Qatlami ostida va titrama yoy usuli bilan avtomatik tarzda eritib qoplash


 Eritib qoplangan metallni legirlashning mohiyati va uning uslublari


Download 499.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi499.53 Kb.
#1567664
1   2   3
Bog'liq
9-MAVZU

9.3. Eritib qoplangan metallni legirlashning mohiyati va uning uslublari. 
Detallarning silindrik sirtlariga flyus qatlami ostida avtomatik tarzda eritib qoplashning 
o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Flyus qatlami ostida avtomatik tarzda eritib qoplashning 
rejimlari mavjud. Bu rejimlarning ketma-ketligi jadvalda keltirilgan. 
Flyus qatlami ostida detallarning silindrik sirtlariga avtomatik tarzda eritib qoplash 
rejimi. 
Tiklanadig
an detal 
diametri, 
mm 
Elektrod 
sim 
diametri, 
mm 
Tok 
kuchi, A 
Kuchla
nish, V 
Tezligi, m/soat 
Elektrodni
ng 
zenitdan 
surilishi, 
mm 
Sim 
surilishi 
ning 
Eritib qoplash 
ning 
40-50 
60-70 
80-90 
100 
1,2..1,6 
1,6..2 


110...130 
170..180 
170..200 
170..200 
25..28 
26..28 
26..29 
26..29 
70..100 
10..120 
120..150 
120..150 
14..18 
20..24 
20..24 
20..24 
4..5 
5..6 
6..7 
7..8 
Flyuslar kompozitsiyasi eritiladigan shixtaga bevosita dastlabki komponentlar 
ko‘rinishida yoki oldindan kristall bura, bor kislotasi silikokalsiy aralashmasini 850
0
С 
haroratda eritilgan holda kiritiladi. Eritilgan flyuslar П indeksi va uning yonidagi bor 
angdridi va bura massasi nisbatini bildiruvchi raqam bilan belgilanadi. 
Gaz alangasida payvandlash va eritib qoplashda metallarni eritish uchun kislorol 
muhitida yonuvchi gazlar (atsetilen, metan, propan va b.) alangasidan foydalaniladi. 
Yоnuvchi gazlar ichida atsetilen keng tarqalgan, chunki u yonganda alangasi 3100-3300 
0
С gacha harorat beradi. Gaz alangasida payvandlash va eritib qoplash payvandlash 
gorelkasi yordamida bajariladi, gorelkada yonuvchi gaz kislorod bilan ma’lum miqdorda 
aralashadi. Kislorod bilaen atsetilenning o‘zaro nisbatiga qarab normal (neytral), 
oksidlovchi (kislorod ortiqcha) va tiklovchi (atsetilen ortiqcha) bo‘lgan alangalar bir-
biridan farqlanadi. Po‘lat, mis, alyuminiy va bronza detallarda neytral alangadan 
foydalanib payvandlaganda eritib qoplangan material yuqori mexanik xossalarga ega 
bo‘ladi. Bunda gorelka alangasining quvvati 1 mml metal qatlamini payvandlashda 
atsetilenning sarfi 100-120 l/soat hisobidan olinadi. 


O‘zining kimyoviy tarkibiga ko‘ra payvandlanadigan detalga mos keladigan 
qo‘shimcha payvand materiali sifatida simdan, chiviq, to‘ldirgich bilan to‘ldirilgan 
naysimon sterjenli va kukunlardan foydalaniladi. Kukunsimon materiallar va qattiq 
qotishmadan 
iborat 
to‘ldirgichli sterjenlar yeyilishga chidamli qoplamalarni 
payvandlashda ishlatiladi. 
Flyuslar eritilgan metalni oksidlashdan saqlash va hosil bo‘lgan oksidlarni ketkazish 
uchun ishlatiladi. Ular yo kimyoviy reaksiyaga kirishadi yoki oksidlarni eritadi.
Kam uglerodli po‘latlar Св-0,8A va Св-0,8ГA simi bilan ko‘p uglerodli legirlangan 
po‘latlar bura, kremniy va bor kislotali flyus bilan birga Св- 0,812С, Св-12ГС, Св-
18XГСA sim bilan payvandlanadi. Qalinligi 3 mm dan ortiq bo‘lgan detallarni 
payvandlashdan oldin 250-300 
0
С gacha, ayrim joylari esa 650-700 
0
С gacha qizdiriladi.
Cho‘yanni payvandlash uchun umuman detal yoki uning ayrim joylari qizdiriladi. 
Kichkina detallar bevosita payvandlashdan oldin gorelka alangasi bilan, yiriklar esa 
maxsuks pech va qurilmalardan qizdiriladi. Detallarni 600-650 
0
C gacha qizdirish va uni
payvandlagandan keyin esa asta-sekin sovitish yangi darzlar paydo bo‘lishini oldini 
oladi. Agar detal tez sovitilsa, payvand chok oqarishi katta ichki kuchlanishlar paydo 
bo‘lishi natijasida darz ketishi mumkin. 
Oldin qizdirib keyin payvandlashda diametri 4,6,8,10 va 12 mmli cho‘yan sterjenlar 
yoki Л-62 jez chiviqlar ishlatiladi. Cho‘yanni payvandlash neytral yoki tiklovchi 
alangada atsetilenni 0,1-0,12 m
3
/soat sarflab bajariladi. 
Eritilgan cho‘yan havodagi kislorodni yutadi va erish harorati 1400 
0
С bo‘lgan qiyin 
eriydigan parda bilan qoplanadi. Bu parda eritilgan metalldan gazlarning chiqishiga 
tusqinlik qilib, payvand chokda g‘ovak va po‘k joylar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 
Shuning uchun payvandlash vannasidan oksidlarni chiqarib tashlashda tarkibida texnik 
bura yoki buraning bor kislotasi va natriy ikki karbonat angidridi bo‘lgan flyuslardan 
foydalaniladi. Bu flyuslar oksidlar bilan birga engil suyuqlanuvchan kimyoviy birikma 
hosil qilib, shlak ko‘rinishida payvandlash vannasi sirtiga qalqib chiqvadi. 
Alyuminiy va uning qotishmalarini payvandlash tarkibida litiy, natriy, kaliy va 
bariyning xlorli ftorli tuzlari bo‘lgan AФ-4A, AН-4A, AН-A201 flyus eritgichlardan 
foydalanib, normal alangada amalga oshiriladi. Qo‘shimcha payvand materiali sifatida 5-
6% kremniy qo‘shilgan alyuminiy qotishmasidan foydalaniladi. 
Nazorat savollari. 
1.Flyus qatlami ostida avtomatik tarzda eritib qoplash payvandlashga nisbatan qancha 
unumli? 
2.Flyus qatlami ostida avtomatik tarzda eritib qoplashda qanday kallaklardan 
foydalaniladi? 
3.Eritib qoplashda qanday tipdagi elektrodlardan foydalaniladi? 
4.Eritib qoplangan metall qanday qilib legerlanadi? 


5.Flyus payvandlashda nima uchun ishlatiladi? 
6.Flyus bilan payvandlashda qanday chiviqlar ishlatiladi? 

Download 499.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling