3-rasm. Tabiiy gazni nordon komponentlardan tozalash qurilmasining texnologik
sxemasi: 1, 2 – past va yuqori bosimli absorberlar; 3 - kompressor; 4 - desorber; 5-
15 – texnologik materiallar oqimining chizig‘i.
Gazni shamollatish orqali nordon komponentlarni yo‘qotish 2-chi
absorberda past bosimli konsentratsiyali (massasi bo‘yicha 33 % li)
regeneratsiyalangan absorbent yordamida absorbsiyalash amalga oshiriladi, 11 va
12-chi chiziq orqali absorberga uzatiladi.
Nordon komponentlardan qisman tozalangan gaz 2-chi absorberdan 13-chi
chiziq orqali 3-chi kompressorga olib chiqiladi va u 6,5 MPa bosim ostida siqiladi,
keyin 14-chi chiziq orqali 5-chi chiziqqa beriladi, u yerda yuqori bosimli (6,5 MPa
) dastlabki gaz oqimi bilan aralashtiriladi va 33% konsentratsiyali DeAning
regeneratsiyalangan eritmasi bilan yuvish uchun yuqori bosimdagi 1-chi
absorberga 6 va 7-chi chiziqlar orqali yo‘naltiriladi. Tozalangan gaz 1-chi
absorberdan 8-chi chiziq orqali magistral quvuruzatmasiga olib ketiladi.
Nordon komponentlar bilan to‘yingan aminli regeneratsiyalash 2,5 MPa
bosim ostida 4-chi desorberda olib boriladi. Desorbsiyadan keyin nordon gazlarni
aralashmasidagi
uglevodorod
komponentlarining
tarkibi
2-5%
atrofida
ta'minlanadi.
Samaradorlik-bu taklif qilingan texnologiya yordamida absorbent tizimida
bir texnologik chiziqni sirkulyasiyasi miqdorini va absorbentni regeneratsiyalanish
bug‘ini kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishiladi, desorber, past
bosimli va yuqori bosimli absorberning diametrini kichiraytirish hisobiga metall
sig‘imi kamayadi, ekspanzerli gazlarni tozalashda absorbersiz gazni qayta
ishlashni amalga oshirish va bu gazlarni utilizatsiya qilishda boshqa yordamchi
jihozlardan voz kechiladi hamda tozalash absorberni tizimga qayta haydashda
energiya sarfi kamaytiriladi. Ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |