Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat texnologiyasi fakulteti «oziq -ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi
Aniq namoyon bo‘lgan ifloslantiruvchi va donli aralashmalarning miqdorini aniqlash
Download 0.98 Mb.
|
Aniq namoyon bo‘lgan ifloslantiruvchi va donli aralashmalarning miqdorini aniqlash
Don tarkibida begona aralashmalarning mavjudligi unning qiymatini tushiribgina qolmay, balki saklash va kayta ishlash jarayonlarini ham qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, aralashmalarning tarkibida inson organizmi uchun zararli bo’lgan moddalar ham bo‘lishi mumkin. Donning ifloslanganlingini aniqlash uning texnikaviy tahlilidagi muhim amallardan biri bo‘lib hisoblanadi. Donli, begona, aloxida xisobga olinadigan aralashmalar xamda mayda don mikdori va donning yirikligi GOST 3586.2-81 standarti bo‘yicha aniqlanadi. Ishni yirik ifloslantiruvchi aralashmalarning miqdorini aniqlashdan boshlash kerak. O‘rta namuna grammning undan bir ulushigacha bulgan aniklikda o‘lchanadi. Undan yirik ifloslantiruvchi aralashmalar ikki usulda: Yirik urugli donlar (makkajo‘xori, no‘xat, ozuqabop dukkakli donlar, loviya, yasmik va boshkalar)dan qo’l yordamida, boshqa donlardan esa g’alvir orqali elab ajratiladi. O‘rta namuna teshik ulchami Ø 6 mm bo‘lgan g’alvirni aylanma harakat qildirib elanadi. Agar laboratoriya g’alviri qasnotining diametri 30 sm dan kam bo‘lsa, o‘rta namuna bo‘laklarga bo‘lib elanadi. Yirik ifloslantiruvchi aralashmalar g’alvirda elangan mahsulotning qoldik qismidan qo’l bilan ajratiladi. O‘lchamlari bo‘yicha asosiy tur dondan katta bo‘lgan aralashmalar yirik aralashmalar bo‘lib hisoblanadi. Bular- somon, boshoqlar, kesak bo‘laklari, begona o‘simliklarning yirik urug’lari va boshqalar. Boshoqlar va dukkakli donlarning gul qobiklarini ulardan don ajratib olingandan so‘nggina ifloslantiruvchi aralashma deb hisoblash mumkin. Ajratilgan ifloslantiruvchi aralashmalar berilgan don turiga qo’yilgan standartlar bo‘yicha fraksiyalarga bo’linadi: ular o‘lchanadi va o‘rta namunaning massasiga nisbatan foizlarda ifodalanadi: Х= bu yerda: m-yirik ifloslantiruvchi aralashmaning alohida hisobga olinadigan fraksiyasining massasi, g; m - o‘rta o‘lchanmaning massasi, g. Agar o‘rta namunaning tarkibida yirik tosh bulagi uchrasa, u alohida fraksiyaga ajratib olinadi va zararli hamda maxsus hisobga olinadigan aralashmalarni aniqlash paytida hisobga olinadi. Aniq namoyon bo‘lgan ifloslantiruvchi va donli aralashmalarning miqdori o‘rta namunadan yirik ifloslantiruvchi aralashmalar ajratilib olingandan keyin aniqlanadi. Buning uchun namunadan turli donlar uchun quyidagi massali o’lchanmalar ajratiladi: bug’doy, javdar, arpa (jumladan pivo olinadigan turi), marjumak, suli, sholi, mayda urug’li yasmiq va vika donlari uchun - 50 g; tariq, sorgo uchun - 25 g; likopchasimon yasmiq va ozuqabop dukkaklilar uchun - 200 g; makkajo‘xori, no‘xat, loviya, burchoq, quybosh no‘xat uchun - 100 g. O‘lchanmalar grammning undan bir ulushigacha aniqlikda o’lchanadi. Ajratib olingan o‘lchanmalar laboratoriya g’alvirlarida elanadi (13-jadval). G’alvirlar quyidagi ketma-ketlikda o’rnatiladi. Avval taglik, so‘ngra kichikroq teshikli g’alvir, uning ustidan katta teshikli g’alvir va eng ustiga yanada yirikroq o’lchamli teshikka ega bo‘lgan g’alvir o‘rnatiladi. O‘lchanmani eng yuqorigi g’alvir ustiga to’kib, qopqoq yopiladi. Elash jarayoni qo’l bilan yoki maxsus mexanizasiyalash-tirilgan g’alvirlar yordamida amalga oshiriladi. Qo‘l yordamida elash paytida don (urug) solinadigan g’alvirlar to’plami tekis yuzali stol yoki shisha ustiga joylashtiriladi. Agar to‘planma faqat aylana teshikli g’alvirlardan iborat bo’lsa, elash jarayoni g’alvirlar to‘plamini silkitmasdan, aylanma harakat qildirib, agar g’alvirlar uzunchoq teshikli bo’lsa, teshik yo‘nalishi bo‘yicha silkitmasdan ilgarilanma-qaytarilma harakat bilan o‘tkaziladi. Bunda g’alvirning tebranish amplitudasi 10 sm atrofida bo‘lmog’i lozim. Dukkakli ekin donlari I daqiqa ichida 110-120 tebranish bilan 1 daqiqa; qolgan donlar esa 3 daqiqa davomida elanadi. Mexanizasiyalashtirilgan elash jarayoni standart talablari bo‘yicha amalga oshiriladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling