3.2. Elektro xavfsizlik, yong‘in va portlash xavfsizligi bо‘yicha texnologik
jarayon tavsifi
Tabiiy gazni oltingugurtli birikmalardan tozalash jarayoni yong‘inga xavfli,
zaxarli maxsulotlar yordamida olib boriladi.gazni qayta tozalash va tо‘yingan amin
eritmasini regeneratsiya qilish jarayonida tarkibida oltingugurt miqdori yuqori
bо‘lgan konsentrlangan gaz xosil bо‘lib, ushbu gazdan keyingi bosqichda 3-
raqamli sex qurilmalarida elementar oltingugurt olinadi.
Tabiiy gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash jarayoni 30-40% li MDEA
eritmasi yordamida amalga oshiriladi.
Gazni qayta ishlash jarayonida asosan barcha qurilma va uskunalar odam
xayoti uchun xavfli bо‘lgan yuqori bosim va xarorat ostida, elektro qurilmalar esa
yuqori kuchlanishda ishlaydi.
Texnologik rejim buzilishi, xavfsizlik talablariga rioya qilmaslik, avariya
xolatlarida quyidagilar sodir bо‘lish extimoli bor:
- zaxarli moddalar bilan zaxarlanish;
- portlash va yonginlar;
- elektr, texnik va mexanik jaroxat olish;
Qurilma va uskunalarni notо‘gri ishga qо‘shish, ekspluatatsiya qilish
natijasida ularni muddatidan avval ishdan chiqishi, ishchi zonaga zaxarli gazlarni
tushishi, yonish va portlash xavfi oshishiga olib keladi.
Sexda avariyasiz ish olib borilishining asosiy talabi texnologik rejimga,
barcha yо‘riqnomalar – mansab, ishlab chiqarish, ekspluatatatsion va texnika
xavfsizligi yо‘riqnomalariga qat’iy amal qilishdan iborat.
65
Do'stlaringiz bilan baham: |