O’quv-uslubiy bo’lim uslubchisi lavozim vazifalari
Download 17.51 Kb.
|
KL-shahlo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Subordinastiya
- Javobgarligi
- Tanishdim, O’quv-uslubiy boshqarma uslubchisi
O’quv-uslubiy bo’lim uslubchisi lavozim vazifalari Universitetning o’quv ishlarini bajarish, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rnatgan tartibda o’quv rejalari va dasturlarga muvofiq o’quv jarayonini tashkil qilish; O’quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish borasida ishlarni tashkil etish; Fakultetlar uchun belgilangan tartibda fakultet dekanatlari va kafedralar bilan kelishilgan xolda dars jadvallarini tuzish; Universitet professor-o’qituvchilar tarkibi tomonidan o’quv rejalarining bajarilishini nazorat qilish; Davomatni manitoring qilib borish; Zamonaviy va ilғor tajribalarni o’rganish va universitet o’quv jarayonlarida tadbiq etish bo’yicha takliflar kiritish; Fakultetlarda o’quv jarayonining tashkil qilinishini o’rganish, nazorat natijalari bo’yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida fakultet rahbariyatiga tegishli ko’rsatmalarni etkazish; Yosh o’qituvchilarning malaka va tajriba orttirishni tashkil qilish; Professor-o’qituvchilar tarkibi haqidagi ma’lumotlar bankini tashkil qilish; Universitetga talabalarni qabul jarayonlarida ishtirok etadi, universitetga qabul haqidagi axborotni shakllantirish va qabul natijalarini umumlashtirish; Universitet rektori va bosh ish boshqaruvchi tomonidan berilgan oғzaki va yozma topshiriqlarni o’z vaqtida, sifatli ijrosini ta’minlash; Rahbar xodimlarga murojaat qilishda Subordinastiya tartib-qoidalariga amal qilish; Malaka talablari: Oliy ma’lumotga ega bo’lishi; Bo’lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, universitet rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, institut yillik va istiqboli rejalarini bilishi; Universitetda bo’limda zarur bo’lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko’nikmalarga; Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, etakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, aniq maqsadlarga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo’lishi; Bo’lim yo’nalishi bo’yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo’lishi zarur. Huquqlari: Yo’nalish bo’yicha universitetda ishlarni samarasini oshirish borasida takliflar kiritish; Faoliyat yo’nalishi bo’yicha fakultet o’quv ishlari bo’yicha dekan, kafedra mudirlari va boshqa bo’lim rahbarlari bilan bevosita ishlash huquqiga ega. Javobgarligi: O’UB uslubchisi o’quv ishlari prorektoriga bo’ysunadi; O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi hamda belgilangan lavozim vazifalarini talab darajada bajarishga va ijro-intizomiga rioya qilishiga; Ish faoliyati davomida O’zbekiston Respublikasi qonunlariga rioya etishini ta’minlashga; O’z vazifalarini bajarmaganda Universitet ichki tartib-qoidalariga belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.
______________ Download 17.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling