Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologiya fakulteti
LABORATORIYADA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI
Download 1.98 Mb.
|
Energotex lab orginal
LABORATORIYADA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI
Laboratoriya ishini to’g’ri va mukammal bajarish uchun birinchi navbatda texnika xavfsizligiga katta e‘tibor beriladi. Shuning uchun talabalar birinchi laboratoriya mashg’ulotida o’qituvchi tomonidan texnika xavfsizligi qoidasi bilan tanishtiriladi. So’ngra talabalar texnika xavfsizligi qoidasi bilan ogohlantirilganlari to’g’risida maxsus jurnalga imzo chekadilar. Texnika xavfsizligi qoidasiga muvofiq: har bir ish joyida texnika xavfsizligini va yong’inga qarshi ogohlantiruvchi plakatlar va shiorlar osilgan bo’lishi kerak; issiqlik izolyatsiyasi bo’lgan asboblar tekshirib turilishi va issiqlik temperaturasi 45С dan oshiq bo’lmasligi kerak. Bundan tashqari har bir qurilmada bosimni, temperaturani tekshirib o’lchab ko’rsatuvchi asboblar bo’lishi kerak. O’lchov asboblari ma‘lum vaqtdan so’ng maxsus tekshiruvchi tashkilot tomonidan nazorat qilib turiladi. Talabalarni bu qurilmalar vositasida ish bajarishlarida qurilmaning ish rejimini yuqori bosim va temperaturada olib borilishi to’g’risida ogohlantirish kerak. Gaz uzatilayotgan trubalarning ulangan qismlaridan, kranlardan gaz chiqmasligi kerak. Agar laboratoriya xonasida gazning xidi sezilsa, darhol xonani shamollatish va trubadan yoki krandan chiqayotgan gazni darhol to’xtatish chorasini ko’rish kerak. Qurilmaning aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidasiga muvofiq maxsus materiallar bilan atrof-muhitdan ajralib to’siladi. To’siqlarning holati doimiy ravishda tekshirib turiladi va apparatning harakatlanuvchi qismlari to’silmagan bo’lsa, ishlatishga ruxsat berilmaydi. To’siqlar sifatida metallardan tayyorlangan reshyotkalar (to’rlar) ishlatiladi. Laboratoriya sharoitida to’la xavfsizlikni ta‘minlash uchun harakatlanuvchi aylanuvchi qismlari bo’lgan qurilmalarda, yangi turdagi avtoblokirovkalar, fotorelelar keng miqyosda qo’llanilmoqda. Talabalar laboratoriya tajribalarini o’tkazayotgan vaqtda, albatta maxsus kiyimlarda, ya‘ni, xalatda laboratoriya ishlarini bajarishlari kerak va uni nazorat qilib tekshirib turish kerak. Laboratoriyada eng muhimi elektr xavfsizligiga ahamiyat berish kerak. Hamma elektr qurilmalari, tok o’tkazuvchi qismlar, tok manbalari yerga ulangan (zazemlenie) bo’lishi kerak. Elektr o’tkazuvchi simlarning (kuchlanuvchi va yorituvchi) ochilgan joyi bo’lmasdan, texnik jihatdan tuzatilgan holatda bo’lishi kerak. Elektr qurilmalarni montaj qilayotgan “Elektr qurilmalarining ekspuatatsiyalash qoidalari”, ishlab chiqarish sanoatida elektr texnik qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat‘iy ravishda rioya qilinishi kerak. Laboratoriyada elektr qurilmalarini ishlatilayotgan vaqtda quyidagilarga amal qilishi kerak: elektr tarmoqlarini mexanik shikastlanishdan, to’satdan va mexanizmlarga tegib shikastlanishdan himoya qilish kerak. Laboratoriya mudiri kafedrada texnika xavfsizligini ta‘minlab uni kontrol qilib turadi. Umumiy laboratoriya xonalarida ko’chma asbob va qurilmalarda, simob ayrim holda ajratilgan bo’lsa, yoki simob o’rniga boshqa organik eritmalar qo’llab bo’lmagan taqdirdagina ishlashga ruxsat beriladi. Simob og’zini mahkam berkitiladigan devori qalin bo’lgan maxsus shisha idishda saqlanadi. Kafedra laboratoriyalarida ishlayotgan har bir shaxs ishlatilayotgan kimyoviy moddalar, ulardan olingan mahsulotlarning xossalari, ya‘ni zaharlilik, yong’in va portlashdan xavflilik darajalari va aksincha ehtiyotsizlik natijasida zaharlanish, kuyish yoki tok urish hollari yuz beradigan bo’lsa, birinchi yordam ko’rsatish usullarini bilmog’i lozim. Kimyoviy moddalarning xususiyatlarini va ulardan foydalanilayotganda qanday ehtiyot choralariga rioya qilish lozimligini bilmaslik, baxtsiz voqealarga va og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa portlovchi, yengil alangalanadigan va o’yuvchi, zaharli moddalar bilan muomila qilayotganda juda ehtiyot bo’lish kerak. Birorta ishni boshlashdan avval uni bajarish tartibi bilan yaxshilab tanishish va ehtiyot choralarini ko’rib qo’yish kerak. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling