Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologiya fakulteti


O’yuvchi moddalar bilan ishlash qoidalari


Download 1.98 Mb.
bet4/22
Sana01.03.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1241861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Energotex lab orginal

O’yuvchi moddalar bilan ishlash qoidalari
15. O’yuvchi moddalarga quyidagilar kiradi: xlorid, nitrat, sulfat, ftorid kislotalar, xrom (IV) oksidi, qattiq ishqorlar – o’yuvchi natriy, o’yuvchi kaliy, ularning kontsentrlangan eritmalari, ammiak eritmasi, brom va uning eritmalari. O’yuvchi moddalar teriga tushsa, go’yo qizdirilgan jism tekkandek kuydiradi, ularning ko’zga tushishi nihoyatda xavfli.
16. Ustoz bo’lmagan vaqtda o’yuvchi moddalar bilan ishlash kerak emas. Ishqor va kislotalarni katta idishdan kichiklariga quygan vaqtda nasosli yoki “nok” li (grusha) sifonlardan foydalanish kerak. Uchuvchan moddalar, ammiak, brom eritmalarini so’ruvchi shkaf ichida qo’yish kerak va albatta ko’zoynak, qo’lqop, fartuk kiyib “В” markali proteiogazni ehtiyotdan tayyor tutish kerak.
17. Sulfat kislotasining (umuman kislotalarning) eritmasini tayyorlaganda, uni suvga qo’shish va to’xtovsiz aralashtirib turish kerak. Aks holda eritma qizib atrofga sachrab ketishi mumkin. Suvni kislotaga quyish aslo mumkin emas.
18. Ishqorlardan eritma tayyorlaganda ularni kichik bo’laklarini asta-sekin suvga qo’shib to’xtovsiz aralashtirib turiladi.
19. Ftorid kislotasi teriga tushsa sekin bitadigan yara hosil qiladi, o’pkani esa yallig’laydi. Agar ftorid kislotasi teriga tushsa, uni sovuq suv oqimi bilan yaxshilab yuvib, 5 % li soda eritmasi bilan kopress qilish kerak.
20. Idishlarni xrom aralashmasi bilan yuvganda uning tomchilarini teriga, kiyimga, oyoq kiyimiga tushishidan ehtiyot bo’lish kerak.


Ishlaganda portlab ketishi va o’z-o’zidan yonib ketishi mumkin bo’lgan moddalar bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalari
21. Reaktsiya o’tkazilayotganda portlash hosil bo’lishi mumkin bo’lgan barcha tajribalar o’tkazilayotganda albatta himoya niqobi taqilishi lozim, reaktsiyalar esa maxsus kabinalarda yoki himoya ekranlari, qalqonlari bilan jihozlangan yerlarda o’tkaziladi.
22. Kuchli oksidlovchilarni qizdirish yoki yengil yonuvchi moddalar bilan shunchaki aralashtirish mumkin emas, chunki bu o’z-o’zidan yonib ketish va portlashga olib kelishi mumkin.
23. Yog’li va parafinli hamomlardan foydalanayotganda ularga suv tushib ketishidan saqlanish lozim, chunki yog’ ostida qolgan suv qattiq qizish natijasida qaynab ketib, qizigan yog’ni atrofga sachratib yuboradi. Yog’ bilan ifloslangan latta, sochiq, ish kiyimlari, oksidlovchi muhitda o’z-o’zidan yonib ketishiga moyil bo’ladi.
24. Sulfat kislotasi eritmasi tayyorlanayotganda, kislota suvga quyiladi, mabodo to’kilib ketsa, u soda eritmasi bilan neytrallanadi, latta bilan artish mumkin emas.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling