Qarshi tuman xalq ta’limi bo`limiga qarashli 6-umumiy o`rta ta’lim maktabi direktorining buyrug`i umumiy o`rta ta’lim muassasalarida “Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” kompaniyasi doirasida “Biz zo’ravonlikka qarshimiz” shiori ostida aksiya o`tkazish


Download 56.58 Kb.
bet1/5
Sana02.05.2023
Hajmi56.58 Kb.
#1422640
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BIZ ZO`RAVONLIKKA QARSHIMIZ MAKTAB BUYRUG`I 6-maktab




QARSHI TUMAN XALQ TA’LIMI BO`LIMIGA QARASHLI 6-UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABI DIREKTORINING
BUYRUG`I
Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida “Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” kompaniyasi doirasida “Biz zo’ravonlikka qarshimiz” shiori ostida aksiya o`tkazish to`g`risida

2021 yil 25 noyabrdan 10 dekabrgacha Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida “Zo’ravonlikka qarshi kurashish 16 kun” kompaniyasi doirasida “Biz zo’ravonlikka qarshimiz” shiori ostida aksiya tashkil etish hamda o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2021 yil 8 noyabrdagi 01/10-01-304 sonli xati, Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2021 yil 11 noyabrdagi 99-sonli hamda Qarshi tuman xaql ta’limi bo`limining 2021 yil 15 noyabrdagi 164-sonli buyruqlarining ijrosini ta’minlash maqsadida




BUYURAMAN:
1. O`quvchilami kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2021 yil 8 noyabrdagi 01/10-01-304-sonli xati, Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2021 yil 11 noyabrdagi 99-sonli hamda Qarshi tuman xaql ta’limi bo`limining 2021 yil 15 noyabrdagi 164-sonli buyruqlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” aksiyasini o‘tkazish bo‘yicha maktab ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga, chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Umumiy o`rta ta’lim maktabi ma’naviy-marifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari, maktab psixologi, yoshlar yetakchisi hamda barcha sinf rahbarlar tuman xalq ta’limi bo`limi tomonidan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” doirasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida aksiya o‘tkazish bo‘yicha onlayn o‘quv-seminarlarida ishtirok etishlari vazifasi yuklatilsin.
4. Umumiy o`rta ta’lim maktab ma’naviy-marifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari, maktab psixologi hamda yoshlar yetakchisiga:
- Aksiyani o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tuzish hamda barcha umumiy o`rta ta’lim maktab sinf rahbarlariga aksiyani o`tkazish yuzasidan kerakli tavsiyalar berish;
- “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” aksiyasini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijroga yo`naltirish;
- Umumiy o ‘rta ta’lim maktablarida aksiya o‘tkaziladigan kunga tayyorgarlik ko‘rish, maktabni bayramona bezatish (mavzuga oid turli xil burchaklar tashkil etish, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiorini ko‘rinarli joyga ilish va hokozolar) bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab olish;
- O`quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan taqdim etilgan ko‘rgazmali, tarqatma, video materiallarni qabul qilib olish;
- Ta’lim muassasalarida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” doirasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida aksiyani o‘tkazish bo‘yicha onlayn o‘quvseminarlarida ishtirok etish;
- Turli xil zo‘ravonlikka uchragan voyaga yetmagan o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlaming elektron bazasini yaratish, bunda axborot xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish;
- Ota-onalarga zo‘ravonlik va uning oqibatlari bo‘yicha tushunchalar berilishini nazoratga olish;
- Zo‘ravonliksiz maktab: u qanday? Strategik mo‘ljallar” videorolik tanlovini o‘tkazish, g‘oliblarni taqdirlash;
- 1-4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Hech kimga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymang”, “Hayvonlarga va tabiatga nisbatan shafqatsizlik qilmang” mavzuslari aks ettirilgan rasmlar, plakatlar ko‘rik-tanlovini o‘tkazish, g‘oliblarni taqdirlash;
- “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalari, rasmiy ijtiomiy saytlarda yoritish;
- Ta’lim muassasalarida “Zo‘ravonlikka qarashi 16 kun” kompaniyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahililiy hisobotni 2021 yil 11 dekabrga qadar tuman xalq ta’limi bo`limining ishchi guruhiga topshirish vazifalari yuklatilsin.
5.Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.



Download 56.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling