Bir nafar faol o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma Urgut tuman 60-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 7B sinf o‘quvchisi Abdullayeva Oydinga pedagogik-psixologik tavsifnoma
Download 26.57 Kb.
|
Bir nafar faol o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma Asaka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinfga pedagogik-psixologik tavsifnoma Urgut tuman 60-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 7B- sinfiga berilgan pedagogik-psixologik TAVSIFNOMA
Bir nafar faol o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma Urgut tuman 60-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 7B - sinf o‘quvchisi Abdullayeva Oydinga pedagogik-psixologik TAVSIFNOMA 7B- sinf o‘quvchisi Norimova Sevara sinfda faol o‘quvchilardan biri bo‘lib, fanlardan har doim a’lo baholarga o‘qiydi va choraklik yakunlarini ham faqat besh baholar bilan tugatadi. Fanlar ichida matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlariga juda qiziqadi va “Yosh matematik” to‘garagining faol a’zosi. Norimova Sevara maktab va sinf jamoat ishlarida ham faol ishtirokchi, uning a’lochiligi, jamoatchiligi, tashkilotchi va tashabbuskorligini hisobga olib, 5-sinfda 6-sinfdan buyon sinf sardori bo‘lib saylangan. Sinf o‘quvchilari bilan inoq, Sinfdan tashqari turli tadbirlarni tashkil etishda hamisha sinf rahbariga yordamchi, sinf o‘quvchilarini ham o‘zining ortidan ergashtirishga va tadbirlarda faol ishtirok etishlariga harakat qiladi. Norimova Sevaraning faolligini hisobga olib, maktab ma’muriyati va jamoat tashkilotlari tomonidan bir necha marta yozma “Fahriy yorliq”lar va og‘zaki raxmatnomalar olishga erishgan. Men ham kelajakda Norimova Sevaraning jamiyatimiz uchun o‘z o‘rniga ega bo‘lgan kadr bo‘lishiga ishonaman. ______ Saydullayeva F. 12.05.2023 Sinfga pedagogik-psixologik tavsifnoma Urgut tuman 60-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 7B- sinfiga berilgan pedagogik-psixologik TAVSIFNOMA Men dars o’tayotgan maktabning 7B- sinfi maktabda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan sinflardan biri bo‘lib, 10 nafar o‘quvchisi bor. Shulardan nafari o‘g‘il bolalar, 9 nafari qiz bolalar. Sinf rahbari Mamarahimova N.. bo‘lib, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi. 2003 yildan buyon shu sinfga rahbarlik qiladi, 26 yillik pedagogik stajiga ega bo‘lgan tajribali o‘qituvchidir. Sinf rahbari o‘z sinfining yaxshi bo‘lishi, ularning a’lo baholarga o‘qishi va jamoat ishlarida faol qatnashishi uchun hamisha harakat qiladi, sinfini har doim qo‘llab-quvvatlab keladi. Darsdan bo‘sh vaqtlari turli qiziqarli tadbirlar o‘tkazib, barcha o‘quvchilarning faol ishtirok etishlari uchun kurashadi. Sh
u sababli ham 7A- sinf o‘quvchilarining 10 nafari a’lochi, 12 nafari “4” va”5” baholarga va 6 nafari “3” va “4” baholarga hamda 3 nafar faqat “3” bahoga o‘qiydigan o‘quvchilardir. 7A- sinf o‘quvchilaridan 5 nafari turli fanlardan maktab, tuman bilimlar bellashuvlarida ishtirok etgan bo‘lib, 3 nafari fahrli o‘rinlarni egallashgan va rag‘batlantirilgan. Bunday a’lochi sinf o‘quvchilariga Abdullayeva O, Mirzayeva S, Abdumutalova M, Olimova M, Abdumalikov M larni kiritish mumkin. 7A- sinfda a’lochi va faol o‘quvchilar bilan bir qatorda, sinfni orqaga tortadigan 2 nafar o‘quvchi ham bor. Ular Ahmedov A, Qurbonov Y bo‘lib, bu o‘quvchilar bilan alohida ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu o‘quvchilarni ham o‘quv yili oxiriga qadar faol o‘quvchilar qatoriga qo‘shishga harakat qilinmoqda. Men sinf o‘quvchilarining har biri kelgusida o‘z o‘rnini topib ketishiga va o‘zi tanlagan kasb egasi bo‘lib, jamiyatimiz uchun munosib xissalarini qo‘shishlariga ishonaman. ___ Xalilova T 12.12.2020 Download 26.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling