Qarshiyeva Muxlisaga tavsifnoma qarshiyeva Muxlisa
Download 17.94 Kb.
|
TAVSIFNOMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarshiyeva Muxlisa
- Sinf rahbar
- Qarshiyeva Sarvara
Surxandaryo viloyati Jarqo`rg`on tumani 33-oʻrta taʼlim maktabining 8"B"- sinf o`quvchisi Qarshiyeva Muxlisaga TAVSIFNOMA Qarshiyeva Muxlisa mazkur maktabga 2016-yilda o`qishga qabul qilingan. Hozirda ushbu maktabning 8-sinfida o'qiydi. Barcha fanlarni yaxshi o‘zlashtiradi va a’lo baholarga o‘qiydi. Qarshiyeva Muxlisa ,shuningdek, dunyo qarashi keng, o‘z fikrini boshqalarga erkin tushuntirib bera oladi, jamoat ishlarida, bilimlar bellashuvida ham faol qatnashadi. O‘z ona tilidan tashqari ingliz tilini qisman biladi va o‘rganish jarayonini davom ettirmoqda. O‘z ustida doimiy ravishda ishlashi tufayli so‘z boyligi yuqori. Mustaqil ravishda sodda gaplarni tuza oladi, o‘zi haqida qisqacha bo‘lsa ham ma’lumot bera oladi. O‘qituvchilari va sinfdoshlari bilan yaxshi aloqada, tarbiyali o‘quvchi. Dars jarayonlariga muntazam qatnashadi, darsliklar bilan cheklanib qolmay, zamonaviy komputer texnalogiyalaridan ham foydalana oladi. Word kabi dasturlarda ishlash ko‘nikmasi mavjud. Qarshiyeva Muxlisa mas’uliyatli o‘quvchi sifatida o‘z kelajagi haqida qayg‘uradi va malakali kadr bo‘lib yetishishni xohlaydi. Maktabda oʻqish davomida u intizomli,ziyrak,zukko va tirishqoq oʼquvchi sifatida oʻzini koʼrsatdi. Bilimlarni qunt bilan oʻrganishga harakat qildi. Ingliz, ona-tili va adabiyot tarix fanlariga alohida qiziqdi. U maktabda sport toʻgaraklariga qatnashib kelmoqda. Ayniqsa,sportning voleybol turiga qiziqadi va ko`plab musobaqalarda o`z jamoasi bilan g`oliblikni qo`lga kiritgan. U kamtarin ,to`gʻrisoʻzligi va doʻstlariga mehribonligi bilan hurmat qozongan. Men, Xujaqulova Mahfuza Qarshiyeva Muxlisani kelajakda Vatan ravnaqi uchun oʻz hissasini qoʻshadigan inson boʻlib yetishishiga ishonch bildiraman. Sinf rahbari: Sarmanova Nilufar Tavsifnoma beruvchi amaliyotchi talaba: Xujaqulova Mahfuza Surxandaryo viloyati Jarqo`rg`on tumani 33-oʻrta taʼlim maktabining 9"B"- sinf past o‘zlashtiruvchi o‘quvchisi Yusupov Jamshidga TAVSIFNOMA Yusupov Jamshid 2007-yil 23-mayda Jarqo`rg`on tumanida tug`ilgan. Hozirgi kunda 33-maktabning 9-sinf o`quvchisi. Yusupov Jamshid kamgap, odamovi va biroz uyatchang bola. Ko‘p hollarda atrofidagi voqealarga etiborsiz, fikrlari tarqoq, aniq maqsadni ko‘zlay olmaydi, sinfdosh o‘rtoqlari bilan ham ko‘p vaqt chiqisholmay qoladi, yolg‘izlikni ma’qul ko‘radi. U faqatgina ona tiliga emas boshqa fanlarga ham qiziqishi kam, o‘z-o‘ziga talabchan va mas’uliyatli emas. Shunga qaramay, xulqi yaxshi, darslarga muntazam qatnashadi. O‘qituvchi bu o‘quvchi bilan qo‘shimcha ravishda ishlashi, darslarni u o‘zlashtiradigan darajada yengillashtirib o‘tishi va yengil topshiriqlar berish orqali uning faolligini oshirishi kerak . Bu o‘quvchi boshqa tili (ingliz, rus tili)da so‘zlasha oladiganlarga havas qiladi, lekin o‘zi yetarli darajada bilimga ega emasligi uchun dars davomida mashqlarni bajara olmaydi. Bunga sabab unga qo‘shimcha e’tiborning kamligi va ko‘pchilik orasida gapirishga uyalishi, tortinchoq ekanligida deb taxmin qildim. Ota-onasi va ustozlar bu o‘quvchiga darslarni o‘zlashtirish bilan bir qatorda, tengdoshlari bilan bir qatorda o`qish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni uddalashga ham ko‘maklashish lozim.Buning uchun u sinfning ilg‘or o‘quvchilari bilan ko‘proq muloqotda bo‘lishi, darsdan bo‘sh vaqtlarda birgalikda ishlashi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sinf rahbari: Jonnazarova Muqaddas Tavsifnoma beruvchi amaliyotchi talaba: Xujaqulova Mahfuza Surxandaryo viloyati Jarqo`rg`on tumani 33-oʻrta taʼlim maktabining 11"B"- sinf o`quvchisi Qarshiyeva Sarvara Akram qiziga pedagogik-psixologik TAVSIFNOMA Qarshiyeva Sarvara maktabimizning faol o‘quvchilardan biri bo‘lib, fanlardan har doim a’lo baholarga o‘qiydi va choraklik yakunlarini ham faqat besh baholar bilan tugatadi. Fanlar ichida mamematika, ona tili va adabiyot, fizika, biologiya fanlariga juda qiziqadi va “Yosh tilshunos” to‘garagining faol a’zosi. Qarshiyeva Sarvara 33-maktab va 11-sinf jamoat ishlarida ham faol ishtirokchi, uning a’lochiligi, jamoatchiligi, tashkilotchi va tashabbuskorligini hisobga olib sinf sardori bo‘lib saylangan. Sinf o‘quvchilari bilan inoq, sinfdan tashqari turli tadbirlarni tashkil etishda hamisha sinf rahbariga yordamchi, sinf o‘quvchilarini ham o‘zining ortidan ergashtirishga va tadbirlarda faol ishtirok etishlariga harakat qiladi. Qarshiyeva Sarvara ruhiy-psixologik tomondan temperamentning flegmatik turiga mansub, chunki u o`z fikrini erkin bayon etishga oshiqadi. Tabiatan ruhiy holati doim quvnoq. Do`stlariga nisbatan doim g`amxo`r, mehribon bo`lganligi sababli sinfdoshlari va tengdoshlari unga hurmat bilan qaraydi. Sinf rahbari: Berdiqulova Muyassar Tavsifnoma beruvchi amaliyotchi talaba: Xujaqulova Mahfuza Download 17.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling