Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»
Himoya quvurlari sonini va ularni tushirish
Download 2.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш
2.2. Himoya quvurlari sonini va ularni tushirish chuqurligi tanlash. Quduq konstruksiyasini loyihalashni boshlash, chuqurlik ortishi bilan qatlam bosimini anomallik koeffitsienti va bosimni yutilish indeksi grafigi tuzishni tavsiya etiladi. Bu grafiklar yordamida birinchi variantni qiluvchi konstruksiyani. k a ≤ o < k n – shart orqali amalga oshiriladi. Agar burg‘ilash jarayonida ostda yotuvchi oraliqlar uchun nisbiy zichligi yuqori bo‘lgan yuvuvchi suyuqlik ishlatilganda, yuqorida yotuvchi biror qatlam bu yuvuvchi suyuqlikni yutsa yoki yuvuvchi suyuqlikni zichligi ostki oraliq uchun kichik qilib tanlanganda yuqorida yotuvchi biror qatlamda suyuqlik oqimi tezlashish ro`y berishi mumkin. Buning uchun yuqori qatlam uchun yuvuvchi suyuqlikni shunday tanlash zarurki, yuqorida yotuvchi qatlamlarda yutilish ham, suyuqlik oqimi ham, hosil bo‘lmasligi kerak, so‘ngra yuqori qatlamlarga himoya quvurlari tushiriladi, ya’ni izolyasiya qilinadi. Izolyasiya qilishni eng keng tarqalgan usuli – himoya quvuri tushirilgan quvur orti bo‘shlig‘i qotuvchi eritma bilan to‘ldiriladi. Masalan, burg‘ilash ishlari loyihalanadigan N rayonda anomallik koeffitsienti k a va bosim indeksi k n ni o‘zgarish harakteri quyidagi 5-rasmda ko‘rsatilgan. Qatlam bosimi anomallik koeffitsienti (1), bosimni yutilish indeksi (2), yuvuvchi suyuqlikni nisbiy zichligi (3) quduq konstruksiyasini variantlari (ungda) grafigi. 14 Burg‘ilash jarayonida tahminan 350 m chuqurlikkacha zichligi 0,98 dan kam bo‘lmagan yuvuvchi suyuqlikni ishlatish mumkin, 2250 m chuqurlikkacha o = 1,10 dan kichik bo‘lmagan. 400-700 m oraliqda joylashgan o‘tkazuvchan gorizontdan suyuqlik oqimi ro`y berishi mumkin. 2250 m dan yuqori bo‘lgan oraliqni burg‘ilab o‘tishda o ≥1,5 bo‘lishi tavsiya etiladi, chunki 2370 m chuqurlikda suyuqlik oqimini hosil bo‘lishi ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ob’ekt qoplamasi bor. Lekin bunday suyuqlikni 0-350 m va 900-1000 m oraliqda tog‘ jinslarida yutishi kuzatiladi. Bunday murakkabliklarga yo‘l quymaslik uchun 2200 m chuqurlikkacha himoya tizmasi tushirish maqsadga muvofiqdir. YUqori oraliqlar izolyasiya bo‘ladi va faqat shundan keyin o = 1,6 gacha yuvuvchi suyuqlikni nisbiy zichligi oshiriladi. Yuqoridagilarni solishtirib, shunday kelishimiz mumkinki, berilgan holat uchun quduqqa uchta (3b) himoya tizmasini tushurishga to‘g‘ri keladi. Quduq konstruksiyasini birinchi varianti shunday bo‘ladi. Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling