Qashqadaryo viloyati
G’uzor tumani 47-maktabning
texnologiya fani o’qituvchisi
MINGBOYEVA SARVINOZning
“Yo’l-yo’l usulida ushlagich” mavzusida
tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi
Quroq tarixi
Har xil gazlamalarni birlashtirib tikish san`ati, XII asrda ma`lum bо‘lgan ekan. Bu san`at “ quroq ” deb ataladi. Uni sо‘z talqini lug‘atda bunday berilgan:
Turli rang va shakldagi gazlama parchalaridan, ulab – qurab hosil qilingan buyum.
Masalan: quroq kо‘rpa, yostiq, kо‘rpacha, rо‘mol va hokazo. Quroq usulida tikish birinchi marta Angliya davlatida paydo bо‘lgan bо‘lib u yerdan kо‘chmanchi xalq orqali, Amerika va Avstraliya xalqlariga etib kelingan. U yerdagi ayollar, eski kiyimlardan, yangi kiyimlar tikishgan. Urta Osiyoda xam bu san’at keng rivojlangan.Bu san’at xakida xech bir tarixlarda yozilmagan, lekin xalq orasida keng tarqalgan. Bu san’at usulida tikilgan buyumlar yuqori didni, gо‘zallikni , tadbirkorlikni , mehnatsevarlikni talab qiladi . Bizda bu tikish usuli quroq deb ataladi .Milliy quroqchilik san’ati bu о‘lmas san’atlardan biri . Bu san’at bundan keyin ham davom etib keladi.Qadimda bu san’at momolarimizning eng sevimli ishlaridan biri bо‘lgan . Bu san’at bilan ular о‘z uylarini ajoyib qadimiy dizayn asosida bezatishgan. Tо‘y- xashamlar uchun , ya’ni qiz uzatib, о‘g‘il uylantirmoqchi bо‘lsalar ular quroq kо‘rpacha, yostiqlar va har xil quroq bezaklar tikishgan. Bu ishlar bilan ular keyinchalik avlodlarga shu quroqchilik san’atini meros qilib qoldirishgan.
“Yo’l-yo’l” usulda tayyorlangan buyumlar Gazlama uchun ishlatiladigan shablon “Yo’l-yo’l” usulda tikilgan ushlagich
Do'stlaringiz bilan baham: |