Qarshilik pechlarni loyihalash
Xaroratiga ko’ra EKP lar kuyidagi guruxlarga bo’linadi
Download 133.5 Kb.
|
ELEKTR QARSHILIK PECHLARNI O\'RNATILGAN QUVVATINI HISOBLASH VA ELEKTR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davriy xolatda ishlovchi elektr qarshilik pechlari. 3.
- “Kolpok“ tipidagi pech
Xaroratiga ko’ra EKP lar kuyidagi guruxlarga bo’linadi:
- past xarorat EKP lari ( 900 - 1000 K ) ; - o’rta xarorat EKP lari ( 1000 - 1600 K ) ; yuqori xarorat EKP lari ( 1600 K dan yuqori ). Bevosita iqizitish , issiqlik bevosita kizdirilayotgan qismida elektr toki okayotgan takdirda ajraladi. 1-rasm
2- kizdirilayotgan buyum. 3- pech transformatori. Davriy xolatda ishlovchi elektr qarshilik pechlari. 3. Kuyida 3.2-rasmda davriy tizim EKP larning to’zilishi keltirilgan. Bunda a- kalpok tipidagi; b - elevator tipidagi ; v - kamerali; g - shaxta tipidagi. Rasmda kuyidagi belgilanIshlar kullanilgan: 1-maxsulot urnatiladigan stend; 2-pech kamerasi; 3 - yuqori xaroratga chidamli mufel ; 4 - kizdiruvchi elementlar; 5- kizdirilayotgan maxsulot; 6 - pechning pastga tushiriladigan tipi; 7 – kutaruvchi qurilma; 8 - pech qopkogi. 2 - rasm
“Kolpok“ tipidagi pech - futerovkalangan (yuqori xaroratga chidamli) va ko’zgalmas stendga kizdiriluvchi maxsulot urnatilgan bo’lib, ustidan avval utga chidamli mufel urnatilib, sungra maxsulotni qizdirIsh uchun mo’ljallangan K.E. bilan ta‘minlangan “kolpok“ urnatiladi. K.E. lar kolpokning ichki yon devorlariga urnatilgan. K.E. lar elektr energiyasi manbasiga egiluvchan kabel va shtepsel ajratgichlari yordamida ulanadi. Maxsulot va “kolpok” kutarIsh kranlari yordamida stendga yuklanadi va tushiriladi. Issiqlik energiyasidan foydalanIsh effektivligi va Ishlab chikaruvchanligini oshirish maksadida 2-3 stenddagi maxsulotga issiqlik Ishlovi berIsh uchun bitta “kolpok“ dan foydalaniladi (birinchi stenddagi maxsulot kizdirib bo’lingach, “kolpok“ kran yordamida ikkinchi va sungra uchinchi stendga olib urnatiladi, bunda maxsulotni sovo’tish jarayoni mufel ichida davom ettiriladi va oqibatda bor yugi mufel va kolpokda yigilgan va 10 - 15 % ni tashqil qilgan mikdordagi issiqlik energiyasi yukolishiga erIshiladi). Bunday EKP larning Ishchi xarorati 350oS dan 1250 oS gachani tashqil etadi. Misol uchun, 1,5 x 2,0 x 6,0 m kattalikdagi va massasi 100 tonna bo’lgan maxsulotni qizdirIsh pechining quvvati 570 kVt ni tashqil etsa, bundan 500 kVt “kolpok” quvvatini 70 kVt stend quvvatini tashqil etadi. Elevator tipidagi pech tipi ochik ko’zgalmas kamera va pastga tushiriladigan qismga (tubga) ega. Kamera tsilindr yoki to’rtburchak shaklga ega bo’lib, 3-4 m balandlikga ega bo’lgan ustunlarga urnatilgan. Pechning tipi gidravlik yoki elektromexanik kutarIsh qurilmasi yordamida tushiriladi va yangi maxsulot yuklangach, kameragacha kutariladi. Pechning Ishchi xarorati 700, 1000, 1250 oS ni tashqil qiladi, quvvati 600 kVt ni tashqil etadi va o’nlab tonna maxsulotga bir vaktning o’zida issiqlik Ishlovi beradi. Kamerali pechlar maxsulotni yuklab, tushirIsh eshikchasi yon tomondan bo’lgan to’g’ri burchakli kameradan tashqil topgan bo’lib, maxsulot asosan kulda yuklab tushiriladi. Kamera tipi yuqori xaroratga chidamli plita bo’lib, unga K.E..lar urnatilgan. Ishchi xarorati 1000 - 1800 K, foydali Ish koeffitsienti 65 - 70 % ga teng. SHaxta tipidagi pech - quvvati 300 - 400 kVt, Ishchi xarorati 1500 oS ga teng bo’lgan yuqori qismida maxsus mexanizm yoki kutarIsh krani yordamida ochiladigan qopkokka ega bo’lgan va Ishchi kamerasi er tipiga joylashtirilgan pechni ifodalaydi. Download 133.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling