Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 174-umumiy о‘rta ta’lim
Download 123.86 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq5 ТАШАББУС 1-ТОМОШАСИ.doc
Sahnaga rubob ushlagan, portret kо‘targan bola va atlas kо‘ylakli
qizaloq kirib keladi. Onalari ularni bag‘riga bosgancha tabriklashadi. Sarvigul opa. Qayumjon, о‘g‘lim, qani rubobda “Andijon polkasi”ni bi-i-ir chal-chi, maza qilib о‘yinga tushaylik. Musiqa yangraydi. Hamma о‘yinga tushib ketadi. Shu payt muxbir ham raqsga tushgancha sahnaga chiqib keladi. Muxbir. O, Sarvigul kennoyi, omonmisiz? Habiba opa. Voy, о‘lmasam, bu kim bо‘ldi yana? (yoqasiga tuflab) Tuf-tuf. Hovlida begona bola nima qilib yuribdi? Buvim bilib qolsa haqiqiy qо‘zg‘olon boshlanib ketadi. Muxbir. Men... men... muxbirman... shoshmang, shoshmang, poytaxtdan – televideniyedanman. Sizlar uchun efirlarimizda zо‘r turk va hind seriallarini qо‘yib borayapmiz. Kо‘ryapsizmi, zо‘r-a? Sarvigul opa. Bas qil, serialing ham, bachkana kо‘rsatuvlaring ham – hammasi befoyda narsa. Undan kо‘ra, bolalarning bilimini boyitadigan, ma’naviyatini yuksaltiradigan, bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladigan dasturlar tayyorlab efirga uzatingiz. Uzoqqa bormang, Prezidentning bu boradagi beshta tashabbusi – Sizga, barchamizga dasturilamal vazifasini о‘taydi. Muxbir. Xо‘p, kennoyijon, m-m-mayli, ketaman... Habiba opa. Tо‘xtang, bizning tomoshalarimizni syomka qilib keting, maqtanayapti, demang-u, butun mamlakatga reklama qilsangiz, namuna qilib kо‘rsatsangiz arziydi. Iqtidorli о‘g‘il-qizlarimiz tomosha qо‘yib berishga shay turibdi. Muxbir. Yaxshi, yaxshi. Tomoshaga kim izoh beradi? Sarvigul opa. Podadan oldin chang chiqarish yaxshimas. Tomoshalarimizni kо‘ring, xulosa siz, aziz insonlardan. Habiba opa. Ha, uka, chо‘ntagingizni kavlab qoldingiz? Qistir-qistir tо‘yda bо‘ladi... 4 Muxbir. Yо‘g‘-ay, kennoyi... shu... men ham bu ezgu ishga hissamni qо‘shmoqchiman, tahririyatga qо‘ng‘iroq qilib, har bir ishtirokchi о‘quvchilarga kamida bir tо‘plam – 10 tadan kitob sovg‘a qilishni eslatib qо‘yay... Muxbir chetga chiqib, qо‘l telefonida gaplashadi. Sarvigul opa. Ana, katta oyijonimiz tashrif buyurmoqdalar. (huzuriga oshiqib) Assalomu alaykum, buvijon. Iya, bir о‘zingiz, ovsinlarimiz qani? Momo. Vaalaykum assalom. Hammasi ishda. Hozir kelib qolishadi. Nima gap, Sarvigul, bugun ovsinlaring maosh oladigan kunmi, deyman, о‘zi azonlab kaftim qichiy boshlagandi. Eshitdingmi, о‘qituvchilarning maoshi yanayam oshibdi. Endi chevaralarimni repetitorga о‘qitishga hojat qolmaydi. (Muxbirga kо‘zi tushib ) E, manavi, shaytonvachcha kim bо‘ldi? Sarvigul opa. Telvideniyedan – muxbir. Bugungi tomoshalarimizni suratga olish uchun ataylab tashrif buyuribdi. Momo. Axir, buni faqat maktab sahnasida qо‘yib bermoqchiydik-ku?! Shov-shovga balo bormi? Keyin bularning har bir daqiqasining efir haqi falon ming sо‘m tursa... taraqqiyot tezlashgan zamonda pulni havoga sovurish nodonning ishi. Ha, aytgancha, bular qayerdan xabar topibdi? Habiba opa. Internet borku, oyijon. Besh tashabbusni sahnalashtirayotganimiz butun О‘zbekistonga ovoza bо‘lganda! Momo. Hm, mayli, gapni kо‘paytirmay tomoshalaringni boshlanglar, ensam qotib ketdi. Sarvigul opa. Qani, ketdik. Tomoshalar boshlandi. Habiba opa. Yaxshilar, joylashib oling, maza qilib tomosha qiling. Aytgancha, muhim eslatma: qо‘l telefonigizni о‘chirib qо‘ying! Momo. Muxbir nevaram, yur ikkimiz anavi tomoshabinlarning safiga qо‘shilaylik. Ижодкор ўқитувчи Лочин Элматов (Лочин ЭЛМУҲАММАД)нинг ижодий каналига обуна бўлинг: @lochin6033 Download 123.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling