2.5. Tashkilotning huquqlari:
2.5.1. Ta’lim muassasasidan shartnomaviy majburiyatlari bajarilishini talab qilish.
2.5.2. Ta’lim muassasasining ta’lim jarayonlarini yaxshilashga doir takliflar berish.
2.5.3. O’qish uchun bir yillik to’lov summasini bir yola to’liq to’lash.
2.5.4. Ta’lim muassasasidan Shartnoma bo’yicha to’lovni amalga oshirish uchun kerakli hujjatlarni so’rash.
2.5.5. Ta’lim muassasasidan Talabaning davomati va o’zlashtirishi haqida ma’lumot so’rash.
2.6. Tashkilotning majburiyatlari:
2.6.1. Joriy o’quv yili uchun belgilangan o’qitish qiymatini Shartnomaning 3-bobida ko’rsatilgan tartib va miqdorda o’z vaqtida to’laydi.
2.6.2. Boshqa Tomonlarning talabiga ko’ra Shartnomaning to’lovlari yuzasidan taqqoslash dalolatnomasini tuzish.
2.6.3. Shartnomani imzolangandan keyin Ta’lim muassasasiga taqdim etadi.
3. TO’LOV MIQDORLARI VA MUDDATLARI
3.1. 2022/2023 o‘quv yilida-bir o’quv yilida stipendiyasiz shaklda ta’lim olish uchun Talaba tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan to’lov summasi __________________________________ (______________________________________________ ) so‘mni tashkil etadi va Shartnomaning ushbu bobida belgilangan tartibda to’lanadi. Mazkur summa mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori o’zgarishi bilan mos ravishda Ta’lim muassasasi tomonidan o’zgartirilishi mumkin.
3.2. Talaba mazkur shartnomaning 3.1-bandida nazarda tutilgan summani 100 % miqdorida shartnoma imzolangan sanadan boshlab 15 kun ichida amalga oshirishi lozim.
3.3. Tashkilot tomonidan Shartnoma bo’yicha o’qitish qiymatini pul kochirish yo’li bilan tolanganda to’lov topshiriqnomasida ID raqamini, Talabaning familiyasi, ismi, sharifi hamda o’qiyotgan kursi to’liq ko’rsatiladi.
3.4. Talaba tegishli fanlar bo’yicha akademik qarzdorlikni qayta topshirish sharti bilan keyingi kurs (semestr)ga o’tkazilgan taqdirda, keyingi semestr uchun to’lov Tashkilot tomonidan akademik qarzdorlik topshirilgunga qadar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |