Qarz majburiyatlari bozori


Download 17.6 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi17.6 Kb.
#1503948
Bog'liq
bank va moliya 1


DTPI Iqtisodiyot yo’nalishi sirtqi 2-kurs 9-guruh talabasi Yormamatova Malikaning Bank va Moliya bozori fanidan tayyorlagan glossariy.
O’qituvchi:Sheraliyev Abbos
Mavzu:Moliya bozori va uning turlari.
Moliya bozori — oldi-sotdi obyekti pul yoki pulga tenglashtirilgan qogʻoz bilan bogʻliq boʻlgan bozor. Bu bozorda moliya mablagʻlarini vaqtincha haq toʻlab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan munosabatlar olib boriladi, shuningdek, pul mablagʻlarini jamgʻarganlardan qarzga oluvchilarga oʻtishi taʼminlanadi. Ortiqcha mablagʻlarga ega boʻlgan xoʻjalik subyektlari oʻz moliyaviy resurslarini mablagʻlarga muhtoj subyektlarga taklif qiladi. Moliya bozori banklarda, fond birjasida va auksionlarda oʻtkaziladi.
Moliyaviy bitimlar xarakteriga qarab, MBni turkumlashning bir necha usullari mavjud. Qaytarish tamoyili boʻyicha moliya bozori 2 ga ajraladi: qarz majburiyatlari (isteʼmolni koʻndiradigan pul) va kapital (mulk) bozori



  1. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz sifatida bozorga chiqadi va olingan pul shaxsiy isteʼmol uchun ishlatiladi.

  2. Kapital (mulk) bozorida qoʻyilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablagʻlar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olgan holda kapital bozorini 2 boʻgʻinga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qogʻozlar bozori.

  3. Ssuda kapitali bozori — pul shaklidagi kapitalning foiz toʻlash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada boʻladi. Bular, asosan, davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi.

  4. Qimmatli qogʻozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarida aksiya, obligatsiya, veksel va boshqa oldi-sotdi qilinadi. Xoʻjalik hayotining baynalmilallashuvi natijasida jahon MB paydo boʻldi.

Moliya bozorining funksiyalari:


vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarni sotish orqali jalb qilish;
takror ishlab chiqarish jarayonini moliyalashtirish;
taqsimlash funksiyasi – kapitalni tarmoqlar va kompaniyalar o‘rtasidagi oqimiga yordam beradi;
to‘laligicha iqtisodiyotni samaradorligini ko‘tarish.
Download 17.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling