Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Download 381.6 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.12.2020
Hajmi381.6 Kb.
#159084
Bog'liq
boshqarishning tashkiliy strukturasi usullari


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM 

VAZIRLIGI 

QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI  

 

 

“Kasb ta’limi” fakulteti KTI – 292 guruh talabasi  

 Jo’rayev Abbosning   

 

 

MAVZU: “ 

Boshqarishning tashkiliy strukturasi, usullari” 



 mavzusida  

 

REFERAT 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

QARSHI -2015 

 

                Boshqarishning tashkiliy strukturasi, usullari. 

Reja: 


 

1.  Boshqarishning umumdavlat maxalliy, tarmoq va o`z-o`zini  boshqarish  

organlari      

2.  Menejmentning tashkiliy tarkiblarini tanlash va   takomillashtirish.   

3.  Vazifaviy va divizional tarkiblar.  

4.  Muntazam va muntazam- shtabli tashkiliy tarkib.  

5.  Loyihali va matritsali tashkiliy tarkiblar.  

    Adabiyotlar ro’yxati. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



   "Tarkib" so`zi elementlar birlashuvini, ular orasidagi o`zaro munosabat va  

aloqalarni bir butun tizim ekanligini anglatadi .  

    Menejmentning tashkiliy tarkibi deb boshqaruv idoralarining birlashuvini, ular  

orasidagi o`zaro tizimlarni, firmaning oldiga qo`ygan maqsadiga erishishdagi 

zaruriy  

boshqaruv vazifalarni bajarilishini taҳminlovchi, deb belgilash mumkin. SHunday  

qilib, menejmentning tashkiliy tarkibi quyidagi bir kator shartlardan kelib chiqadi:  

korxonalarning maqsad va vazifalari, ishlab chiqarish va boshqaruv vazifalari, 

ichki  

va tashki muxit omillari.  



     Boshqaruv tarkibidagi quyidagi elementlar aloxida ajratib ko`rsatiladi: zvenolar  

(buginlar), saviyalar (boshqaruv darajasi) va aloqalar - gorizontal va vertikal.  

Menejmentning nomlari tilga olingan tashkiliy tarkib elementlari bir-biri bilan 

o`zaro  


boғlangandir. Qisqacha ularning aniq tushunchasini aloxida ko`rib chiqamiz:  

     Zveno yoki boshqaruv bo`limi - bu tashkilotning aloxida yoki erkin boshqaruv  

idorasidir. Uning shakllanishining asosiy vazifasi bo`limining Ma`lum bir 

vazifasini  

bajarishdir. Bo`limlar orasida o`rnatilgan aloqa gorizontal tavsifga ega.  

 Menejment saviyasining bir guruh bo`limlarni boshqaruv ierarxiyasida Ma`lum  

 

darajani egallash, deb qarash mumkin.  



    Tarkib inson va materiallar resurslarini, ularning o`zaro munosabatlarini 

tarkibga  

solib birlashtiradi. Barcha tarkiblar, ularning o`lchovlaridan katҳiy nazar, yana bir  

umumiy xususiyatga ega: ular firmaning maqsadiga erishishi uchun shakllantiradi.  

Ammo xar boshqaruv tarkibi uziga xos xususiyatga ega, ular Ma`lum darajada  

odamlar faoliyatining samaradorligiga ta`sir ko`rsatadi. Xar bir ish beraetgan firma  



uchun tarkibni tashkil qilish, uning faoliyatini yuksaltirishda muxim element  

xisoblanadi.  

 Barcha tashkil tarkib majmuasi samarali shakllanish usulini tanlash menejment  

korpusining faoliyatida xaetiy va zarur element xisoblanadi. Agar bu masala  

rivojlanaetgan firma firma yoki korporatsiyalarga tegishli bulsa,  ҳam, koyida  

buyicha, bu kabi korporatsiyalarda vazifa bajarilishida oz bulsada tarkibini kayta  

tashkil qilish masalasini echiladi.  

    Garbiy menjmentning tashkiliy axlok nuktai nazariga asoslangan nazariyasida  

firmaning tarkibiga muxim omil sifatida qaraladi va barcha jamoa yoki uning xar 

bir  


a`zosining axlokinialoxida ko`rib chikiladi. Bu nazarda tashkiliy tarkibga quyidagi  

boshqaruv tushunchalari kiritiladi: javobgarlik va huquqka egalik nisbati, huquqka  

egalik vakilligi, markazlashtirish va nomarkazlashtirish, javobgarlik va nazoratning  

boshqaruvchanlik meҳeri, firmaning tashkiliy siesati, boshqaruv qarorlarining  

modellari, umumiy va yakka tartibdagi topshiriklarni loyixalashtirish va boshkalar.  

Bu erda asosan menejmentni maҳnaviy tarkibi xakida aloxida so`z boradi: U 

kanday  

maqsadlarga xizmat kiladi va kanday boshqaruv jaraenlarini amalga oshiradi?  

Menejment tashkiliy tuzilishi xaqida tushuncha.  

Menejmentning tarkibiy tuzilishi deganda boshqaruv bo`ғinlari va bosqichlari  

miqdori va tarkibi tushuniladi. Menejment tashkiliy tuzilishining oddiy va 

tushunarli  

bo`lishi uning ish qobiliyati yuqori bo`lishini kafolatlaydi, ya`ni boshqaruv 

tashkiliy  

tuzilmasida bosqich va bo`ғinlar qancha kam bo`lsa, boshqaruv shunchalik 

samarali  

bo`ladi.  


Boshqaruv bo`ғinlari - bu bitta yoki bir-qancha vazifalarni bajaruvchi mustaqil  

tarkibiy unsurlardir. Tuzilma elementlari, ularning bo`linmalari va boshqaruv  

apparatida ishlovchilardir.  

Boshqaruv bosqichlari - bu boshqarish biror darajasidagi ma`lum bo`ғinlar  

yiғindisidir. SHu belgisiga ko`ra boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari - ko`p 

bosqichli  

(ko`p bo`ғinli), uch, ikki bosqichli (bo`ғinli) bo`ladi. Bosqichlar va bo`ғinlar  

o`rtasidagi alqa vertikal va gorizontal bo`lishi mumkin. Vertikal bo`ғinlar  

raҳbarlarning ularga bo`ysunuvchilar o`rtasidagi munosabatlarni, gorizontal 

aloqalar  

boshqaruvning teng xuquqli bo`ғin va unsurlari o`rtasidagi munosabatlarni 

bildiradi.  

Iqtisodiyotn boshqaruv tashkilotlari yuqori, quyi, teng xuquqli tashkilotlarga  

bo`linadi. YUqori tashkilotlar respublika va tarmoq boshqaruv tashkilotlariga  

ajratiladi.  

Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari ishlab chiqarishning turli tarmoqlarini  

birlashtiradilar. Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari Respublika Konstitutsiyasiga  

asoslangan ҳolda faoliyat yuritadi.  

Xalq xo`jaligini bshqarishning umumdavlat tashkilotlari qonun chiqaruvchi, ijro  

etuvchi va sud tashkilotlariga bo`linadi. Qonun chiqaruvchi oliy tashkilot -  

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. U xo`jalik faoliyatini tartibga soluvchi  

qonun, qonuniy aktlarni tasdiqlaydi. Davlat rejalari va byudjetining bajarilishi 

xaqida  

xisobotni muҳokama qilib tasdiqlaydi, iqtisodiyotni boshqarishning ijroiya  

tashkilotlarini shakllantiradi.  

Xalq xo`jaligini boshqarishning ijroiya tashkilotlariga umumiy, tarmoq va  

maxsus vakolatga ega tashkilotlar kiradi. Umumiy vakolatga ega ijroiya  


tashkilotlariga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasi, Qoraqalpoғiston  

Respublikasi Vazirlar maҳkamasi va xokimiyatlar kiradi. Maxsus vakolatli  

tashkilotlar tarmoqlararo xususiyatga ega vazifalarni bajaradilar. Ular qatoriga 

Davlat qo`mitalarini kiritish mumkin.  

Umumdavlat boshqaruvi tashkilotlarining asosiy vazifalari: FTTning asosiy  

yo`nalishlarini belgilash, tabiiy muҳitni muxofaza qilish, pul va rkedit tizimiga  

raҳbarlik qilish, soliq va daromadlarni belgilash, xisob va statistikani tashkil etish,  

narx, tariflar belgilash, xalq xo`jaligi tarmoqlariga raҳbarlik qilish kiradi.  

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasining doimiy ish yurituvchi  

tashkilotlari faoliyati tarmoqlararo ilmiy-texnikaviy ishlarga raҳbarlik qilish, fan- 

texnika soҳasida tanlov, ko`ngilli asosda ishlarni tashkil etish kabi vazifalarni  

bajaradi.   

Respublika tovar birjalarining asosiy vazifasi korxonalar bilan  ҳamkorlikda  

mintaqada moddiy texnikaviy ta`minotning barqaror va samarali tizimini tashkil  

etish, iste`molli va ishlab chiqaruvchilar o`rtasida barqaror mintaqaviy aloqalarni  

o`rnatish, maҳsulot etkazib berishni  nazorat qilish, korxonalarga ularni moddiy  

texnikaviy ta`minlashda ko`mak berishdan iboratdir. Moddiy-texnikaviy ta`minot  

tashkilotlari xo`jalik xisobi asosida ishlab chiqarish vositalarini sotishning ko`p  

tarmoqli savdoni ta`minlash va moddiy resurslardan maqbul foydalanishga  

raҳbarlik qiladilar.  

Moliya vazirligi va uning joylardagi tashkilotlari davlat va korxonalar  

manfaatlarini ximoya etishga asoslangan butunlay yangi moliyaviy siyosatni 

amalga  

oshiradi, xo`jalik yuritish samaradorliginiso`m bilan nazorat etishni ta`minlaydi,  

shirkat va individual meҳnat faoliyatini moliya-kredit vositasida tartibga solish  

bo`yicha choralarni belgilaydi, aҳoli daromadlaridan soliq olish, bozor 

iqtisodiyotiga  


mos ish usullari va shakllarini joriy etadi, byudjet tashkilotlari faoliyatini  

moliyalashtirish tizimini o`zgartiradi, uni iqtisodiy meyor va normativlar asosida  

tashkil etadi, ish sifatini oshirishni iqtisodiy raғbatlantirish va ajratilgan 

mablaғlardan  

maqbul ravishda foydalanishni iqtisodiy raғbatlantirish usullarini keng qo`llashni  

ta`minlaydi.  

Respublika Markaziy banki iqtisodiyotdagi barcha kredit va xisob kitob  

munosabatlarini tashkil etuvchi va tartibga soluvchi bosh bankdir.  

Tijorat banklari tizimi faoliyati to`liq xo`jalik xisobi va o`z-o`zini moliya bilan  

ta`minlashi asosiga o`tkaziladi.  

Meҳnat va ijtimoiy masalalar bilan shuғullanuvchi davlat tashkilotlari va  

ularning joylardagi bo`linmalari to`li bandlikni, band bo`lmagan meҳnat 

resurslarini  

qayta tayyorlash va kasb o`rgatish, kadrlarga bo`lgan talabni qondirishni  

ta`minlaydilar.  

Respublika vazriliklari respublika xududidagi kontsernlar tarmoqlarni  

boshqarishni amalga oshiradilar. Tarmoqni boshqarish tizimiga yakka raҳbarlik  

asosida ish yurituvchi vazir boshchilik qiladi. U qo`l ostidagi  vazirlik va unga  

qarashli korxonalar faoliyatiga shaxsan javobgardir.  

Ґar bir vazirlikda vazir tarmoqni boshqarishning muҳim masalalarini kollegial  

ravishda ko`rib chiqish v amalga oshirishga imkon beruvchi maslaҳat tashkilotlari  

tashkil etiladi. Bosh maslaҳat beruvchi tashkilot - kollegiya bo`lib, uning tarkibiga  

vazir o`rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, korxonalar raҳbarlari kiradi.  

Xalq xo`jaligi tarmoғi tarkibida  ҳam davlat,  ҳam xususiy korxona, firma,  

aktsioner jamiyatlari faoliyat yuritadi. Korxona, firma, aktsionerlar jamiyatlari fan- 

texnika saloҳiyatidagi samarali foydalanish, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va  



uyғunlashtirish va uyғunlashtirish asosida  maҳsulot ishlab chiqarish maqsadida  

tashkil etiladi. Ular xo`jalik xisobi asosida sanoat, qurilish, transport, savdo va  

boshqa soҳalarda faoliyat yurituvchi tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Tarkibiy  

qism bankda aloҳida balans va xisob raqamiga ega bo`lishi va ijara pudrati  

bo`yicha, xususiy soҳada ish yuritishi mumkin.  

Korxona, firma, aktsionerlik jamiyati tarkibiy birlikka qarashli asosiy fond  

va mablaғlarni biriktiradi, ichki xo`jalik munosabatlarini amalga oshirish, tarkibiy  

birliklar o`rtasidagi munozaralarni  ҳal etish, shuningdek, ular o`z majburiyatlari  

bo`yicha javobgarlik tartibini belgilaydilar. Tarkibiy birlik qonunda belgilangan  

xuqqulari doirasida unga biriktirilgan mulkni tasarruf etadi, firma, A.J.lari nomidan  

boshqa tashkilotlar biln shartnomalar tuzadilar. Korxona, firma, aktsionerlar  

jamiyatlari tarkibiy birlikka o`z nomidan shartnoma tuzish va bu shartnoma 

bo`yicha javobgar bo`lish xuquqini beradi.  

Korxonani boshqarish korxona to`ғrisida qonunga asosan amalga oshiriladi. 

Bu qonunda ko`zda tutilgan tamoyillardan biri butun jamoaning  ҳamda uning  

tashkilotlari muҳim qarorlarni qabul qilish va uni bajarishni nazorat qilishda  

ishtirok etish yo`li bilan amalga oshiriladigan o`z-o`zini boshqarish tamoyilidir.  

Tashkiliy tuzilmalar turlari.  

Tashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil boғliqlikka ega  

va qonuniyatlarga bo`ysunadi.  

Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy turi chiziqli va funktsional  

turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funktsional tuzilmalar tarkib 

topadi.  

CHiziqli tuzilma uning quyi boshqaruv bo`ғinlari yuqori bosqichdagi raҳbarga  

bevosita bo`ysunushi bilan tavsiflanadi. CHiziqli tuzilmada  ҳar bir xodim bitta  

raҳbarga bo`ysunadi va yuqori tizim bilan faqat u orqali boғlangan bo`ladi. chiziqli  

tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli, kamxarjligidir.  Ґar bir raҳbar  


butun meҳnat jamoasi faoliyati natijalari bo`yicha javobgar. Bu strategik va joriy  

qarorlarni qabul qilish xuquqi markazlashishiga olib keladi.  

CHiziqli tuzilmalarni xal etiluvchi masalalar doirasi keng bo`lmagan, bu  

masalalar echilishi oson bo`lgan xollarda qo`llash maqsadga muvofiqdir. Sof ҳolda  

chiziqli boshqaruv juda kam, asosan, brigada, bo`lim, shirkat, kichik  korxonalarda  

qo`llaniladi.  

CHiziqli tuzilmaning asosiy kamchiligi bo`ғinlar koordinatsiyasi puxta  

bo`lmaydi. Raҳbar universal mutaxassis bo`lishi va unga bo`ysnuvchi barcha  

bo`ғinlar faoliyatining ҳamma tomonini qamrab olishi lozim.  

Funktsional tuzilma - boshqaruv vazifalarining funktsional bo`ғinlar va  

raҳbarlar o`rtasida taqsimlanishiga asoslanadi. U boshqaruv murakkablashuvi va  

ixtisoslashuv rivojlanishi bilan boғliq ҳolda vujudga kelgan.  

Funktsional tuzilmada boshqaruvchi ko`rsatmalar nisbatan malakali bo`ladi,  

lekin yakka boshchilik tamoyiliga rioya qilinmaydi. Funktsional bo`ғinlar soni  

ortishi bilan  ҳar bir bo`ғin mustaqil ravishda  ҳal etuvchi masalalar doirasi torayib  

boradi.  

Muammoning moҳiyati ҳar bir bo`ғin o`z masalasini birinchi navbatda ҳal  

qilishdan manfaatdor bo`lishida emas, balki bitta  ҳam bo`ғin bu masalani etarli  

darajada asoslangan ҳolda va to`ғri ҳal qila olmasligi, echimlar maydalashib, to`liq 

bo`lmay  

qolishidadir. Bu boshqaruvni marakkablashtirib, uning samaradorligini  

kamaytiradi.  

CHiziqli tuzilmani tashkil etish va fnukitsonal tuzilmaning kamchiliklari  

qo`shma, biriktirilgan tuzilmalar - chiziqli-shtabli, chiziqli-funktsional va boshqa  

tuzilmalar vujudga kelishiga sabab bo`ldi.  

CHiziqli-shtabli tuzilmada chiziqli tuzilma asos qilib olinadi, lekin  



boshqaruvning quyi bo`ғinga ega  ҳar bir bo`ғinida ayrim muҳim muammolar  

bo`yicha shtablar tuziladi. SHtablar malakali qarorlar tayyorlaydilar, lekin chiziqli  

tuzilma raҳbari tasdiqlab, quyi darajaga yuboradi. U shtab tavsiyalarini 

koordinatsiya  

qiladi, muvofiqlashtiradi va natijada boshqaruv sifati xshilanadi, lekin avzifalar  

miqdori ko`p bo`lsa.  

Lekin, vazifalar miqdori ko`p bo`lsa, chiziqli tuzilma raҳbari vazifalari  ҳam  

ortadi. SHu sababli, amaliyotda boshqa qo`shma tuzilmalar vujudga keldi. Ular  

orasida eng keng tarqalgani chiziqli-funktsional tuzilmadir.  

CHiziqli-funktsional strukturada, funktsional zvenolar quyi turgan  

bo`linmalarga o`zlari buyruq bera oladilar, lekin ular kompetentsiyasiga taaluqli  

bo`lgan aniq belgilangan savollar bo`yicha. Masalan, rejalashtirish - iqtisodiy  

bo`limi tsex boshliғiga rejalashtirishni rivojlantirish savollari bo`yicha buyruq  

berishi mumkin, Zavodnnig bosh buxgalteri esa tsexda xisob va xisobotni  

yaxshilash bo`yicha va x.k. CHiziqli funktsional strukturasining ustunligi uning 

boshqaruv  

prinsiplarini buyruq berishning yagonaligi prinsipi bilan uzviyligidadir. Lekin bu  

ustunlik strukturada aloqalarning murakkab tiplari mavjud: loyiҳa bo`yicha  

boshqarish; matritsali struktura va boshqalar.  

Loyiҳa bo`yicha boshqarish ishlab chiqarish texnologiyasining o`zgarishi  

bilan boғliq qayta qurishlar va yangi texnologiyalar kiritilishi zarur bo`lgan  

korxona va tashkilotlarda qo`llaniladi. Bunday qayta qurishni amalga oshirish  

uchun faqatgina shu loyixaga javob beruvchi boshqaruv organi tuziladi.  

Boshqaruvning loyiҳa bo`yicha organi vaqtinchalik tashkilot ҳisoblanadi. Unga  

yuklatilgan vazifalar amalga oshirilgandan so`ng u tugatiladi.  

Matritsali struktura chiziqli va loyiҳa bo`yicha boshqaruv strukturalarining  



birlashtirilishi natijasida quriladi. chiziqli boshqaruv prinsipi saqlanib qolinadi,  

loyiҳa bo`yicha boshqarishga mos ravishda esa mavzularni, ilmiy izlanishlar  

bo`yicha dasturlar, loyixalashtirish texnologik tayyorgarlik eksperimental ishlab  

chiqarish maҳsulotini tayyorlash, sotish va x.k.lar tashkil qilinadi.  

Boshqaruvni tashkil qilishning matritsali strukturasida loyixa yoki dastur  

raҳbarlarining faoliyati erkinligi ta`minlanadi, ular oldiga qo`yilgan masalalar  

maqsadli ҳal qilinadi. Ishni tashkil qilish bo`yicha raҳbarning ma`suliyati  

aniqlanadi, ularning bajarilish muddati, yakuniy natijalar bo`yicha raҳbarning  

ma`suliyati aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv apparatini  

belgilangan darajada qisqartirishga, boshqaruvning ҳar-xil darajalari va ҳar bir  

zveno chegarasida aloxida darajalarning vazifalari va funksiyalarini aniq ajratish, 

 xalq xo`jaligi, korxonalar (firmalar) tarmoqlarining xo`jalik mustaqilligini  

ta`minlashga imkon beradigan yangi tashkiliy strukturalar tuziladi.  

Tashkiliy strukturalarni loyiҳalashtirish.  

 Menejmentning tashkiliy strukturalarini tashkil qilish ishlab chiqarishni  

tashkil  qilish va tipiga eng yaxshi mos keluvchi boshqaruv apparatini yaratishdan 

va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning  ҳar bir zvenosining ishlab  

chiqarish-texnik, xo`jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo`yicha  

hamma funksiyalarni bajarilishining zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu  

muammolarning echimi boshqaruvni  

isloҳ qilish boshqaruv ishlari va funksiyalarini ratsional taqsimlash boshqaruvning  

aniq maqsad va vazifalarini belgilash bo`yicha bir qator tadbirlarni o`tkazish orqali  

amalga oshiriladi.  

 Maqsad boshqaruv nazariyasining asosiy kategoriyalardan biri  ҳisoblanadi.  

Boshqaruv maqsadlarini shakllantirish boshqaruvning boshlanғich, unga erishish 

esa yakuniy bosqich  ҳisoblanadi. Boshqarish maqsadi boshqaruv ob`ekti va uning  



aloҳida parametrlarining istalgan xolatidir. Aniq bir korxona uchun boshqaruv  

maqsadi aniq bir maxsulot turini eng kam resurslar xarajatini sarflagan ҳolda  

kerakli miqdorda va yuqori sifatda chiqarishdan iborat.  

 Maqsadli yondashuv boshqaruv organlari ishining kollektiv oldiga qo`ygan  

maqsadlariga erishishga bo`ysunishni talab qiladi. Boshqaruvning  ҳar bir tagtizimi  

o`zining maqsadlari (tashkiliy, iqtisodiy, marketing, texnik, ijtimoiy)ga ega,  

shuning uchun maqsadlarning mos kelishi muammosi yuzaga keldi 

. Boshqaruvning  ҳar xil darajalari umumiy maqsadga javob berishlari, bir-birini 

to`ldirib turishi zarur.  

Maqsadlarni tartiblashni usullaridan biri  maqsadlar daraxtini tuzish  

ҳisoblanadi.  

Maqsadlar va ularga erishish vositalari o`rtasidagi aloqalarning grafik tasviri.  

Umumiy maqsadga erishish uchun asosiy maqsadga erishish kerak, asosiy  

maqsadga erishish uchun esa, birinchi darajaning maqsadiga erishish kerak va x.k.  

Davlat masalalarini bajarishning maqsadi aniqlovchi ҳisoblanadi, u ilmiy texnik,  

ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlar bilan uzviy boғliq.  

Maqsadli yondashuv boshqaruvning zamonaviy strukturasiga o`tishga imkon  

beradi. Bu maqsadlar, maqsad osti va rivojlanish masalalari tarkibini va  

loyixalashtirayotgan boshqaruv ob`ektini faoliyat yurgizishni ishlab chiqsin.  

Maqsadlar daraxtini qurishda uning sifat va miqdor tavsifini to`ғri aniqlash  

muҳimdir. Sifat tavsifi boshqaruv funksiyalarining namoyon bo`lishining asosi  

ҳisoblanadi, sifat tavsifi esa strukturali bo`linmalar (bo`lim, tsex va x.k.) turining  

asosi bo`lib xizmat qiladi. loyixalashtirilayotgan tashkiliy struktura sistemasi  

elementalari oldida turgan maqsad va vazifalar raҳbarlar va mutaxassislar tarkibini  

asoslashga imkon beradi, vazifalar nomenklaturasi esa strukturali bo`linmalar  

ҳodimlari o`rtasidagi vazifalar taqsimlanishidir.  



Tashkiliy strukturani loyixalashtirishning mustaqil metodi bo`lib tashkiliy- 

iqtisodiy modellashtirish ҳisoblanadi. Uning asosida ijro etuvchilarning vakolatlari 

va ma`suliyatining taqsimotining grafik, matematik, maketli-devoriy tasviri yotadi.  

Boshqaruv tashkiliy strukturasini shakllantirishda boshqaruv poғonalari va  

zvenolari soni, chiziqli va funktsional boshqaruvning markazlashuvi darajasi,  

boshqaruv bo`limi va funksiyalari tarkibi, bitta raҳbarga to`ғri keladigan  

bo`ysunuvchilar sonini asoslash zarur. Boshqaruv sistemasida poғonalar qancha 

 ko`p bo`lsa buyruqni yuqoridan pastga va axborotni pastdan yuqoriga uzatish  

shuncha qiyin bo`ladi. Buyruqni va axborotni uzatish jarayonida buzilishning xavfi  

shunchalik yuqori bo`ladi. SHuning uchun boshqaruv tashkiliy strukturasini  

loyixalashtirish va mukammallashtirishda boshqaruv poғonalari soni optimal  

bo`lishiga intilish zarurdir. Har qanday tashkiliy strukturaning sifati uning  

shakllantirishda quyidagilarga qanchalik amal qilingani bilan aniqlanadi:  

–  sistemali yondashuv, ya`ni boshqaruv ob`ekti va organiga ta`sir qiluvchi iloji  

boricha ҳamma faktorlarni ҳisobga olish;  

–  boshqaruv markazlashuvi va birlamchi zvenolar mustaqilligining optimal  

birligi;  

–  oliy raҳbarlar to`ғridan-to`ғri ijro etuvchiga axborotni borishi va vaqtning  

maksimal qisqarishi;  

–  loyixalashtirilayotgan strukturada  ҳar bir tarkibiy qismning funksiyasi  

vazifasi va xuquqini to`ғri aniqlash;  

–  boshqaruv sistemasidagi o`zgarishlarga javob qaytarishning imkoniyati;  

–  ҳar bir aniq xolat bo`yicha qaysi bo`linmada axborot ko`p bo`lsa shu savolni  

echish bo`yicha bo`linmaga vakolat berish.  

Boshqaruv apparati strukturasiga asosiy talab uning operativligidadir.  

Apparat strukturasi shunchalik darajada egiluvchan va oddiy bo`lishi kerakki  



boshqaruv sistemasida qaror qabul qilish va uni amalga oshirish kerak. Operativlik  

bilan faoliyat yurgizishning ishonchliligiga boғliqdir. Bu degani boshqaruv  

apparati axborot uzatishning to`ғriligiga kafolat berish uzatilayotgan  

ma`lumotlarning buzilishiga yo`l qo`ymasligi kerak, boshqaruv sistemasida  

aloqaninguzluksizligini ta`minlash kerak.  

Apparat strukturasi boshqaruv iqtisodini ta`minlashi kerak. Buning ma`nosi  

shundaki, boshqaruvdan keladigan samara boshqaruv apparatiga bo`lgan  

xarajatlarning minimalligi orqali erishilsin.  

Apparat strukturasiga ishlab chiqarish xarakterining o`zi, uning tarmoqli  

xususiyatlari (ishlab chiqarilayotgan maҳsulot tarkibi, tayyorlash texnologiyasi,  

ishlab chiqarish masshtabi va tipi, texnik jixozlanganlik va meҳnat jarayoni 

 darajasi va boshqalar), shuningdek boshqaruv ishining mexanizatsiyalanganligi va  

avtomattlashganligi darajasi ishchilar malakasi, ular meҳnatining samaradorligi  

bo`ysunuvchilar soni va boshqaruvchi tomonidan ularni nazorat qila olish  

imkoniyatlari o`rtasidagi boғliqlik ta`sir ko`rsatadi.  

SHunday qilib, tashkiliy tarkibga umumiy tavsif berib, uning aҳamiyatini  

belgilovchi bir necha kiidalarni ajratib ko`rsatish mumkin:  

1. Firmaning tashkil tarkibi menejmentning barcha avzifalarini muvofiklashuvini  

taҳminlaydi.  

2. Tashkiliy tarkib boshqaruv saviyasining huquq va javobgarliklarini anik 

belgilaydi.  

3. Tashkiliy tarkibga firmaning samarali faoliyati, uning davomiy rivojlanishi  

bevosita boshlikning vazifasidir.  

4. Firmada kabul uilingan tartib xizmatchilarining tashkiliy axloklarini belgilaydi  

shu bilan menejmentning uslubi va jamoaning sifatini aniklaydi.  

    Tashkiliy tarkiblar kup sonli tur va shakllarga ega.  



- Gorizontal turkumlanishining yukori darajali boskichi.  

- Mustaxkam munosabatlarga ko`ra aloqa.  

- CHeklangan majburiyatlar.  

- Rasmiyatchilikning yukori darajasi.  

- Rasmiylashgan aloqa yo`llarining shakllari.  

Markazlashgan qaror kabul qilish.  

- Tengsiz taksimlanishining kuyi boskichi (vertikal va gorizontal buyicha) 

ҳamkorlik.  

- Soddalashtirilgan majburiyatlar (zarurati bulgan sari).  

- SHakllanishning kuyi boskichi.  

- Norasmiy aloqa yo`llari.  

- Qaror kabul qilishning nomarkazlashuvi.  

     Biz ularni keyingi mavzularda batafsil ko`rib chiqamiz. Fakat ikkita 

umumlashgan  

tashkiliy tarkibning turkumlashuviga tuxtab utamiz.  

     Birinchi bulinish: rasmiy va norasmy tashkiliy tarkib. Firmaning rasmiy 

tashkiliy  

tarkibi - bu oliy menejment tomonidan zaruriy tashkily bir qaror va vakolatlari  

taksimlash yo`li bilan tanlangan va o`rnatilgan asosiy tarkibidir.  

 Norasmiy tarkib -  bu qaror va buyruklarga buysunamaydi. Uning jamoa  

a`zolari urtasidagi munosabatlari, (dunega keladi) ularning dune qarashlarining  

qarama-qarshiligi yoki maqsadlarining birligi asosida dunega keladi. Norasmiy 

tarkib  

shaxslar orasidagi munosabatni rasmiy tarkib doirasida aks ettirilishidir. Ushbu  

kullanmada fakat rasmiy tashkiliy tarkib ukib urganiladi.  

 Tashkiliy tarkibning  rasmiy turida mukammalrok tuxtalib utamiz.  

Boshqaruvning mexanik va tashkiliy tarkibi mavjud. Xar xil darajadagi aniklangan  


barcha Ma`lum boshqaruv tarkiblarning keltirilgan nomi biror turga kiritilishi  

mumkin. Bu kabi taksimlash asosida tashkiliy tarkibning ichki qismlarini inobatga  

olib ular asosida ko`rilish moxiyatini aniklash mumkin bo`ladi. Bu tomonga 

tashkiliy tarkib quyidagi uchta qismning birlashuvi kabi aniklanadi: murakkablik, 

rasmiylik va markazlanish.  

  

Birinchi qism -  murakkablik, -  xar xil turdagi boshqaruv faoliyatini bir  



tyokis  taksimlamaslik darajasini bildiradi, shu jumladan, uning vazifalarini ҳam.  

Notekis taksimlanish qanchalik yukori darajada bulsa, firmaning tashkiliy tarkibi  

shunchalik murakkab bo`ladi.  

 Ikkinchi qism - rasmiyatchilik,-boshqaruv qoida va muolajalarining bir  

turdagi darajasi bilan aniklanadi. Tarkib shunchalik rasmiylashgan bo`ladi, 

 kachonki unda yukori o`rnatilgan kup sonli qoida va muolajalar xukm sursa.  

  

Uchinchi ko`rsatkich -firmaning tashkiliy tarkibi,- bu boshqarishning  



markazlanish darajasidir. Umenejmentning qaysi saviyasida qarorlar kabul 

kilinishiga boglik.  

 Amaliyotda ko`rsatilgan qismlarning bir necha birlashish turlari mavjud bulishi  

mumkin, ular turli-tuman Ma`lum boshqaruv tarkibini yuzaga keltiradi. Masalan,  

katta korporatsiyada murakkablikni erkin ko`rinishiga  ega bulgan tarkib yoki  

boshqaruvning kattik shakli bulishi mumkin. (Markazlashuvining yukori darajasi).  

Aksincha o’ta oddiy tashkiliy tarkiblar, ostidagilarining erkin faoliyat shakllari 

bilan.  


  

Ularning barchasi ko`rsatilgan qismlarning nomoen bulish darajasi asosida  

ikkita guruxga bulinadi - mexanik va organik tarkibga.  

 Mexanik tashkiliy tarkib  kup sonli bulinmalar (vertikal buyicha) xisobiga  

murakkablik; (bilan tavsiflanadi) rasmiylikni yukori darajasi cheklangan axborot  

tarmogi, boshqaruvning barcha xodimlarini qarorlar kabul kilinishda kuyi saviyasi  

bilan tavsiflanadi.  


 Organik tarkib - ayniksa, oddiyrok, keng axborot tarmogiga ega va kamrok  

rasmiylashgan. Bu tarkibda boshqaruv nomarkazlashgan.  

 YUkori berilgan chizma va tavsiflar ko`rib chikilaetgan turdagi tarkiblarni  

qarama-qarshi moxiyatni ochik-oydin namoyish etadi.  

 SHunday kilib, mexanik tarkib kattik ierarxik yoki piramida boshqaruvi  

sifatida namoen va unga nisbatan aksincha, organik tarkib boshqaruvining  

egiluvchan va kunikuvchan shaklidir. Uning uchun boshqaruvni kam sonli  

saviyasi, koyidalar va tavsifnomalar, past saviyalarda qaror kabul qilishda katta  

erkinlik tavsiflidir. Organik tarkib boshqaruvida munosabatlarning shakli va usuli 

sherikchilik, munozaralik (mexanik tarkibda bu qaror va tavsifnomalar), 

menejerlik korpusidagi umum ta’lim tayyorgarligining yukori darajadaligi.  

 Adabiyotlarda mexanik tartib uchun yana bir termin (atama) mavjud - bu  

byurokratiklik. Tabiiyki, u uziga tula tuplam, salbiy tavsiflarni uz ichiga olmaydi.  

Ma`lumki, nemets sotsiologi M. Veber uz kulezmalarini menejmentning bu 

modeliga  

bagishlangan. (XXasr boshlarida), chunki u buni mukammal deb xisoblangan edi.  

U quyidagi uchta maqsadda ishlagan edi:  

 1.Isteҳmolchining talabini kondirish uchun.  

 2.Isteҳmolchiga teng sharoit yaratish uchun.  

 3.Boshqaruv qarorlarini foydaliligini va samaradorligini oshirish uchun.  

 M. Veber va uning shogirdlari kuyilgan maqsadga u yoki bu raxbarni qaror  

kabul qilishda shaxsiylik ta`sirini eng kam mikdoriga etkazish xisobiga erishiladi, 

deb bilar edilar.  

 Mukammal yoki demokratik tarkib - bu Veber tomonidan taklif kilingan,  

sungra nafakat ishlab chiqarishda, balki jamoa tashkilotlariga keng tarkaldi va uz  

tarkibiga quyidagi tavsiflarni oladi: mexnatni ixtisoslashuvi, kul ostidagilarni  

mansabiga qarab buysunishi, anik belgilangan majburiyatlar va javobgarliklar,  


o`rnatilgan tartib va muolajalar tizimining munosabatlarini egasizlantirmok, xizmat  

zinasidan xizmatchining malaka asosida kutarilishi, xokimlikni markazlashishi,  

ezma xisobotlar. Ko`rinib turibdiki, tashkilotni byurokratik tarkibining  ҳamma  

belgilari yukorida keltirilgan boshqaruvning mexanik tarkibining tavsifiga tugri 

keladi.  

Menejmentda bu model yarim asrdan kup davrida ustuvorlik kilib kelgan. 

YAqin- 

yaqinlargacha, keng tarkalgan firmalarning tashkiliy tartib turlarini kup yoki oz  



darajada u uzida birlashtirilgan: vazifaviy, muntazam, muntazam-shtabli, 

divizional.  

Bu tarkiblar jamiyatning industrial tarakkietini jonlantirib ko`rsatadi.  

 Ammo sungi ikki un yillikda tarakkiet topgan davlatlarni jamoat ishlab  

chiqarishlari yangi, axborotli boskichga kadam kuydi va Garbiy menejment uz  

tarkibini sezilarli darajada kayta ko`ra boshladi, bu kabi kayta kurashlar sifat  

tavsifiga egadirlar. Kuplab firma va korporatsiyalar kuchayib ketgan rakobat  

kurashi sharoitida yashash kobiliyatini saklab kolish uchun uz strategiyasini va 

tarkibini uzgartiradilar.  

Kuprok dikkat eҳtiborga organik tarkib tugri egalik kilmokda. Bu matrik, 

dasturli -  

maqsadli, loyixali, yangi boshqaruv modellari - venchurli, innovatsion, brigadali va  

boshkalar. Xar ikki turdagi tashkiliy tarkibni taxliliga natija yasab, ya`ni mexanik  

va organik tarkiblarini bitta eng muxim bulinish nomida aks etgan asosini ajratib  

ko`rsatish mumkin, - bu ularning xarakat prinsipidir. Mexanik tarkiblar yaxshi  

ishlaetgan mashinada mexanizmga uxshab ishlaydi. Boshka turdagi tarkib,  

"organik" degan nomini tirik materiya kletka faoliyatiga uxshashligidir.  

Mashinaning ishi qanchalik samarali bulmasin, tirik kletka faoliyati xech kanday  

gumon yukki, maxsuldordir. SHuning uchun organik  tarkiblarni firma faoliyatiga 


 kirgizish muammolariga zamonaviy menejerlar katta eҳtibor qaratmokdalar.  

Boshqaruvi norasmiy tarkibga ega tashkilotlar uz xizmatchilariga katta erkinliklar 

 yaratadilar, shunday ekan, xar bir inson uzi uchun kerakli axlok tanlashda katta  

imkoniyatga egadir.  

  

Mexanik turdagi tashkiliy tarkibni katta qismini ikki toifaga bulish mumkin:  



vazifaviy va divizional tarkibiga.  

 Vazifaviy tarkib eskidan tanish va kuprok ishlatilib kelingan tarkibdir. Uni  

ananaviy yoki klassik deb aytadilar. Bu turdagi tarkib boshqaruvni  

departamentlashtirish (taksimlash) natijasida kelib chikkandir. Uni elementlarga  

(bo`limlar), ya`ni ularning xar biri boshqaruvda uzining anik vazifasiga ega, uziga  

buyurilgan vazifani bajaradi. Vazifaviy tarkib boshqaruvning ustuvorligi  

quyidagilardan iborat:  

 1. Bu kabi tarkib ishbilarmonlik va mutaxassislik ixtisoslashuvini  

ragbatlantiradi. Masalan, Marketing buyicha bu soxadagi mutaxassis ishini oliy  

raxbarlikka qaraganda yaxshi bajaradi.  

 2. Vazifaviy soxalarning muvofiklashuvini yaxshilaydi. Xizmatchilar bu  

tizimda uzi kunikadilar.  

3.Xarakatlarning takrorlashishini pasaytiradi yoki butunlay bartaraf kiladi va  

materiallar resurslar sarfini kamaytiradi.  

   Vazifaviy tarkibning kamchiliklari:  

 1. Vazifaviy bo`limlar uz faoliyati davomida firmaning umumiy maqsadidan  

chetlashishlari mumkin, chunki ular uzlarining ichki masalalarini amalga 

oshirishga  

kizikadilar. Bu esa bo`limlar orasida o`zaro kelishmovchilikni keltirib chiqaradilar.  

 2. Katta tashkilotlarda buyruklar zanjiri (tizimi) raxbardan to bajaruvchiga etib  

kelguncha ancha uzok vakt ketadi va shu sababli samarasiz bulib koladi.  


 3. Bo`limlardan birortasi  ҳam tashkilotning ish natijalariga qarab javob  

bermaydi.  

 Tashkilotni turiga qarab (ishlab chiqarish, savdo va boshkalar) vazifa  

bajaruvchi bo`limlar uzlarining maҳnaviy tomonlariga qarab xar turli bulishlari  

mumkin 

 

              



 

 

 

 



 

 

 



  

Adabiyotlar : 

 

1.  G’ulomov S.S.  “ Menejment asoslari”   O’quv qo’llanma.   



 – T.: ToshDIU, 2006 yil.   

2.  Sharifxo’jaev M, Abdullaev Y. “ Menejment”. Darslik – T.:  

O’qituvchi. 2002 yil.  

3.  Kosimov F.M. “Menejment”: Oliy o’quv yurtlari uchun 

darslik  T.: O’zbekiston, 2002 yil. 

4.Abdullayev Y.  To’laganova Sh.  “Menejment va marketing 



asoslari”   T.: TMI  2006 yil. 

 

Download 381.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling