Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologiya fakulteti
Download 1.98 Mb.
|
Energotex lab orginal
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchilar: F.F. Davlatov
- Mundarija Laboratoriya mashg‘ulotlari
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI TEXNOLOGIYA FAKULTETI “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi “KIMYOVIY ISHLAB CHIQARISH ENERGOTEXNOLOGIYALARI” FANIDAN laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish uchun USLUBIY QO’LLANMA 5320400-Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar) bakalavriat ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan Qarshi – 2019 yil “Kimyoviy ishlab chiqarish energotexnologiyalari” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish uchun uslubiy qo’llanma/ Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti katta o’qituvchisi F.F.Davlatov va assistenti D.R.Hamidov: Qarshi, 2019.-44 b. Tuzuvchilar: F.F. Davlatov - “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi. D.R. Hamidov - “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi assistenti. Taqrizchilar: O.X. Panjiyev. - “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi dotsenti. I.Qodirov - “Issiqlik energetikasi” kafedrasi dotsenti. Maskur uslubiy qo’llanma 5320400-Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar) bakalavriat ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Uslubiy qo’llanma “Kimyoviy texnologiya” kafedrasining 20___ yil ____ _________ dagi ______ - sonli, Texnologiya fakulteti Uslubiy komissiyasining 20___ yil ____ _________ dagi ______ - sonli, institut Uslubiy Kengashining 20___ yil ____ _________ dagi ______ - sonli yig‘ilishlarida kо‘rib chiqilib tasdiqlangan va o‘quv jarayoniga foydalanish uchun tavsiya etilgan. Mundarija
Kirish “Kimyoviy ishlab chiqarish energotexnologiyalari” fanini o`rganishda dastur bo`yicha laboratoriya mashg`ulotlari o`tkaziladi. Har bir laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazishdan avval, talaba ushbu laboratoriya ishini o`tkazish uchun laboratoriya ishi yozmasi so`ngida keltirilgan darslik va ma`ruza matnidan kerakli nazariy bilimlarni, o`tkazish lozim bo`lgan laboratoriya ishini o`tkazish uslubini, topshiriqda keltirilgan tekshirish usullarini egallab olishi va laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazuvchi o`qituvchiga kollokvium topshirishi kerak. Laboratoriya mashg`ulotlarini bajarish jarayonida talaba termodinamik holatlarni o’lchash asboblari bilan tanishadi. Laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida talaba izotermik jarayonlarni, eritmalarni issiqlik sig'imini, noorganik moddalarni differensiyal-termik usulida aniqlash, to'yingan suv bug'i temperaturasi va bosimining o'zaro bog'liqligi jarayonlarini o’rganadi. Mashg`ulot tugaganidan so`ng talaba hisobot tayyorlaydi, unda bajarilgan ishlarning nazariyasi va qisqacha mazmuni, ish jarayonida qo`llanilgan asbob va uskunalarning rasmi hamda sxemasi beriladi, tekshirilgan kattaliklarni grafigi chiziladi, olingan natijalar tahlil qilinib, tekshirilayotgan masalaning nazariy holatini tasdiqlaydigan hulosa beriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati keltiriladi. Ushbu uslubiy qo’llanmada ayrim kamchiliklar bulishi mumkin. Ular buyicha bildirilgan barcha fikr mulohaza va takliflar mamnuniyat bilan qabul qilinadi va e’tiborga olinadi. Tuzuvchilar Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling