Qashqadaryo viloyati misolida) 7072280-Kadastr (Davlat kadastrlari yagona tizimi) mutaxasisligi magistr


Davlat o’rmon kadastrini yuritish tartibi va sxemasi


Download 86.87 Kb.
bet7/8
Sana04.02.2023
Hajmi86.87 Kb.
#1162291
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Disertatsiya 1

Davlat o’rmon kadastrini yuritish tartibi va sxemasi.

Davlat o`rmon kadastrini yuritish Davlat o`rmon kadastri ob’ektlarining barcha turlarini ro`yxatlashni, ularning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy bahosini hisobga olishni, shuningdek kadastr axborotlarini to`plash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni o`z ichiga oladi.


Davlat o`rmon kadastri ob’ektlari ro`yxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini va iqtisodiy bahosini hisobga olish uchun asos hisoblanadi. Davlat o`rmon kadastri ob’ektlarining barcha turlari boshlang`ich ro`yxatga kiritilishi kerak. Bunda asosiy ko`rsatkichlar qayd еtiladi, ularning tarkibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Ro`yxat natijalari bo`yicha har bir ob’ekt uchun pasport tuziladi. Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobi Davlat o`rmon kadastrining har bir ob’ekti bo`yicha amalga oshiriladi. Davlat o`rmon kadastri ob’ektlarining miqdor va sifat tavsiflarida kelgusida ro`y beradigan o`zgarishlar joriy hisobga olishda qayd еtiladi. Davlat o`rmon kadastri ob’ektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobi ularning iqtisodiy, texnologik, biologik va еkologik belgilari bo`yicha tasnifini o`z ichiga oladi, ularning tarkibi Davlat o`rmon kadastrini yuritish bo`yicha normativ hujjatlarda belgilanadi. Davlat o`rmon kadastri ob’ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi tomonidan "Ergeodezkadastr" davlat qo`mitasi bilan kelishgan holda, kadastr axborotlarini taqdim еtishning texnik parametrlari va formatlari ishlab chiqiladi. Hujjati rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axborotlari kadastr daftariga yoziladi va Davlat o`rmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladшю Davlat o`rmon kadastri ob’ektlarini iqtisodiy baholash soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har qaysi ob’ekt qiymatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Davlat o`rmon kadastri ob’ektlarini iqtisodiy baholash ularning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Davlat o`rmon kadastri ob’ektlari to`g`risidagi kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi tarkibiy va hududiy bo`linmalarining Davlat o`rmon kadastrini yuritishni amalga oshiruvchi rahbarlari javob beradilar [3]


Download 86.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling