Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/131
Sana20.11.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1788394
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   131
Bog'liq
Avtomatikaning boshqarish

Kirish 
 
O‘zbekiston Respublikasining ―Тa‘lim to‘g‘risida‖gi qonuni va ―Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi‖ mamlakatimizda ta‘lim tizimini isloh qilishning asosini 
yaratib berdi. Bu esa Oliy ta‘lim dargohlarida sifat jihatdan yangi raqobatbardosh 
milliy kadrlarni tayyorlashda negiz hisoblanadi. Ko‘rsatilgan masalalarni hal qilishda 
Oliy o‘quv yurtlarining ―Avtomatlashtirish va boshqarish‖ va ―Texnologik 
jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish‖ ta‘lim yo‘nalishlari 
uchun «Avtomatlashtirishning texnik vositalari» fani kiritilgan.
Avtomatika - fan va texnikaning alohida sohasi bo‘lib, bu soha avtomatik 
boshqarish nazariyasi, avtomatik tizimlar yaratish prinsiplari va bu tizimlarda 
qo‘llaniladigan texnik vositalar bilan shug‘ullanadi. Avtomatika so‘zi grekcha 
so‘zdan olingan bo‘lib, o‘zi xarakatlanuvchan moslamani anglatadi. Avtomatika fan 
sifatida 18-asrning ikkinchi yarmida, ya‘ni ip-yigiruv, tikuv stanoklari va bug‘ 
mashinalari kabi birinchi murakkab mashina - qurilmalarining paydo bo‘lish davrida 
ishlatila boshlandi.
Тexnika tarixida birinchi ma‘lum bo‘lgan avtomatik qurilma Polzunov bug‘ 
mashinasi (1765 y.) hisoblanadi. Bu mashina oddiy shamol va gidravlik 
dvigatellarning o‘rniga ishlatilgan va odam ishtirokisiz suvning sathini rostlagan. 
Avtomatik rostlashning asosiy prinsiplarini ingliz olimi F. Maksvell tomonidan 1868 
yilda ishlab chiqildi. 
Тexnikaning rivojlanishi va odamlarning og‘ir qo‘l mexnatidan bo‘shashiga 
qaramasdan ish jarayonlari va mehnat qurollarini boshqarish kengayib va 
murakkablashib bordi. Ayrim holatlarda esa maxsus qo‘shimcha elementlarsiz 
mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni boshqarish imkoniyatlari murakkablashdi. 
Bu esa o‘z navbatida avtomatikaning muhimligini va uni rivojlantirish kerakligini 
isbotladi. 
Avtomatika - mashina texnikasi rivojlanishining yuqori pog‘onasi hisoblanadi. 
Bunda odamlar nafaqat jismoniy mehnatdan, balki mashina, qurilmalar va ishlab 
chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni boshqarishdan holis bo‘ladilar. 


46 
Avtomatika mexnat unumdorligini oshirish, ish sharoitlarini yaxshilash, jismoniy va 
aqliy mexnatni bir-biriga yaqinlashtirish kabi ko‘plab jarayonlar uchun hizmat qiladi. 
Bugungi kunda avtomatika alohida fan sifatida o‘z yo‘nalishlariga ega. Bu fan 
avtomatik boshqarish tizimlarining nazariyasi va uning tuzilish tamoillari bilan 
shug‘ullanadi. 
Нozirgi davrda fan texnika taraqqiyoti shunday ilgari surildiki
mavjud texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishda yangi, har taraflama 
zamon talabiga javob beradigan texnik vositalar bilan ta’minlash 
zaruriyati tug’ildi. Хorijiy mamalakatlardan keltirilayotgan yangi 
texnika va texnologiyalarni o’zlashtirish esa yuqori bilim va malaka 
talab etadi.
Fanning maqsadi talabalarda avtomatik boshqarish va rostlash 
tizimlari va texnik vositalarni tahlil qilish hamda ularni ishlab chiqarish 
sohalarida foydalanish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni 
shakllantirishdan iborat. 
Avtomatlashtirishning texnik vositalariga nazorat axborotlarini qabul qiluvchi, 
uzatuvchi, o‘zgartiruvchi, saqlaguvchi, programmalashtirilgan axborot bilan 
solishtiruvchi, buyruq axborotini shakllantiruvchi hamda texnologik jarayonga ta‘sir 
ko‘rsatuvchi quyidagi uskunalar va texnik qurilmalar kiradi: datchiklar, relelar, 
kuchaytirgichlar, logik (mantiqiy) elementlar, rostlagichlar, ijro mexanizmlari va 
boshqalar. Bunday texnik vositalar avtomatikada o‘lchash o‘zgartkichlari deb ham 
yuritiladi. 


47 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling