Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Download 381.6 Kb. Pdf ko'rish
|
boshqarishning tashkiliy strukturasi usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kasb ta’limi” fakulteti KTI – 292 guruh talabasi Jo’rayev Abbosning MAVZU: “
- mavzusida REFERAT
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI “Kasb ta’limi” fakulteti KTI – 292 guruh talabasi Jo’rayev Abbosning MAVZU: “ Boshqarishning tashkiliy strukturasi, usullari” mavzusida REFERAT QARSHI -2015 Boshqarishning tashkiliy strukturasi, usullari. Reja:
1. Boshqarishning umumdavlat maxalliy, tarmoq va o`z-o`zini boshqarish organlari 2. Menejmentning tashkiliy tarkiblarini tanlash va takomillashtirish. 3. Vazifaviy va divizional tarkiblar. 4. Muntazam va muntazam- shtabli tashkiliy tarkib. 5. Loyihali va matritsali tashkiliy tarkiblar. Adabiyotlar ro’yxati.
"Tarkib" so`zi elementlar birlashuvini, ular orasidagi o`zaro munosabat va aloqalarni bir butun tizim ekanligini anglatadi . Menejmentning tashkiliy tarkibi deb boshqaruv idoralarining birlashuvini, ular orasidagi o`zaro tizimlarni, firmaning oldiga qo`ygan maqsadiga erishishdagi zaruriy boshqaruv vazifalarni bajarilishini taҳminlovchi, deb belgilash mumkin. SHunday qilib, menejmentning tashkiliy tarkibi quyidagi bir kator shartlardan kelib chiqadi: korxonalarning maqsad va vazifalari, ishlab chiqarish va boshqaruv vazifalari, ichki va tashki muxit omillari. Boshqaruv tarkibidagi quyidagi elementlar aloxida ajratib ko`rsatiladi: zvenolar (buginlar), saviyalar (boshqaruv darajasi) va aloqalar - gorizontal va vertikal. Menejmentning nomlari tilga olingan tashkiliy tarkib elementlari bir-biri bilan o`zaro
boғlangandir. Qisqacha ularning aniq tushunchasini aloxida ko`rib chiqamiz: Zveno yoki boshqaruv bo`limi - bu tashkilotning aloxida yoki erkin boshqaruv idorasidir. Uning shakllanishining asosiy vazifasi bo`limining Ma`lum bir vazifasini bajarishdir. Bo`limlar orasida o`rnatilgan aloqa gorizontal tavsifga ega. Menejment saviyasining bir guruh bo`limlarni boshqaruv ierarxiyasida Ma`lum
darajani egallash, deb qarash mumkin. Tarkib inson va materiallar resurslarini, ularning o`zaro munosabatlarini tarkibga solib birlashtiradi. Barcha tarkiblar, ularning o`lchovlaridan katҳiy nazar, yana bir umumiy xususiyatga ega: ular firmaning maqsadiga erishishi uchun shakllantiradi. Ammo xar boshqaruv tarkibi uziga xos xususiyatga ega, ular Ma`lum darajada odamlar faoliyatining samaradorligiga ta`sir ko`rsatadi. Xar bir ish beraetgan firma uchun tarkibni tashkil qilish, uning faoliyatini yuksaltirishda muxim element xisoblanadi. Barcha tashkil tarkib majmuasi samarali shakllanish usulini tanlash menejment korpusining faoliyatida xaetiy va zarur element xisoblanadi. Agar bu masala rivojlanaetgan firma firma yoki korporatsiyalarga tegishli bulsa, ҳam, koyida buyicha, bu kabi korporatsiyalarda vazifa bajarilishida oz bulsada tarkibini kayta tashkil qilish masalasini echiladi. Garbiy menjmentning tashkiliy axlok nuktai nazariga asoslangan nazariyasida firmaning tarkibiga muxim omil sifatida qaraladi va barcha jamoa yoki uning xar bir
a`zosining axlokinialoxida ko`rib chikiladi. Bu nazarda tashkiliy tarkibga quyidagi boshqaruv tushunchalari kiritiladi: javobgarlik va huquqka egalik nisbati, huquqka egalik vakilligi, markazlashtirish va nomarkazlashtirish, javobgarlik va nazoratning boshqaruvchanlik meҳeri, firmaning tashkiliy siesati, boshqaruv qarorlarining modellari, umumiy va yakka tartibdagi topshiriklarni loyixalashtirish va boshkalar. Bu erda asosan menejmentni maҳnaviy tarkibi xakida aloxida so`z boradi: U kanday maqsadlarga xizmat kiladi va kanday boshqaruv jaraenlarini amalga oshiradi? Menejment tashkiliy tuzilishi xaqida tushuncha. Menejmentning tarkibiy tuzilishi deganda boshqaruv bo`ғinlari va bosqichlari miqdori va tarkibi tushuniladi. Menejment tashkiliy tuzilishining oddiy va tushunarli bo`lishi uning ish qobiliyati yuqori bo`lishini kafolatlaydi, ya`ni boshqaruv tashkiliy tuzilmasida bosqich va bo`ғinlar qancha kam bo`lsa, boshqaruv shunchalik samarali bo`ladi.
Boshqaruv bo`ғinlari - bu bitta yoki bir-qancha vazifalarni bajaruvchi mustaqil tarkibiy unsurlardir. Tuzilma elementlari, ularning bo`linmalari va boshqaruv apparatida ishlovchilardir. Boshqaruv bosqichlari - bu boshqarish biror darajasidagi ma`lum bo`ғinlar yiғindisidir. SHu belgisiga ko`ra boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari - ko`p bosqichli (ko`p bo`ғinli), uch, ikki bosqichli (bo`ғinli) bo`ladi. Bosqichlar va bo`ғinlar o`rtasidagi alqa vertikal va gorizontal bo`lishi mumkin. Vertikal bo`ғinlar raҳbarlarning ularga bo`ysunuvchilar o`rtasidagi munosabatlarni, gorizontal aloqalar boshqaruvning teng xuquqli bo`ғin va unsurlari o`rtasidagi munosabatlarni bildiradi. Iqtisodiyotn boshqaruv tashkilotlari yuqori, quyi, teng xuquqli tashkilotlarga bo`linadi. YUqori tashkilotlar respublika va tarmoq boshqaruv tashkilotlariga ajratiladi. Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari ishlab chiqarishning turli tarmoqlarini birlashtiradilar. Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari Respublika Konstitutsiyasiga asoslangan ҳolda faoliyat yuritadi. Xalq xo`jaligini bshqarishning umumdavlat tashkilotlari qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tashkilotlariga bo`linadi. Qonun chiqaruvchi oliy tashkilot - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. U xo`jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonun, qonuniy aktlarni tasdiqlaydi. Davlat rejalari va byudjetining bajarilishi xaqida xisobotni muҳokama qilib tasdiqlaydi, iqtisodiyotni boshqarishning ijroiya tashkilotlarini shakllantiradi. Xalq xo`jaligini boshqarishning ijroiya tashkilotlariga umumiy, tarmoq va maxsus vakolatga ega tashkilotlar kiradi. Umumiy vakolatga ega ijroiya
tashkilotlariga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasi, Qoraqalpoғiston Respublikasi Vazirlar maҳkamasi va xokimiyatlar kiradi. Maxsus vakolatli tashkilotlar tarmoqlararo xususiyatga ega vazifalarni bajaradilar. Ular qatoriga Davlat qo`mitalarini kiritish mumkin. Umumdavlat boshqaruvi tashkilotlarining asosiy vazifalari: FTTning asosiy yo`nalishlarini belgilash, tabiiy muҳitni muxofaza qilish, pul va rkedit tizimiga raҳbarlik qilish, soliq va daromadlarni belgilash, xisob va statistikani tashkil etish, narx, tariflar belgilash, xalq xo`jaligi tarmoqlariga raҳbarlik qilish kiradi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasining doimiy ish yurituvchi tashkilotlari faoliyati tarmoqlararo ilmiy-texnikaviy ishlarga raҳbarlik qilish, fan- texnika soҳasida tanlov, ko`ngilli asosda ishlarni tashkil etish kabi vazifalarni bajaradi. Respublika tovar birjalarining asosiy vazifasi korxonalar bilan ҳamkorlikda mintaqada moddiy texnikaviy ta`minotning barqaror va samarali tizimini tashkil etish, iste`molli va ishlab chiqaruvchilar o`rtasida barqaror mintaqaviy aloqalarni o`rnatish, maҳsulot etkazib berishni nazorat qilish, korxonalarga ularni moddiy texnikaviy ta`minlashda ko`mak berishdan iboratdir. Moddiy-texnikaviy ta`minot tashkilotlari xo`jalik xisobi asosida ishlab chiqarish vositalarini sotishning ko`p tarmoqli savdoni ta`minlash va moddiy resurslardan maqbul foydalanishga raҳbarlik qiladilar. Moliya vazirligi va uning joylardagi tashkilotlari davlat va korxonalar manfaatlarini ximoya etishga asoslangan butunlay yangi moliyaviy siyosatni amalga oshiradi, xo`jalik yuritish samaradorliginiso`m bilan nazorat etishni ta`minlaydi, shirkat va individual meҳnat faoliyatini moliya-kredit vositasida tartibga solish bo`yicha choralarni belgilaydi, aҳoli daromadlaridan soliq olish, bozor iqtisodiyotiga
mos ish usullari va shakllarini joriy etadi, byudjet tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini o`zgartiradi, uni iqtisodiy meyor va normativlar asosida tashkil etadi, ish sifatini oshirishni iqtisodiy raғbatlantirish va ajratilgan mablaғlardan maqbul ravishda foydalanishni iqtisodiy raғbatlantirish usullarini keng qo`llashni ta`minlaydi. Respublika Markaziy banki iqtisodiyotdagi barcha kredit va xisob kitob munosabatlarini tashkil etuvchi va tartibga soluvchi bosh bankdir. Tijorat banklari tizimi faoliyati to`liq xo`jalik xisobi va o`z-o`zini moliya bilan ta`minlashi asosiga o`tkaziladi. Meҳnat va ijtimoiy masalalar bilan shuғullanuvchi davlat tashkilotlari va ularning joylardagi bo`linmalari to`li bandlikni, band bo`lmagan meҳnat resurslarini qayta tayyorlash va kasb o`rgatish, kadrlarga bo`lgan talabni qondirishni ta`minlaydilar. Respublika vazriliklari respublika xududidagi kontsernlar tarmoqlarni boshqarishni amalga oshiradilar. Tarmoqni boshqarish tizimiga yakka raҳbarlik asosida ish yurituvchi vazir boshchilik qiladi. U qo`l ostidagi vazirlik va unga qarashli korxonalar faoliyatiga shaxsan javobgardir. Ґar bir vazirlikda vazir tarmoqni boshqarishning muҳim masalalarini kollegial ravishda ko`rib chiqish v amalga oshirishga imkon beruvchi maslaҳat tashkilotlari tashkil etiladi. Bosh maslaҳat beruvchi tashkilot - kollegiya bo`lib, uning tarkibiga vazir o`rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, korxonalar raҳbarlari kiradi. Xalq xo`jaligi tarmoғi tarkibida ҳam davlat, ҳam xususiy korxona, firma, aktsioner jamiyatlari faoliyat yuritadi. Korxona, firma, aktsionerlar jamiyatlari fan- texnika saloҳiyatidagi samarali foydalanish, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va uyғunlashtirish va uyғunlashtirish asosida maҳsulot ishlab chiqarish maqsadida tashkil etiladi. Ular xo`jalik xisobi asosida sanoat, qurilish, transport, savdo va boshqa soҳalarda faoliyat yurituvchi tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Tarkibiy qism bankda aloҳida balans va xisob raqamiga ega bo`lishi va ijara pudrati bo`yicha, xususiy soҳada ish yuritishi mumkin. Korxona, firma, aktsionerlik jamiyati tarkibiy birlikka qarashli asosiy fond va mablaғlarni biriktiradi, ichki xo`jalik munosabatlarini amalga oshirish, tarkibiy birliklar o`rtasidagi munozaralarni ҳal etish, shuningdek, ular o`z majburiyatlari bo`yicha javobgarlik tartibini belgilaydilar. Tarkibiy birlik qonunda belgilangan xuqqulari doirasida unga biriktirilgan mulkni tasarruf etadi, firma, A.J.lari nomidan boshqa tashkilotlar biln shartnomalar tuzadilar. Korxona, firma, aktsionerlar jamiyatlari tarkibiy birlikka o`z nomidan shartnoma tuzish va bu shartnoma bo`yicha javobgar bo`lish xuquqini beradi. Korxonani boshqarish korxona to`ғrisida qonunga asosan amalga oshiriladi. Bu qonunda ko`zda tutilgan tamoyillardan biri butun jamoaning ҳamda uning tashkilotlari muҳim qarorlarni qabul qilish va uni bajarishni nazorat qilishda ishtirok etish yo`li bilan amalga oshiriladigan o`z-o`zini boshqarish tamoyilidir. Tashkiliy tuzilmalar turlari. Tashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil boғliqlikka ega va qonuniyatlarga bo`ysunadi. Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy turi chiziqli va funktsional turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funktsional tuzilmalar tarkib topadi. CHiziqli tuzilma uning quyi boshqaruv bo`ғinlari yuqori bosqichdagi raҳbarga bevosita bo`ysunushi bilan tavsiflanadi. CHiziqli tuzilmada ҳar bir xodim bitta raҳbarga bo`ysunadi va yuqori tizim bilan faqat u orqali boғlangan bo`ladi. chiziqli tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli, kamxarjligidir. Ґar bir raҳbar
butun meҳnat jamoasi faoliyati natijalari bo`yicha javobgar. Bu strategik va joriy qarorlarni qabul qilish xuquqi markazlashishiga olib keladi. CHiziqli tuzilmalarni xal etiluvchi masalalar doirasi keng bo`lmagan, bu masalalar echilishi oson bo`lgan xollarda qo`llash maqsadga muvofiqdir. Sof ҳolda chiziqli boshqaruv juda kam, asosan, brigada, bo`lim, shirkat, kichik korxonalarda qo`llaniladi. CHiziqli tuzilmaning asosiy kamchiligi bo`ғinlar koordinatsiyasi puxta bo`lmaydi. Raҳbar universal mutaxassis bo`lishi va unga bo`ysnuvchi barcha bo`ғinlar faoliyatining ҳamma tomonini qamrab olishi lozim. Funktsional tuzilma - boshqaruv vazifalarining funktsional bo`ғinlar va raҳbarlar o`rtasida taqsimlanishiga asoslanadi. U boshqaruv murakkablashuvi va ixtisoslashuv rivojlanishi bilan boғliq ҳolda vujudga kelgan. Funktsional tuzilmada boshqaruvchi ko`rsatmalar nisbatan malakali bo`ladi, lekin yakka boshchilik tamoyiliga rioya qilinmaydi. Funktsional bo`ғinlar soni ortishi bilan ҳar bir bo`ғin mustaqil ravishda ҳal etuvchi masalalar doirasi torayib boradi. Muammoning moҳiyati ҳar bir bo`ғin o`z masalasini birinchi navbatda ҳal qilishdan manfaatdor bo`lishida emas, balki bitta ҳam bo`ғin bu masalani etarli darajada asoslangan ҳolda va to`ғri ҳal qila olmasligi, echimlar maydalashib, to`liq bo`lmay qolishidadir. Bu boshqaruvni marakkablashtirib, uning samaradorligini kamaytiradi. CHiziqli tuzilmani tashkil etish va fnukitsonal tuzilmaning kamchiliklari qo`shma, biriktirilgan tuzilmalar - chiziqli-shtabli, chiziqli-funktsional va boshqa tuzilmalar vujudga kelishiga sabab bo`ldi. CHiziqli-shtabli tuzilmada chiziqli tuzilma asos qilib olinadi, lekin boshqaruvning quyi bo`ғinga ega ҳar bir bo`ғinida ayrim muҳim muammolar bo`yicha shtablar tuziladi. SHtablar malakali qarorlar tayyorlaydilar, lekin chiziqli tuzilma raҳbari tasdiqlab, quyi darajaga yuboradi. U shtab tavsiyalarini koordinatsiya qiladi, muvofiqlashtiradi va natijada boshqaruv sifati xshilanadi, lekin avzifalar miqdori ko`p bo`lsa. Lekin, vazifalar miqdori ko`p bo`lsa, chiziqli tuzilma raҳbari vazifalari ҳam ortadi. SHu sababli, amaliyotda boshqa qo`shma tuzilmalar vujudga keldi. Ular orasida eng keng tarqalgani chiziqli-funktsional tuzilmadir. CHiziqli-funktsional strukturada, funktsional zvenolar quyi turgan bo`linmalarga o`zlari buyruq bera oladilar, lekin ular kompetentsiyasiga taaluqli bo`lgan aniq belgilangan savollar bo`yicha. Masalan, rejalashtirish - iqtisodiy bo`limi tsex boshliғiga rejalashtirishni rivojlantirish savollari bo`yicha buyruq berishi mumkin, Zavodnnig bosh buxgalteri esa tsexda xisob va xisobotni yaxshilash bo`yicha va x.k. CHiziqli funktsional strukturasining ustunligi uning boshqaruv prinsiplarini buyruq berishning yagonaligi prinsipi bilan uzviyligidadir. Lekin bu ustunlik strukturada aloqalarning murakkab tiplari mavjud: loyiҳa bo`yicha boshqarish; matritsali struktura va boshqalar. Loyiҳa bo`yicha boshqarish ishlab chiqarish texnologiyasining o`zgarishi bilan boғliq qayta qurishlar va yangi texnologiyalar kiritilishi zarur bo`lgan korxona va tashkilotlarda qo`llaniladi. Bunday qayta qurishni amalga oshirish uchun faqatgina shu loyixaga javob beruvchi boshqaruv organi tuziladi. Boshqaruvning loyiҳa bo`yicha organi vaqtinchalik tashkilot ҳisoblanadi. Unga yuklatilgan vazifalar amalga oshirilgandan so`ng u tugatiladi. Matritsali struktura chiziqli va loyiҳa bo`yicha boshqaruv strukturalarining birlashtirilishi natijasida quriladi. chiziqli boshqaruv prinsipi saqlanib qolinadi, loyiҳa bo`yicha boshqarishga mos ravishda esa mavzularni, ilmiy izlanishlar bo`yicha dasturlar, loyixalashtirish texnologik tayyorgarlik eksperimental ishlab chiqarish maҳsulotini tayyorlash, sotish va x.k.lar tashkil qilinadi. Boshqaruvni tashkil qilishning matritsali strukturasida loyixa yoki dastur raҳbarlarining faoliyati erkinligi ta`minlanadi, ular oldiga qo`yilgan masalalar maqsadli ҳal qilinadi. Ishni tashkil qilish bo`yicha raҳbarning ma`suliyati aniqlanadi, ularning bajarilish muddati, yakuniy natijalar bo`yicha raҳbarning ma`suliyati aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv apparatini belgilangan darajada qisqartirishga, boshqaruvning ҳar-xil darajalari va ҳar bir zveno chegarasida aloxida darajalarning vazifalari va funksiyalarini aniq ajratish, xalq xo`jaligi, korxonalar (firmalar) tarmoqlarining xo`jalik mustaqilligini ta`minlashga imkon beradigan yangi tashkiliy strukturalar tuziladi. Tashkiliy strukturalarni loyiҳalashtirish. Menejmentning tashkiliy strukturalarini tashkil qilish ishlab chiqarishni tashkil qilish va tipiga eng yaxshi mos keluvchi boshqaruv apparatini yaratishdan va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning ҳar bir zvenosining ishlab chiqarish-texnik, xo`jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo`yicha hamma funksiyalarni bajarilishining zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu muammolarning echimi boshqaruvni isloҳ qilish boshqaruv ishlari va funksiyalarini ratsional taqsimlash boshqaruvning aniq maqsad va vazifalarini belgilash bo`yicha bir qator tadbirlarni o`tkazish orqali amalga oshiriladi. Maqsad boshqaruv nazariyasining asosiy kategoriyalardan biri ҳisoblanadi. Boshqaruv maqsadlarini shakllantirish boshqaruvning boshlanғich, unga erishish esa yakuniy bosqich ҳisoblanadi. Boshqarish maqsadi boshqaruv ob`ekti va uning aloҳida parametrlarining istalgan xolatidir. Aniq bir korxona uchun boshqaruv maqsadi aniq bir maxsulot turini eng kam resurslar xarajatini sarflagan ҳolda kerakli miqdorda va yuqori sifatda chiqarishdan iborat. Maqsadli yondashuv boshqaruv organlari ishining kollektiv oldiga qo`ygan maqsadlariga erishishga bo`ysunishni talab qiladi. Boshqaruvning ҳar bir tagtizimi o`zining maqsadlari (tashkiliy, iqtisodiy, marketing, texnik, ijtimoiy)ga ega, shuning uchun maqsadlarning mos kelishi muammosi yuzaga keldi . Boshqaruvning ҳar xil darajalari umumiy maqsadga javob berishlari, bir-birini to`ldirib turishi zarur. Maqsadlarni tartiblashni usullaridan biri maqsadlar daraxtini tuzish ҳisoblanadi. Maqsadlar va ularga erishish vositalari o`rtasidagi aloqalarning grafik tasviri. Umumiy maqsadga erishish uchun asosiy maqsadga erishish kerak, asosiy maqsadga erishish uchun esa, birinchi darajaning maqsadiga erishish kerak va x.k. Davlat masalalarini bajarishning maqsadi aniqlovchi ҳisoblanadi, u ilmiy texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlar bilan uzviy boғliq. Maqsadli yondashuv boshqaruvning zamonaviy strukturasiga o`tishga imkon beradi. Bu maqsadlar, maqsad osti va rivojlanish masalalari tarkibini va loyixalashtirayotgan boshqaruv ob`ektini faoliyat yurgizishni ishlab chiqsin. Maqsadlar daraxtini qurishda uning sifat va miqdor tavsifini to`ғri aniqlash muҳimdir. Sifat tavsifi boshqaruv funksiyalarining namoyon bo`lishining asosi ҳisoblanadi, sifat tavsifi esa strukturali bo`linmalar (bo`lim, tsex va x.k.) turining asosi bo`lib xizmat qiladi. loyixalashtirilayotgan tashkiliy struktura sistemasi elementalari oldida turgan maqsad va vazifalar raҳbarlar va mutaxassislar tarkibini asoslashga imkon beradi, vazifalar nomenklaturasi esa strukturali bo`linmalar ҳodimlari o`rtasidagi vazifalar taqsimlanishidir. Tashkiliy strukturani loyixalashtirishning mustaqil metodi bo`lib tashkiliy- iqtisodiy modellashtirish ҳisoblanadi. Uning asosida ijro etuvchilarning vakolatlari va ma`suliyatining taqsimotining grafik, matematik, maketli-devoriy tasviri yotadi. Boshqaruv tashkiliy strukturasini shakllantirishda boshqaruv poғonalari va zvenolari soni, chiziqli va funktsional boshqaruvning markazlashuvi darajasi, boshqaruv bo`limi va funksiyalari tarkibi, bitta raҳbarga to`ғri keladigan bo`ysunuvchilar sonini asoslash zarur. Boshqaruv sistemasida poғonalar qancha ko`p bo`lsa buyruqni yuqoridan pastga va axborotni pastdan yuqoriga uzatish shuncha qiyin bo`ladi. Buyruqni va axborotni uzatish jarayonida buzilishning xavfi shunchalik yuqori bo`ladi. SHuning uchun boshqaruv tashkiliy strukturasini loyixalashtirish va mukammallashtirishda boshqaruv poғonalari soni optimal bo`lishiga intilish zarurdir. Har qanday tashkiliy strukturaning sifati uning shakllantirishda quyidagilarga qanchalik amal qilingani bilan aniqlanadi: – sistemali yondashuv, ya`ni boshqaruv ob`ekti va organiga ta`sir qiluvchi iloji boricha ҳamma faktorlarni ҳisobga olish; – boshqaruv markazlashuvi va birlamchi zvenolar mustaqilligining optimal birligi; – oliy raҳbarlar to`ғridan-to`ғri ijro etuvchiga axborotni borishi va vaqtning maksimal qisqarishi; – loyixalashtirilayotgan strukturada ҳar bir tarkibiy qismning funksiyasi vazifasi va xuquqini to`ғri aniqlash; – boshqaruv sistemasidagi o`zgarishlarga javob qaytarishning imkoniyati; – ҳar bir aniq xolat bo`yicha qaysi bo`linmada axborot ko`p bo`lsa shu savolni echish bo`yicha bo`linmaga vakolat berish. Boshqaruv apparati strukturasiga asosiy talab uning operativligidadir. Apparat strukturasi shunchalik darajada egiluvchan va oddiy bo`lishi kerakki boshqaruv sistemasida qaror qabul qilish va uni amalga oshirish kerak. Operativlik bilan faoliyat yurgizishning ishonchliligiga boғliqdir. Bu degani boshqaruv apparati axborot uzatishning to`ғriligiga kafolat berish uzatilayotgan ma`lumotlarning buzilishiga yo`l qo`ymasligi kerak, boshqaruv sistemasida aloqaninguzluksizligini ta`minlash kerak. Apparat strukturasi boshqaruv iqtisodini ta`minlashi kerak. Buning ma`nosi shundaki, boshqaruvdan keladigan samara boshqaruv apparatiga bo`lgan xarajatlarning minimalligi orqali erishilsin. Apparat strukturasiga ishlab chiqarish xarakterining o`zi, uning tarmoqli xususiyatlari (ishlab chiqarilayotgan maҳsulot tarkibi, tayyorlash texnologiyasi, ishlab chiqarish masshtabi va tipi, texnik jixozlanganlik va meҳnat jarayoni darajasi va boshqalar), shuningdek boshqaruv ishining mexanizatsiyalanganligi va avtomattlashganligi darajasi ishchilar malakasi, ular meҳnatining samaradorligi bo`ysunuvchilar soni va boshqaruvchi tomonidan ularni nazorat qila olish imkoniyatlari o`rtasidagi boғliqlik ta`sir ko`rsatadi. SHunday qilib, tashkiliy tarkibga umumiy tavsif berib, uning aҳamiyatini belgilovchi bir necha kiidalarni ajratib ko`rsatish mumkin: 1. Firmaning tashkil tarkibi menejmentning barcha avzifalarini muvofiklashuvini taҳminlaydi. 2. Tashkiliy tarkib boshqaruv saviyasining huquq va javobgarliklarini anik belgilaydi. 3. Tashkiliy tarkibga firmaning samarali faoliyati, uning davomiy rivojlanishi bevosita boshlikning vazifasidir. 4. Firmada kabul uilingan tartib xizmatchilarining tashkiliy axloklarini belgilaydi shu bilan menejmentning uslubi va jamoaning sifatini aniklaydi. Tashkiliy tarkiblar kup sonli tur va shakllarga ega. - Gorizontal turkumlanishining yukori darajali boskichi. - Mustaxkam munosabatlarga ko`ra aloqa. - CHeklangan majburiyatlar. - Rasmiyatchilikning yukori darajasi. - Rasmiylashgan aloqa yo`llarining shakllari. Markazlashgan qaror kabul qilish. - Tengsiz taksimlanishining kuyi boskichi (vertikal va gorizontal buyicha) ҳamkorlik. - Soddalashtirilgan majburiyatlar (zarurati bulgan sari). - SHakllanishning kuyi boskichi. - Norasmiy aloqa yo`llari. - Qaror kabul qilishning nomarkazlashuvi. Biz ularni keyingi mavzularda batafsil ko`rib chiqamiz. Fakat ikkita umumlashgan tashkiliy tarkibning turkumlashuviga tuxtab utamiz. Birinchi bulinish: rasmiy va norasmy tashkiliy tarkib. Firmaning rasmiy tashkiliy tarkibi - bu oliy menejment tomonidan zaruriy tashkily bir qaror va vakolatlari taksimlash yo`li bilan tanlangan va o`rnatilgan asosiy tarkibidir. Norasmiy tarkib - bu qaror va buyruklarga buysunamaydi. Uning jamoa a`zolari urtasidagi munosabatlari, (dunega keladi) ularning dune qarashlarining qarama-qarshiligi yoki maqsadlarining birligi asosida dunega keladi. Norasmiy tarkib shaxslar orasidagi munosabatni rasmiy tarkib doirasida aks ettirilishidir. Ushbu kullanmada fakat rasmiy tashkiliy tarkib ukib urganiladi. Tashkiliy tarkibning rasmiy turida mukammalrok tuxtalib utamiz. Boshqaruvning mexanik va tashkiliy tarkibi mavjud. Xar xil darajadagi aniklangan
barcha Ma`lum boshqaruv tarkiblarning keltirilgan nomi biror turga kiritilishi mumkin. Bu kabi taksimlash asosida tashkiliy tarkibning ichki qismlarini inobatga olib ular asosida ko`rilish moxiyatini aniklash mumkin bo`ladi. Bu tomonga tashkiliy tarkib quyidagi uchta qismning birlashuvi kabi aniklanadi: murakkablik, rasmiylik va markazlanish.
Birinchi qism - murakkablik, - xar xil turdagi boshqaruv faoliyatini bir tyokis taksimlamaslik darajasini bildiradi, shu jumladan, uning vazifalarini ҳam. Notekis taksimlanish qanchalik yukori darajada bulsa, firmaning tashkiliy tarkibi shunchalik murakkab bo`ladi. Ikkinchi qism - rasmiyatchilik,-boshqaruv qoida va muolajalarining bir turdagi darajasi bilan aniklanadi. Tarkib shunchalik rasmiylashgan bo`ladi, kachonki unda yukori o`rnatilgan kup sonli qoida va muolajalar xukm sursa.
Uchinchi ko`rsatkich -firmaning tashkiliy tarkibi,- bu boshqarishning markazlanish darajasidir. Umenejmentning qaysi saviyasida qarorlar kabul kilinishiga boglik. Amaliyotda ko`rsatilgan qismlarning bir necha birlashish turlari mavjud bulishi mumkin, ular turli-tuman Ma`lum boshqaruv tarkibini yuzaga keltiradi. Masalan, katta korporatsiyada murakkablikni erkin ko`rinishiga ega bulgan tarkib yoki boshqaruvning kattik shakli bulishi mumkin. (Markazlashuvining yukori darajasi). Aksincha o’ta oddiy tashkiliy tarkiblar, ostidagilarining erkin faoliyat shakllari bilan.
Ularning barchasi ko`rsatilgan qismlarning nomoen bulish darajasi asosida ikkita guruxga bulinadi - mexanik va organik tarkibga. Mexanik tashkiliy tarkib kup sonli bulinmalar (vertikal buyicha) xisobiga murakkablik; (bilan tavsiflanadi) rasmiylikni yukori darajasi cheklangan axborot tarmogi, boshqaruvning barcha xodimlarini qarorlar kabul kilinishda kuyi saviyasi bilan tavsiflanadi.
Organik tarkib - ayniksa, oddiyrok, keng axborot tarmogiga ega va kamrok rasmiylashgan. Bu tarkibda boshqaruv nomarkazlashgan. YUkori berilgan chizma va tavsiflar ko`rib chikilaetgan turdagi tarkiblarni qarama-qarshi moxiyatni ochik-oydin namoyish etadi. SHunday kilib, mexanik tarkib kattik ierarxik yoki piramida boshqaruvi sifatida namoen va unga nisbatan aksincha, organik tarkib boshqaruvining egiluvchan va kunikuvchan shaklidir. Uning uchun boshqaruvni kam sonli saviyasi, koyidalar va tavsifnomalar, past saviyalarda qaror kabul qilishda katta erkinlik tavsiflidir. Organik tarkib boshqaruvida munosabatlarning shakli va usuli sherikchilik, munozaralik (mexanik tarkibda bu qaror va tavsifnomalar), menejerlik korpusidagi umum ta’lim tayyorgarligining yukori darajadaligi. Adabiyotlarda mexanik tartib uchun yana bir termin (atama) mavjud - bu byurokratiklik. Tabiiyki, u uziga tula tuplam, salbiy tavsiflarni uz ichiga olmaydi. Ma`lumki, nemets sotsiologi M. Veber uz kulezmalarini menejmentning bu modeliga bagishlangan. (XXasr boshlarida), chunki u buni mukammal deb xisoblangan edi. U quyidagi uchta maqsadda ishlagan edi: 1.Isteҳmolchining talabini kondirish uchun. 2.Isteҳmolchiga teng sharoit yaratish uchun. 3.Boshqaruv qarorlarini foydaliligini va samaradorligini oshirish uchun. M. Veber va uning shogirdlari kuyilgan maqsadga u yoki bu raxbarni qaror kabul qilishda shaxsiylik ta`sirini eng kam mikdoriga etkazish xisobiga erishiladi, deb bilar edilar. Mukammal yoki demokratik tarkib - bu Veber tomonidan taklif kilingan, sungra nafakat ishlab chiqarishda, balki jamoa tashkilotlariga keng tarkaldi va uz tarkibiga quyidagi tavsiflarni oladi: mexnatni ixtisoslashuvi, kul ostidagilarni mansabiga qarab buysunishi, anik belgilangan majburiyatlar va javobgarliklar,
o`rnatilgan tartib va muolajalar tizimining munosabatlarini egasizlantirmok, xizmat zinasidan xizmatchining malaka asosida kutarilishi, xokimlikni markazlashishi, ezma xisobotlar. Ko`rinib turibdiki, tashkilotni byurokratik tarkibining ҳamma belgilari yukorida keltirilgan boshqaruvning mexanik tarkibining tavsifiga tugri keladi. Menejmentda bu model yarim asrdan kup davrida ustuvorlik kilib kelgan. YAqin- yaqinlargacha, keng tarkalgan firmalarning tashkiliy tartib turlarini kup yoki oz darajada u uzida birlashtirilgan: vazifaviy, muntazam, muntazam-shtabli, divizional. Bu tarkiblar jamiyatning industrial tarakkietini jonlantirib ko`rsatadi. Ammo sungi ikki un yillikda tarakkiet topgan davlatlarni jamoat ishlab chiqarishlari yangi, axborotli boskichga kadam kuydi va Garbiy menejment uz tarkibini sezilarli darajada kayta ko`ra boshladi, bu kabi kayta kurashlar sifat tavsifiga egadirlar. Kuplab firma va korporatsiyalar kuchayib ketgan rakobat kurashi sharoitida yashash kobiliyatini saklab kolish uchun uz strategiyasini va tarkibini uzgartiradilar. Kuprok dikkat eҳtiborga organik tarkib tugri egalik kilmokda. Bu matrik, dasturli - maqsadli, loyixali, yangi boshqaruv modellari - venchurli, innovatsion, brigadali va boshkalar. Xar ikki turdagi tashkiliy tarkibni taxliliga natija yasab, ya`ni mexanik va organik tarkiblarini bitta eng muxim bulinish nomida aks etgan asosini ajratib ko`rsatish mumkin, - bu ularning xarakat prinsipidir. Mexanik tarkiblar yaxshi ishlaetgan mashinada mexanizmga uxshab ishlaydi. Boshka turdagi tarkib, "organik" degan nomini tirik materiya kletka faoliyatiga uxshashligidir. Mashinaning ishi qanchalik samarali bulmasin, tirik kletka faoliyati xech kanday gumon yukki, maxsuldordir. SHuning uchun organik tarkiblarni firma faoliyatiga
kirgizish muammolariga zamonaviy menejerlar katta eҳtibor qaratmokdalar. Boshqaruvi norasmiy tarkibga ega tashkilotlar uz xizmatchilariga katta erkinliklar yaratadilar, shunday ekan, xar bir inson uzi uchun kerakli axlok tanlashda katta imkoniyatga egadir.
Mexanik turdagi tashkiliy tarkibni katta qismini ikki toifaga bulish mumkin: vazifaviy va divizional tarkibiga. Vazifaviy tarkib eskidan tanish va kuprok ishlatilib kelingan tarkibdir. Uni ananaviy yoki klassik deb aytadilar. Bu turdagi tarkib boshqaruvni departamentlashtirish (taksimlash) natijasida kelib chikkandir. Uni elementlarga (bo`limlar), ya`ni ularning xar biri boshqaruvda uzining anik vazifasiga ega, uziga buyurilgan vazifani bajaradi. Vazifaviy tarkib boshqaruvning ustuvorligi quyidagilardan iborat: 1. Bu kabi tarkib ishbilarmonlik va mutaxassislik ixtisoslashuvini ragbatlantiradi. Masalan, Marketing buyicha bu soxadagi mutaxassis ishini oliy raxbarlikka qaraganda yaxshi bajaradi. 2. Vazifaviy soxalarning muvofiklashuvini yaxshilaydi. Xizmatchilar bu tizimda uzi kunikadilar. 3.Xarakatlarning takrorlashishini pasaytiradi yoki butunlay bartaraf kiladi va materiallar resurslar sarfini kamaytiradi. Vazifaviy tarkibning kamchiliklari: 1. Vazifaviy bo`limlar uz faoliyati davomida firmaning umumiy maqsadidan chetlashishlari mumkin, chunki ular uzlarining ichki masalalarini amalga oshirishga kizikadilar. Bu esa bo`limlar orasida o`zaro kelishmovchilikni keltirib chiqaradilar. 2. Katta tashkilotlarda buyruklar zanjiri (tizimi) raxbardan to bajaruvchiga etib kelguncha ancha uzok vakt ketadi va shu sababli samarasiz bulib koladi.
3. Bo`limlardan birortasi ҳam tashkilotning ish natijalariga qarab javob bermaydi. Tashkilotni turiga qarab (ishlab chiqarish, savdo va boshkalar) vazifa bajaruvchi bo`limlar uzlarining maҳnaviy tomonlariga qarab xar turli bulishlari mumkin
Adabiyotlar :
1. G’ulomov S.S. “ Menejment asoslari” O’quv qo’llanma. – T.: ToshDIU, 2006 yil. 2. Sharifxo’jaev M, Abdullaev Y. “ Menejment”. Darslik – T.: O’qituvchi. 2002 yil. 3. Kosimov F.M. “Menejment”: Oliy o’quv yurtlari uchun darslik T.: O’zbekiston, 2002 yil. 4.Abdullayev Y. To’laganova Sh. “Menejment va marketing asoslari” T.: TMI 2006 yil. Download 381.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling