Qashqadaryo viloyati misolida) 7072280-Kadastr (Davlat kadastrlari yagona tizimi) mutaxasisligi magistr
Download 86.87 Kb.
|
Disertatsiya 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- ("Ergeodezkadastr" davlat qo`mitasi)
- Davlat o`rmon kadastri
- II-BOB. Qashqadaryo viloyatining umumiy yer maydoni, yer toifalari va o’rmon fondi yerlarini o’rganish.
- Qashqadaryo viloyatida yer fondining toifalarga bo ‘linishi. 2021 yil 1-yanvar xolatiga ko ‘ra.
- 2.2 Qashqadaryo viloyati o’rmon fondi yer maydonlarini o’rganish........
- 2.3 Qashqadaryo viloyatida o’rmon xo’jaligi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida.
Nizomga
ILOVA Davlat o`rmon kadastrini yuritish SXEMASI
Qashqadaryo viloyati tumanlaridagi о‘rmon xо‘jaliklarining yer maydonlari quydagilarni tashkil etadi. Shu jumladan: G‘uzor tumanida 7028 gektar, Dehqonobod tumanida 101377 gektar, Qamashi tumanida 86804 gektar, Qarshi tumanida 849 gektar, Qarshi shahrida 181 gektar, Kasbi tumanida 22 gektar, Kitob tumanida 76562 gektar, Koson tumanida 1773 gektar, Muborak tumanida 12209 gektar, Nishon tumanida 2856 gektar, Mirishkor tumanida 596 gektar, Chiroqchi tumanida 28525 gektar, Shahrisabz tumanida 75733,1 gektar va Yakkabog‘ tumanida 17533,7 gektar о‘rmon fondi yerlarini tashkil qiladi. Qashqadaryo viloyat о‘rmon xо‘jaliklarining yer maydonlari eng katta qismi Dehqonobod tumanida ya’ni 101377 gektar tashkil qiladi. 2.3 Qashqadaryo viloyatida o’rmon xo’jaligi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 23.07.2020-yil. Qashqadaryo viloyatida tog‘, tog‘ yonbag‘irlari va cho‘l hududlaridagi samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlaridan unumli foydalanish, yaylovzorlar, pista, bodom plantatsiyalarini barpo etish va o‘rmonzorlarni ko‘paytirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyati hokimligining Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Yangi tashkil etilayotgan Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligining tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2966-sonli qarorining 5-ilovasiga muvofiq shakllantirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Quyidagilar Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: o‘rmon barpo etish, o‘rmon fondini har tomonlama kengaytirish, ularni muhofaza qilish va o‘rmon boyliklaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; ajratilgan yer maydonlarida pista, bodom va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish hamda ko‘chatxonalar tashkil etish; o‘rmonlarni tiklash, ihota o‘rmonzorlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tog‘ yonbag‘irlari hamda cho‘l hududlarida eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish; o‘rmonlarni yong‘indan, zararkunanda va kasalliklardan, noqonuniy daraxt kesishdan va o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlari boshqa buzilishlaridan muhofaza qilish va nazoratini olib borish. 4. Qashqadaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligiga bepul foydalanish huquqi bilan ma’muriy bino ajratilishini ta’minlasin. 5. Qashqadaryo viloyati hokimligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda: tabiiy o‘rmonzorlar maydonlari, dorivor o‘simliklar zahirasi mavjud maydonlar va tuman hokimliklari zaxirasidagi yer maydonlarini pista va bodom plantatsiyalarini barpo qilish hamda dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan o‘rmon xo‘jaliklariga ajratib berilishini Chiroqchi tumani hududidagi yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazib, tabiiy o‘rmonzorlar va samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlaridan 18.7 ming gektar maydonni doimiy foydalanish huquqi bilan yangi tashkil etilayotgan Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligiga belgilangan tartibda ajratib berilishini ta’minlasinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi: bir oy muddatda yangi tashkil etilayotgan Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligining nizom va shtatlar jadvalini tasdiqlanishini ta’minlasin: ikki oy muddatda pistachilik sohasini yanada rivojlantirish, pistaning mamlakatimiz tuproq iqlim sharoitiga mos serhosil va yuqori sifatli navlarini ko‘paytirish hamda kelajakda yangi istiqbolli navlarini yaratish maqsadida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Pistachilikni rivojlantirish ilmiy tajriba uchastkasi faoliyatini tashkil etsin. 7. Belgilab qo‘yilsinki, Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyatini moliyalashtirish 2019 yilda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining jamg‘arma mablag‘lari hisobidan keyingi yildan boshlab budjet, jamg‘arma, budjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda viloyatda mavjud tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxirasini o‘rganishga va yo‘qolib ketish arafasida turgan Tojik kovragi (Ferula tadshikorum Pimenov) va Kapalakqo‘nmas (Ajuga turkestanica)(Regel) (Briq) larning zahirasi, muhofazasi, monitoringi hamda uning tabiiy o‘sish areallarida madaniy plantatsiyalarini tashkil qilish uchun yetishtirish usullarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy loyihalarni amalga oshirilishi uchun loyixa mablag‘larini ajratilishini ta’minlasinlar. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J.Bakirov va Qashqadaryo viloyati hokimi Z.SH.Ro‘ziyev zimmasiga yuklansin. Download 86.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling