Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 174-umumiy о‘rta ta’lim


Download 123.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi123.86 Kb.
#1407050
  1   2
Bog'liq
5 ТАШАББУС 1-ТОМОШАСИ.doc




Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 174-umumiy о‘rta ta’lim 
maktabi о‘qituvchisi Lochin ELMATOVning «5 TASHABBUS— BESH 
PORLOQ YULDUZ» кitobidan 
Yuqori sinf о‘quvchilari uchun 
5 tashabbusga bag‘ishlangan
sahna kо‘rinishlari 
OILADAN BOSHLANAR... 
Qatnashuvchilar: 
Muxbir – olifta teleboshlovchi 
100 yoshli momo 
Sarvigul opa va Habiba opa – momoning nevara kelinlari 
Qayumjon, Komiljon va Ziyodaxon – momoning chevaralari 
 
Musiqa yangrab, sahnaga hovliqqancha muxbir kirib keladi. 
Muxbir. Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, kuningiz xayrli о‘tsin! 
Qadrli dо‘stlar, tasvirga olish jihozlarimiz 100 yoshli onaxonning 
xonadoniga о‘rnatilgan. Bizga yetib borgan uzunquloq gaplarga qaraganda,
bugun bu fayzli xonadonda e’tiborga molik, iftixorga loyiq muhim voqea - 
5 tashabbus sababli ajib shodiyonaning guvohi bо‘larkanmiz. Odatimizga 
kо‘ra, hech kimga bildirmay, tо‘g‘ri bostirib kelaverdik. Qani, bizni kim 
qarshi olarkan, ko`raylikchi?
Shu payt musiqa yangrab Sarvigul opa va Habiba opa raqsga 
tushgancha chiqib keladi. Muxbir о‘zini panaga oladi. 
Sarvigul opa. O, bugun hayotimizdagi eng baxtli kun! Farzandlarimiz 
iqtidorli, bilimli, zukko о‘quvchilar tanlovlarining respublika bosqichida 
g‘oliblikni qо‘lga kiritdilar. Ular fan, sport, san’at, musiqa, tasviriy san’at 
yо‘nalishlaridagi kо‘plab tanlovlarda ishtirok etib, sovrindor bо‘lib 
kelishmoqda. Bundan ortiq baxt bormi, biz ota-onalar uchun.
Habiba opa. Nimasini aytasiz, Sarvigul kelinoyi, yurtimizda 
bо‘layotgan islohotlar va yangilanishlardan kо‘ngil yayraydi. О‘g‘il-



qizlarimiz uchun kompyuterlashgan maktablar, kutubxonalar, shinam va 
zamonaviy jihozlangan darsxonalar barpo etilmoqda. Ta’lim va tarbiya – 
egizak. Ayniqsa, bugun farzandlarimizning ma’naviy kamolotiga katta 
e’tibor berilayotganini ta’riflashga til ojiz. Hamma-hammasi uchun 
tashakkur! 
Sarvigul opa. Habibaxon, qush uyasida kо‘rganini qiladi. Har qanday 
ezgu ish oiladan boshlanadi. Biz ota-onalar о‘g‘il-qizlarimizga namuna 
bо‘lishimiz kerak. Qaynonalaringiz, ya’ni yetti kelin bir hovlida inoq yashab, 
bugun ularning kelinlari ham ahil turmush kechirishmoqda. Xuddi mashhur 
asardagi Farmonbibining xonadoni deysiz, gо‘yo. Bо‘sh vaqtlarimizda 
farzandlarimiz bilan kitobxonlik qilamiz.
Habiba opa. Ovsinjon, ayni paytda qaysi asarni о‘qiyapsiz? 
Sarvigul opa. Abdulla Qodiriyning “О‘tkan kunlar” romanini. 
О‘zingiz-chi? 
Habiba opa. Menmi, О‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”
romanini
bugun boshladim. Kecha bolalar bilan qisqa savollar bо‘yicha bellashdik. 
Sarvigul opa. Bir savol beraman, javobini topolsangiz, haqiqiy 
kitobxon ona ekanligingizga amin bо‘laman.
Habiba opa. Qulog‘im sizda. 
Sarvigul opa. 
Mavlono Lutfiy Navoiy bobomizning qaysi g‘azali 
uchun butun ijodini almashmoqchi bо‘lgan? 
Habiba opa. 
«Orazin yopqoch kо‘zimdin…» g‘azali uchun. 
Sarvigul opa. Ofarin. 
Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» 
romanini о‘zbekchaga kim tarjima qilgan? 
Habiba opa.
Asil Rashidov. 
 
Sarvigul opa. Balli. 
Buyuk Amir Temur onasining ismi nima edi? 
Habiba opa.
Takinaxotun. Men ham sizga savol bersam maylimi?
Sarvigul opa. Bajonidil. 
Habiba opa.
«Oygul bilan Baxtiyor»ni yozgan baxt kuychisi deya 
e`tirof etiluvchi sevimli shoirimiz? 
Sarvigul opa. 
Hamid Olimjon. 
Habiba opa. Yashang.
Sarvigul opa.
Ovsinjon, Shekspir yozgan 5 ta dramalarni sanang-chi? 
Habiba opa.
«Gamlet», «Otello», «Qirol Lir», «Makbet», «Afinalik 
Timon».
 
Sarvigul opa. 
Suvsiz daryo, daraxtsiz о‘rmon qayerda bо‘ladi?
Habiba opa. 
Xaritada. 
Sarvigul opa. (kuladi) Bо‘ldi. Tan berdim. Baribir kitob о‘qigan 
yaxshida.



Habiba opa. Buvijonimiz shuning uchun ham oila kutubxonasiga asos 
solganlarda.  
Sarvigul opa. Aytgancha, buvijonim mingga kirsinlar, barcha nevara 
kelinlarini qо‘shimcha ish bilan ta’minladilar. Farzandlarimizga maktab 
formalarini о‘zimiz – oilaviy korxonamizda tikib berayapmiz. 
Habiba opa. Katta oilani boshqarib turgan buvijonimiz 100 yoshga 
tо‘ldilar. Biz ham bu unutilmas lahzalarni yanada boyitish maqsadida, 
(tomoshabinlarga qarab sekingina) katta oyijonimiz eshitib qolmasin, ajoyib 
syurpriz tayyorladik. Naq teatr, bepul spektakl.
Sarvigul opa. Ana, g‘olib farzandlarimiz kelishyapti. 

Download 123.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling