Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumaniga qarashli 16-sonli ddmtt musiqa rahbari Sadinova Shoiraning karantin davomidagi ish faoliyati haqidagi Hisoboti


Download 14.73 Kb.
Sana13.07.2020
Hajmi14.73 Kb.
#123707
Bog'liq
16 MTT Feruza Hisoboti


Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumaniga qarashli 16-sonli DDMTT Musiqa rahbari Sadinova Shoiraning karantin davomidagi ish faoliyati haqidagi

Hisoboti

Yurtboshimiz tomonidan 16.03.2020 y kunidan e’tiboran Oʻzbekiston aholisiga vaqtinchalik karantin eʼlon qilindi. Ushbu qarorga muvofiq Maktabgacha taʼlim Vazirligi tomonidan viloyat boshqarmalariga karantin toʻgʻrisidagi buyruq eʼlon qilindi. Jumladan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasiga ham.

Men Chiroqchi tumanidagi 16-sonli DMTT Katta guruh tarbiyachisi sifatida guruh tarbiyalanuvchilari uchun Katta guruh bolajonlari "Online" guruhini tashkil etdim. Shuning bilan bir qatorda 16-sonli DMTT tomonidan tashkil etilgan kanal va guruhlarga aʼzo boʻlib, tashkilot rahbari va tarbiyachilari bilan oʻzaro hamkorlikda faoliyat olib bormoqdaman. Katta guruh bolajonlari "Online" gruppasiga oy, Hafta mavzulari haqida maʼlumot berib, online mashgʻulotlarni yoʻlga qoʻydim.

Yurtboshimiz tomonidan chiqarilgan qarorga muvofiq Bolajon kanalida namoyish etilayotgan "Aqlvoy" va "Ilk qadam" loyihasidan oʻrin olgan "Ravon nutq", "Bardam bolajon", "Ingliz tili", "Quvnoq alifbo", "Mohir qoʻllar", "Qoʻl mehnati" nomli online mashgʻulotlar tarbiyalanuvchilarning taʼlim-tarbiyasida uzilishi boʻlmasligi, aksincha yanada mukammal taʼlim olishlariga imkon yaratadi.

Yurtboshimizning 19-Maydagi "Besh Tashabbus" haqidagi farmonlariga muvofiq, tarbiyalanuvchilarga tashabbus yoʻnalishlari tushuntirilib, tashkilotimiz hududida "Besh Tashabbus" tashkil etilgan edi. Ota-onalar bilan birgalikdagi hamkorlik davomida tarbiyalanuvchi bolajonlar Abdixalilova Zebinuso Saidnabiyev Hushnudjon G’ofurova Gulsevarning "5 tashabbus" loyihasida faol ishtirok itdilar.

16-sonli Katta guruh tarbiyanuvchisi Baxriddinov Behruz Feruzjonov Lochin Nabiyeva Diyora qizimizning "online mashgʻulotlar" toʻgʻrisidagi videoroliklarida bu mashgʻulotlar, ularga foydali boʻlayotgani aks etgan. Tarbiyalanuvchilarning masofaviy taʼlim olishlari uchun har hafta Oy mavzusi va Hafta mavzusiga doir online mashgʻulotlar tayyorlab boryapman. Kunlik vazifa, topshiriqlar hamda ragʻbatlantirishlarni qoʻllab kelmoqdaman. Bu esa ota-onalar bilan oʻzaro birgalikda hamkorlikning sifatini oshiribgina qolmay , tarbiyalanuvchilar oratasidagi oʻzaro sogʻlom raqobat va samarali taʼlim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.



Men karantin tugagunga qadar bolajonlarning taʼlim-tarbiyasini bundanda maʼsuliyatliroq holda olib borishga harakat qilaman.
Download 14.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling