf qildilar. Misrlik olimlar tilidagi Kimyoga arablar "al" qoʻshimchasini qoʻshib mashhur "Alkimyo"ga asos soldilar. Natijada koʻpgina ilmiy asarlar, kitoblar, maqolalar va tajribalar ifodalari paydo boʻldi. Keyinchalik bu soʻz Yevropa mamlakatlarida "Ximiya" nomi bilan ommalashdi. Muhammad Xorazmiy 10-asrda "Kimyo" soʻzi arabcha "kamoyakmi", yaʼni "yashirmoq", "berkitmoq" ni anglatadi, deydi. Turk olimi Toshkoʻpir-zodaning fikriga koʻra, mazkur soʻz yahudiycha "kimyax" dan olingan. Baʼzi olimlar "Kimyo" soʻzi Misrning qad. nomi "Xem" yoki "Hame"dan olingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu soʻz "qora" yoki "qoramtir" maʼnosini anglatib, manbalarda "Kimyo" "Misr fani" degan maʼnoda keladi. Boshqa bir guruh olimlar esa "Kimyo" soʻzi yunoncha "kimyo" iborasidan kelib chiqqan boʻlib, "suyuqlik", "eritilgan metall"ni anglatishiga ishora qiladilar. Ammo, qanday boʻlishidan qatʼi nazar, mazkur fanning Sharq mamlakatlarida bir kator rivojlanganligi, bu borada oʻrta osiyolik olimlarning xizmati katta ekanligi tarixiy manbalardan maʼlum.
"Alkimyo" asoschisi Jobir ibn Xayyom metallarning paydo boʻlishidagi oltingugurt-simob nazariyasini olgʻa surgan, yaʼni yer qaʼrida quruq bogʻlanishdan oltingugurt ("metallar otasi"), nam bugʻlanishdan esa simob ("metallar onasi") paydo boʻladi degan fikrni aytadi. Ularning turli xil nisbatlarda birikishidan oltin, kumush, mis, temir, qalay, qoʻrgʻoshin, shisha hosil boʻladi. Shu asnoda oddiy metallarni nodir metallarga oʻtkazish haqida maʼlumotlar beriladi. "Element" tushunchasiga koʻra, oltingugurt — yonuvchanlik, simob — uchuvchanlik, tuz esa eruvchanlikni bildiradi. Shoʻnga koʻra, bu moddalar turining kashf qilinishi asosiy fikr boʻldi. Olimning izdoshlaridan boʻlgan Abu Nasr Forobiy oʻzining "Us todi Soniy" asarida alkimyo ilmining yoʻnalishini maʼqullaydi. Sharq allomalaridan Abu Bakr ap-Roziy "Sirlar kitobi"da alkimyo maʼlum boʻlgan moddalarni oʻrganish, asbob-uskunalarni yigʻish va foydalanish hamda tajribalar oʻtkazishni keltiradi.

Download 148.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling