3.3 Yong‘inga qarshi tadbirlar.
Qurilma quyidagi yong‘inga qarshi vositalar bilan jihozlangan bо‘lishi
kerak: suv, о‘t о‘chirgich, qum solingan quti, satil, belkurak va sanchqi. Yong‘inga
qarshi jihozlardan boshqa maqsadlarda foydalanish qat’iyan ang etiladi. Qurilmada
yonish va о‘tni о‘chirish uchun loyihada quyidagilar kо‘zda tutilgan:
– binoni avtomatik tarzda о‘tini о‘chirish;
– YE-1; YE-2; YE-3; YE-4 apparatlarini yong‘indan saqlash uchun suv
bilan о‘chirish tizimi;
– K-1; K-2; XV-1; XV-2 apparatlarini yong‘indan himoya qilish uchun
maxsus «lafet» moslamalari qо‘yilgan bо‘lib, ularni uchidagi sepish moslamasi
о‘lchami 28 mm ni, aylanma ta’sir doirasi 34,5 m ni tashkil etadi.
Kichik yong‘in manbaalarini о‘chirish uchun, shuningdek elektr dvigatellari
va elektr asboblarini ham, maxsus «uglekislotali» о‘t о‘chirgichlardan
foydalaniladi. О‘t о‘chirish vositalari va uni jihozlari soz holda va qizil ranga
bо‘yalgan bо‘lishi kerak. О‘t о‘chirish qismini chaqirish uchun maxsus yong‘in
habarchilari va ma’muriy hо‘jalik telefonlari kо‘zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |