23
II bob. TABIIY GAZNI NORDON GAZLARDAN TOZALISH
QURILMASIDAGI ABSORBERNING QO‘LLANILISHI VA ULARDAN
UNUMLI FOYDALANISH
2.1. Har xil bosimli uglevodorod gazlarning oqimlarini nordon
komponentlardan tozalash
Bu texnologiya vodorod sulfidli gazlarni yuqori bosimli absorberda
aminning suvli eritmasi bilan absorbsiya usulida gazni nordon komponentlardan
tozalash va tayyorlashga gaz asoslangan bo‘lib, keyin past bosimli absorberda va
yana yutuvchilar yordamida regeneratsiya qilinadi [7]. 2 va 3-rasmlarda
qurilmaning texnologik sxemasi keltirilgan.
2-rasm. Vodorod sulfidli gazlarni yuqori bosimli absorberda aminning suvli
eritmasi bilan absorbsiya usulida gazni nordon komponentlardan tozalash
qurilmasining texnologik sxemasi.
Past bosimli (2,5 MPa) dastlabki gaz 46°S harorat bilan 10-chi chiziq orqali
absorberning pastki qismiga (2) beriladi va past bosim dietanolaminning (DEA)
suvli eritmasi bilan kontaktlashadi. Absorbent nordon komponentlar bilan
to‘yinadi, 1-chi absorberdan yuqori bosim bilan 9-chi chiziq orqali 2-chi past
bosimli absorberga uglevodorod gazlarini shamollatish uchun va keyin esa past
bosimli dastlabki gaz bilan hamda past bosimli absorbentli to‘yingan gaz bilan
kontaktlashishi uchun beriladi.