Qat-qat somsa tayyorlash
Download 1.11 Mb.
|
ajoyib retseplar
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Bulochka uchun xamir" tayyorlash
Qat-qat somsa tayyorlash Hamiri uchun kerakli masalliqlar: 4 stakan un, 1 stakan issiq (qo'l kuymadigan darajada) suv, 1 tuhum, 50 gr. saryog', 1 choy qoshiq tuz, krahmal (xamir yoyish uchun), Saryog' yoki o'simlik yg'i (Jir)* Qiyma: O'zingiz yoqtirgan hohlagan bir qiyma (qovoqli bo'lsin, hoh go'stli, hoh ismaloqli) hlatishingiz mumkin. Xamir qorishga mo'ljallagan idishimizga un, tuz, suv, tuhum va eritilgan saryog'ni solib,yumshoq, qo'lga yopishmaydigan hamir qoramiz Hamirni teng 3 zuvalaga bo'lib, qiyma xozirlaguncha ustini yopib, qo'yamiz Qiyma uchun: go'shtni yog'li joyidan kvadrat shaklida to'g'rab olib, to'g'ralgan go'shtning 4 dan 3 qismiga teng piyoz to'g'rab olamiz. Ta'bga ko'ra tuz, murch, ziravorlar va ko'katlar qo'shish mumkin. Xamir yoyishga o'tamiz. Har bir zuvalani un o'rniga krahmal sepib, yupqaroq yoyib chiqamiz. Hohlasangiz 2 zuvalani 1 martada yoyish mumkin.(rasmdagidek sal kattaygach 2 hamirni krahmal sepib, ustma ust qo'yib yoyilaveradi) Kraxmal tufayli zuvalalarni qanchalik yupqa yoysangiz ham ular bir biriga yopishmaydi 3 zuvalaniyam yoyib bo'lgandan keyin, 1-yoyilgan xamirni qo'yib, eritilgan o'simlik yog'i(*1) bilan yog'lab, ustiga 2-yoyilgan hamirni qo'yamiz.. uni ham ustini yog'lab, 3-yoyilgan hamirni qo'yib yog'lab, rulet qilib o'raymiz. Ruletni 22-24 bo'lakka bo'lamiz. Har bir bo'lakni yonidagi hamir tamom bo'lgan joyini olib orqasini yopib chiqamiz (yoyilganda qatlar orasi ochilmasligi uchun) Bo'laklar yoyilib, qiyma solib bukilgach(*2). 200C yoki 380F gradusga qizigan duhovkada 35-40 minut yoki usti chiroyli qizarib chiqquncha pishirib olamiz "Bulochka uchun xamir" tayyorlash: Sutni ilitib olinadi, shakar, achitqi qo‘shiladi. 10 daqiqaga olib qo‘yiladi. Un elanadi, tuz va yumshagan saryog‘ qo‘shiladi. Un biln saryog‘ yaxshilab urvoqlanadi. Sut qo‘shiladi. Xamir qoriladi. Usimlik yog‘i bilan surtilgan idishga solinadi. Xamir tayyor bo‘lishi uchun 1.5 soat issiq joyda tindiriladi. So‘ngra bulochka tayyorlash mumkin bo‘ladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling