2.6. Absorberlar konstruksiyalari
Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada sodir bо‘ladi. Shuning uchun
ham, suyuqlik va gaz fazalar tо‘qnashuv qiladigan absorberlar yuzasi iloji boricha
katta bо‘lishi kerak. Massa almashinish yuzalarini tashkil etish va loyihalash
bо‘yicha absorberlar 4 guruhga bо‘linadi: sirtiy va yupqa qatlamli absorberlar;
nasadkali absorberlar; barbotajli absorberlar; purkovchi absorberlar.
Sirtiy absorberlarda harakatlanayotgan suyuqlik ustiga gaz uzatiladi.
Bunday qurilmalarda suyuqlik tezligi juda kichik va tо‘qnashuv yuzasi kam
bо‘lgan uchun bir nechta qurilma ketma - ket qilib о‘rnatiladi.
Suyuqlik va gaz qarama - qarshi yо‘nalishda harakatlantiriladi. 8 - rasmda
gorizontal trubalardan tarkib topgan yuvilib turuvchi absorber tasvirlangan.
Trubalar ichida - suyuqlik oqib о‘tsa, unga teskari yо‘nalishda gaz harakat qiladi.
Trubalar ichidagi suyuqlik sathi ostona 3 yordamida bir xil balandlikda ushlab
turiladi.
Absorbsiya jarayonida hosil bо‘layotgan issiqlikni ajratib olish uchun trubalar
taqsimlash moslamasi 2 dan oqib tushayotgan suv bilan yuvilib turadi. Sovutuvchi
suvni bir meyorda taqsimlash uchun tishli taqsimlagich 1 qо‘llaniladi. Bu turdagi
absorberlar yaxshi eriydigan gazlarni yutish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |