Qarshi muhandislik-iqtisodiyot
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot (1)
Nasadkali absorberlar. Turli shaklli qattiq nasadkalar bilan tо‘ldirilgan
vertikal silindrsimon kolonnalarninng tuzilishi sodda, ixcham va yuqori samarador bо‘lgani uchun sanoatda kо‘p ishlatiladi. Odatda, nasadkalar qatlami teshikli panjaralarga joylashtiriladi. Gaz faza teshikli panjara ostiga yuboriladi va undan о‘tib, qatlam orqali yuqoriga qarab harakatlanadi (10-rasm). Suyuqlik faza absorberning yuqori qismidan taqsimlash moslamasi 1 yordamida purkaladi va nasadka qatlamida gaz fazasi bilan о‘zaro ta’sir etadi. qurilma samarali ishlashi uchun suyuq faza bir tekisda purkalishi va taqsimlanishi zarur. Bu turdagi absorberlarda nasadkalar ham suyuqlikni bir meyorda taqsimlashga salmoqli xissa qо‘shadi. Nasadkalar quyidagi talablarga javob berish kerak: katta solishtirma yuzaga ega bо‘lishi; gaz oqimiga kо‘rsatadigan gidravlik qarshiligi kichik bо‘lishi; ishchi suyuqlik bilan yaxshi hо‘llanilishi; absorber kо‘ndalang kesim yuzasi bо‘ylab suyuqlikni bir tekisda taqsimlashi; ikkala faza ta’siri ostida yemirilmaydigan bо‘lishi; yengil va arzon bо‘lishi kerak. Sanoatda qо‘llaniladigan nasadkalarning ba’zi bir turlari va ularni qurilmada joylash usullari 11-rasmda keltirilgan. Bu nasadkalarning ichida eng keng tarqalgan nasadka Rashig halqalaridir. Undan tashqari, keramik jism, koks, maydalangan kvars, polimer halqa, metall tо‘r va panjara, shar, propeller va parrak, egarsimon element va boshqa jismlar ishlatiladi. Rashig halqalari 15x15x2,5; 25x25x3; 50x50x5 mm о‘lchamli qilib yasaladi. Nasadkalarning geometrik xarakteristikasi bо‘lib ekvivalent diametr hisoblanadi:
4 (16) bu yerda V Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling