Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat Texnologiyasi fakulteti «kimyoviy texnologiya»


Download 131.17 Kb.
bet13/14
Sana04.04.2023
Hajmi131.17 Kb.
#1327414
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
yangi YMB KvaF Laboratoriya (Lotincha)

Ishni bajarish tartibi: Avvaliga xom ashyolar kerakli miqdorda tarozida 0,001 aniqlikda o‘lchab olinadi. Reaksion kolbaga GSP va FS solinadi. Malein angidrid (30 % li) eritmasi yordamida reaksiya muxiti pH=4 ga keltiriladi va xaroratni 96-98 oC ga chiqarib, 10 daqiqa davomida reaksiya davom ettiriladi. So‘ngra NaOH ( 25% li) eritmasi yordamida reaksiya muxiti pH=8-8,5 ga keltirilib, reaksiya 10-15 daqiqa (oligomer cho‘kmaga tushguncha) davom ettiriladi. Sintez jarayoni tugagach reaksion massa xona xaroratigacha (20-22 oC ) sovutiladi. Reaksion massaning ustki qismidagi suv quyib olinadi. So‘ngra vakuum haydash jixozi yig‘iladi (1.3.2-rasm) va qolgan suv haydab olinadi. Vakuum haydash jarayonida xarorat 55-60 oC, bosim esa 100-120 mm.simob ustunini tashkil etadi. Ajralib chiqqan umumiy suv o‘lchab olinadi.
*FS ning turli xil nisbatlaridagi sintez jarayonini turli xil guruxlar amalga oshiradi.
Topshiriq
1. Oligomerlarning chiqish unumdorligini aniqlang.
2. Yaxshilab quritilgan oligomerlarning molekula massasini aniqlang va ularni bir-biriga taqqoslang.
3. GSP va FS ning turli xil nisbatlari asosida sintez qilingan oligomerlarning jelatinlanish vaqtlarini aniqlang va ularni bir-biriga taqqoslang.


Fenolning formaldegid, bilan polikondensatlanishi (rezit hosil bo’lishi).

Reaktiv va asboblar: fenol (17,5 g), formalin (40% li) (17,75 g), ammiak (25% li) (1,5 g); 300 ml sig’imli, qaytarma sovutgichli, yumaloq tubli kolba (1 dona), suv hammomi (1 dona), 2500 C li termometr (1 dona).


Fenol bilan formaldegidning kondensatlanishi natijasida, qizdirilganda suyuqlanmaydigan va erimaydigan polimer hosil qilish protsessii ikki bosqichdan iborat. Avval chiziqli tuzilishdagi polimetilenfenol olinadi, so’ngra u qotiriladi. Yumaloq tubli kolbaga 17,5 g fenol, 17,75 g 40% li formalin va 1,5 g 25% li ammiak solinadi. Aralashma suv hammomida 900C da qizdiriladi. Taxminan 30 minutdan keyin aralashma 900 C da qizdiriladi. Taxminan 30 minutdan keyin aralashma ikki qatlamga ajraladi: yuqoridagi qatlam suv, pastdagisi esa smola bo’ladi. Hosil bo’lgan modda (chiziqli polimetilfenol) suvda neytral holga kelguncha yuviladi-da, 50-650 C da vakuum- quritgichda quritiladi. Polimerning chiziqli tuzilishini aniqlash uchun uning spirt, atseton va spirt bilan benzol aralashmasida eruvchanligi tekshiriladi.Quritilgan polimer (rezol) probirkaga solinib, termostatda 600 dan 1200 C gacha qizdiriladi va erimaydigan hamda suyuqlanmaydigan uch o’lchamli holatga – rezitga aylantiriladi.

1-topshiriq. Polikondensatlanishning birinchi va ikkinchi bosqichlaridagi reaktsiyalarning tenglamalari yozilsin.


2- topshiriq. Hosil qilingan polimerning miqdori va organik birikmalarda eruvchanligi aniqlansin.

Laborotoriya ishi 7



Download 131.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling