@dars_ishlanma_yangi
Qashqadaryo viloyati
G’uzor tuman XTBga qarashli
47-umumiy o’rta maktabining
boshlang’ich sinf o’qituvchisi _______________________ning
jismoniy tarbiya (3-sinf) fani uchun
tayyorlagan 1- soatlik dars ishlanmasi
MAVZU:
FUTBOL
2021-2022-o’quv yili uchun
3-SINF I. Dars mavzusi: Futbol.
II. Darsning maqsadlari:
ta’limiy maqsad: o’quvchilarni futbol o’yini tarixi, uning qonun – qoidalari, inson
hayotidagi ahamiyati bilan to’la tanishtirish.
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni vatanga, ona tabiatga , sportga bo’lgan muhabbat
ruhida tarbiyalash;
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni mustaqil va erkin fikrlashlariga imkon yaratish, qobiliyatlarini rivojlantirish.
Asosiy tushuncha va atamalar: futbol, darvozabon, hujumchi, himoyachi, futbol maydoni, to’p va hokazo.
O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: Bilimlar:
futbol qanday o’yin ekani haqida bilish;
futbol tarixi haqida bilish;
hujumchining vazifasini bilish;
yarim himoyachi va darvozabonning vazifasini bilish. Ko’nikma va malakalar:
to’pni tashlashni o’rganish;
oyoq yuzining o’rta qismi bilan to’p tepishni o’rganish;
to’pga kalla bilan zarba berishni o’rganish;
futbolning ahamiyati va mavqeyi haqida gapirish.
Darsning metodlari: Aqliy hujum, “Darvozangni qo’riqla” metodi.
Do'stlaringiz bilan baham: |