Qarshi xalqaro universitetiga o‘qitish uchun shartnoma (stipendiyasiz shaklda, 1-kurslar uchun) № /23 “ ” 2023 yil Qarshi shahri


Ta’lim muassasasining majburiyatlari


Download 23.33 Kb.
bet2/5
Sana02.04.2023
Hajmi23.33 Kb.
#1321951
1   2   3   4   5
Bog'liq
KОНТРАКТ KIU 06.03.2023

2.2. Ta’lim muassasasining majburiyatlari:
2.2.1. O‘qitish uchun O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq Ta’lim muassasasi Ustavi va boshqa ichki hujjatlarida nazarda tutilgan ta’lim olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
2.2.2. Talabalarning qonun hujjatlarida belgilangan huquqlarining bajarilishini ta‘minlaydi.
2.2.3. Talabani tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq, davlat standarti talablari doirasida o’quv jarayoniga jalb qiladi. O’quv reja va dasturdan tashqari, hususan qoshimcha mashg’ulotlar, to’garaklar Ta’lim muassasining ihtiyoriga ko’ra, ichki imkoniyatdan kelib chiqib pullik yoki bepul asosida tashkil qilinishi mumkin.
2.2.4. Talaba bakalavriat yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlaganda belgilangan tartibda diplom beradi.
2.3. Talabaning huquqlari:
2.3.1. Ta’lim muassasasidan shartnomaviy majburiyatlari bajarilishini talab qilish.
2.3.2. Ta’lim muassasasida tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq davlat standarti talablari darajasida ta’lim olish.
2.3.3. Ta’lim muassasasining Axborot-resurs markazi, sport inshooti, Wi-Fi hududlaridan, qolaversa tashkil etiladigan qo’shimcha mashg’ulotlar hamda to’garaklaridan universitetning roziligiga ko’ra foydalanish.
2.3.4. Ta’lim muassasasining ta’lim jarayonlarini yaxshilashga doir takliflar berish.
2.3.5. O‘qish uchun bir yillik to’lov summasini bir yola to’liq to’lash. Shartnoma summasi bir yo’la to’liq to’langan taqdirda umumiy summaning 15% miqdorida chegirma taqdim etiladi.
Shartnoma bir o’quv yili uchun to’liq to’langan taqdirda Mazkur chegirma summasi keying o’quv yili uchun to’lov shartnoma summasi miqdoriga inobatga olinadi.
2.4. Talabaning majburiyatlari:
2.4.1. Joriy o‘quv yili uchun belgilangan o‘qitish qiymatini Shartnomaning 3-bobida ko‘rsatilgan tartib va miqdorda o‘z vaqtida to‘laydi.
2.4.2. Akadem qarzdor bo‘lgan talabalar o‘qishni davom ettirish uchun qonunchilikda belgilangan kredit miqdorlariga mos ravishda to‘lovlarni amalga oshiradilar.
2.4.3. Qarshi xalqaro universiteti Ustavi va boshqa ichki hujjatlari bilan mustaqil tanishadi va ularning talablariga qat’iy rioya qiladi.
2.4.4. O’quv mashg’ulotlarida belgilangan tartib va qoidalarga muvofiq uzluksiz ishtirok etadilar.
2.4.5. Ta’lim muassasasida o’rnatilgan tartibga og’ishmay rioya qilish orqali ta’lim oladi hamda ushbu jarayonda o’z bilim darajasini mustaqil oshirib boradi.
2.4.6. Shartnomani imzolangandan keyin ikkinchi nusxasini Ta’lim muassasasiga taqdim etadi. Shuningdek, shartnoma elektron shaklda Ta’lim muassasasining marketing.kiu.uz saytidan olingan taqdirda uning shartlari bilan tanishib, rozi bo’lgan holda bu haqda tegishli tugmani bosadi va Shartnomani yuklab oladi.
2.4.7. O`zining xatti-harakatlari, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan universitetning ishсhanlik obro`si va manfaatlariga putur yetkazmaslik hamda zarar yetkazishi mumkin bo`lgan xatti-harakatlarini sodir etishdan tiyiladi.
2.4.8. Talaba talabgor sifatida o’ziga tegishli ma’lumotlar va hujjatlarni to’g’riligiga shaxsan mas’ul hisoblanadi va no’to’gri ma’lumot hususan o’qishni ko’chirish bilan bog’liq (hujjatlarni qalbakilashtirganlik) va ularning oqibatlari uchun o’zi javobgar bo’ladi.

Download 23.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling