Qarshi tuman hokimi B. Yusupovga


Download 12.68 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi12.68 Kb.
#1301090

Qarshi tuman hokimi B.Yusupovga
Qovchin MFYda yashovchi fuqaro
E.Do‘stqobilov tomonidan
SHIKOYAT ARIZA
Hurmatli Hokim.
Men, Do‘stqobilov Erkin Qarshi tuman 23-maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. 25-mart soat 17:40 lar atrofida maktabda bo‘layotgan o‘g‘irlik guvohi bo‘ldim, ya’ni maktab omborida saqlanayotgan ko‘mir zaxirasi davlat raqami 70 W 070 BA gaz 53 rusumli avtomashinaga yuklangan edi. Men bu haqda viloyat IIB 102 ga telefon qildim va 10-operatori javob berdi va men hodisa tafsilotlari haqida habar berdim. Mahalla uchastka inspektori voqea joyiga kelib noqonuniy bo‘layotgan holatni oldini oldi. Hozirgi vaqtda avtomashina yuki bilan tuman IIB jarima maydonida saqlanyapti. Holatlar yuzasidan tasvirlar mavjud.
Shu bu yilgi kuz qish mavsumi og‘ir keldi, maktabda issiqlik tizimi mutlaqo qoniqarsiz bo‘ldi. Shaxsan o‘zingiz ham maktab issiqlik tizimini nazorat qilgani tashrif buyurdingiz, qoniqarsiz holatni ko‘rib maktab rahbaryatini ogohlantirdingiz. Bilmadim ko‘mir zahirasi kelgusida sotish uchun saqlangan ekanmi. Hech kimni maktab mulkini talon taroj qilishga haqqi yuqku.
Hurmatli Hokim.
Sizdan iltimosim holatni atroflicha o‘rganib adolatli qaror chiqarib berishingizni iltimos qilar edim.

Do‘stqobilov Erkin
Download 12.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling