Qatlami ostida va titrama yoy usuli bilan avtomatik tarzda eritib qoplash
Elektrodlar, qo‘llaniladigan flyuslar va ularga qo’yiladigan talablar
Download 499.53 Kb. Pdf ko'rish
|
9-MAVZU
9.2. Elektrodlar, qo‘llaniladigan flyuslar va ularga qo’yiladigan talablar.
Eritib qoplanadigan metallarga quyiladigan talablarga muvofiq kami uglerodli (Св-08, Св-08A), marganetsli (Св-0,8Г, Св-0,8ГA), kremniy-marganetsli (Св-0.8 ГС, Св- 0,8Г2С, Св-12ГС) ko‘p uglerodli (Нап-65, Нп-80) va legirlangan (Нп-65G, Нп- 30XГСA, Нп-40X13) po‘latdan yasalgan simdan va turli tarkibli flyuslardan: eritilgan, keramik hamda aralashma flyuslardan foydalaniladi. AН-348 A, AН-60 turdagi eritilgan flyuslar tarkibida stabellovchi va shlak hosil qiluvchi elementlar bo‘lib va komponentlarni eritib hosil qilinadi. Ular yoyning barqaror yonishini ta’minlaydi, eritilgan qatlam yuqori sifatli bo‘ladi va zararli aralashmalarni kam ajratib chiqaradi. AнK-18, AнK-19 turdagi keramik flyuslar tarkibida stabellovchi va shlak hosil qiluvchi elementlardan tashqari ferroxrom, ferromarganets kabi legirlovchi ferroqotishmalar ham bo‘ladi. Ular metalni legirlash va yeyilishga bardoshli qoplamalar olish imkoniyatini beradi.Flyus aralashmalar AН-348A flyusga ferroxrom, ferromarganets va grafitlar qo‘shib hosil qilinadi. Flyus qatlami ostida eritib qatlam hosil qilish, eritib qoplanadigan metall sifatiga sezilarli ta’sir qiladi. Ta’minlash manbai payvandlash tokining kuchi I CB (A) va kuchlanish V (V) eritib qoplanadigan detal diametriga ko‘ra quyidagi emprik formula bo‘yicha aniqlanadi: : 40 3 Д I СВ СВ I V 04 , 0 21 Bu erda: Д- detal diametri, mm Eritib qoplash tezligi (V H ) valiklarning eni va chuqurligiga qarab, quyidagi formula bo‘yicha topiladi. 100 F I К СВ Н Bu erda: K н - eritib qoplash koeffitsienti, g/A soat va (K Н = 2,3 +0,065) I св /d, bu erda d- elektrod simining diametri. F - eritib qoplangan valikning ko‘ndalan kesim yuzasi, sm 2 (elektrod simining diametri d =1,2-2 bo‘lganda F =0,06-0,2 sm 2 ) - metal chokning zichligi, g/sm 3 Elektrod simning chiqib turgan uchining uzunligi Н (mm) (10..15) d chegarasida olinadi. Eritib qoplash qatlami S (mm) valiklarning bir-birini yopib turishi bilan aniqlanadi va u (2..2,5) d ga teng qilib olinadi. Elektrod simni surib turish tezligi 3 V uning to‘la eritilishi bilan ifodalanadi va quyidagi formula bilan topiladi: 2 3 4 d I К СВ Н Elektrodning zenitdan surilishi detalning aylantirilishiga nisbatan teskari tomondan bo‘layotgani, bir tomondan, eritib qoplanadigan qatlamning shakllanishini yaxshilasa, ikkinchi tomondan, eritib qoplanayotgan qatlamning qalinligini kamaytiradi, chunki suyuq metal vannasi bosimi ta’siridan payvandlash yoyi surib chiqariladi. Shuning uchun elektrodning zenit tomonidan surilishi a=(0,5..0,6)d ga teng qilib olinadi. Download 499.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling