Qatlamlarning neft beruvchanligini oshirish uchun zamonaviy usullari va samaradorli
Download 274.52 Kb.
|
laziz4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noorganik nazariya
Organik nazariya
Neft birikmalarini aniqlay oladigan ko‘rsatkichlar mavjud. Ulardan biri gil jinslardir. Bu bir vaqtlar dengiz tubida yotib qolgan loy. Vaqt o‘tishi bilan u dengiz hayvonlari qoldiqlari, qum va loy bilan aralashib, to‘planib, yanada chuqurroq joylashadi. Million yillar o‘tgach, zichlanish, yuqori harorat va yer bosimi ta’siri ostida bunday loy tog‘ jinsiga aylanadi. Yer ostida chuqur joylashgan organik moddalar yuqori harorat va bosim ta’sirida parchalanib, kimyoviy reaksiyalar jarayonida neftga aylanadi. Bu o‘zgarish uchun 50-350 million yil kerak bo‘ladi, bu esa geologlarning sayyora rivojlanishi bo‘yicha bergan ma’lumotlariga to‘liq mos keladi. Yer yuzidagi barcha neft va gaz kompaniyalari aynan shu nazariyaga amal qilib kelmoqda, shu sababli neft loyli slanets bor joyda izlashdan boshlanadi. Noorganik nazariya Kimyo sanoatining rivojlanishi neft va gaz noorganik birikmalardan laboratoriya sharoitida olish mumkinligini ko‘rsatdi. Masalan, uglerod oksidi va vodorod aralashmasi (sintez gazi) uglevodorodlarga aylanishi mumkin. Aynan shular neft va tabiiy gazdan iborat. Bundan tashqari, uglevodorodlar ko‘pincha kutilmagan joylarda, masalan, Rossiyaning Kolsk shahridagi o‘ta chuqur qudug‘ida yoriqlar natijasida hosil bo‘lgan ko‘llar tubida va yer ostidagi vulqon otadigan moddalar tarkibida paydo bo‘ladi. Shuning uchun ba’zi geologlar neft yer tubining 50 dan 240 kilometrdagi chuqurligida hosil bo‘lgan deb hisoblashadi. Ular yonuvchan suyuqlik metan zaxiralaridan kelib chiqadi, so‘ngra yangi zarb qilingan neft bo‘shliqlar va yoriqlar orqali sayyoramizning yuqori qatlamlariga yetib boradi, deb aytishadi. Ushbu nazariyadagi nuqson shundaki, bu tarzda shakllangan manba klasterlari har qanday joyda to‘planishi mumkin. Undan ko‘ra loyli slanetsni izlab topish ancha osonroq. Biroq, mabodo neft va gazning kelib chiqishi noorganik bo‘ladigan bo‘lsa, unda ularning zaxiralari bitmasdir. Gap ularni qanday izlab topishda. Neft sanoati — ogʻir sanoat sohasi. Neft va gaz konlarini qidirish, kon quduqlari qazish, neft va neft bilan aralash chiqadigan gazni qazib olish, neft gazini qayta ishlash, neftni quvurlar orqali joʻnatishni oʻz ichiga oladi. Neft sanoati neft quduqlarini mexanik usulda qazishga oʻtilgan davrdan (AQSH, 1859) rivojlana boshladi, deb hisoblanadi. Rossiyada 1-neft qudugʻi Kubanda 1864-yilda qazilgan. Neft sanoati Kanadada 1862-yildan, Venesuelada 1917-yildan, Eronda 1908-yildan paydo boʻlgan. Oʻzbekistonda dastlabki neft koni 1904-yilda ochilgan (Fargona vodiysidagi Chimyon neft konida 278 m chuqurlikdan sutkasiga 130 t neft olingan). Oʻsha yili Vannovsk (hozirgi Oltiariq) temir yoʻl stansiyasida neftni kayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Oʻzbekistonda neft sanoatining paydo boʻlishi shu sanadan boshlanadi. Keyinroq Fargona botigʻida Yorqoʻton, Selroxs konlari ham ochildi, Chimyon-Vannovsk neft quvuri qurildi, neftni qayta ishlash zavodi kengaytiriddi. Shu davrda rus va chet el kapitali neft qazib olish, uni qayta ishlash, neft mahsulotlarini sotishni toʻla oʻz nazoratiga oldi. "Santo" — Oʻrta Osiyo neft savdosi shirkati tashkil etildi. 1913-yilda jami 13 ming t neft qazib olindi. Oktabr toʻntarishidan keyin neft konlari va neftni qayta ishlash korxonalari natsionalizatsiya qilinib, neft konlarini izlash, ishga tushirish ham shoʻrolar hokimiyati ix-tiyoriga oʻtkaziddi. Oʻzbekistonga boshqa respublikalardan, ayniqsa, Rossiyadan koʻplab mutaxassislar kela boshladi. Qoʻqon shahrida "Oʻzbekneft" (1924), Termiz shahrida "Termizneft" (1936) trestlari tashkil qilindi. Qoʻqon neft texnikumi (1935) ochildi. Urushgacha boʻlgan davrda Surxondaryo viloyatida ham neft konlari ochildi va ishga tushirildi (1935; Uchqizil, Xavdag). 1940-yilda mamlakatda neft olinadigan konlar soni 11 taga yetkazildi. 1941—45 yillarda yangi neft konlari (Fargʻona vodiysida Jan. Olamushuk, Polvontosh, Andijon) ochildi va tez fursatda ishga tushirildi. Oltiariq zavodi kengaytirildi. Oʻsha davrda respublikada neft sanoatining infratuzilmasi ham vujudga keldi. 1941-yilda 196 ming t, 1945-yilda 478 ming t neft qazib olindi, 50-yillardan neft konlarida telemexanizatsiya vositalari qoʻllanildi, turbinali burgʻilash joriy qilina boshladi. 1959-yilda Fargʻona vodiysi va Surxondaryo viloyatidagi 9 neft konining oʻzidan 1460 ming t dan ziyod neft olindi. Usha davrda Buxoro-Xiva hududlarida topilgan neft konlari ishga tushirildi, ularning negizida neft va gaz qazib olish boshqarmasi tashkil etiddi. 70-yillar boshidan ayrim neft konlaridagi zaxiralarning tugashi natijasida neft qazib olish kamaydi. Yangi neft konlarini topish uchun chuqur quduqlar qazish oʻzlashtirildi. Voruxda 5200 m, Gʻumxonada 5670 m, Chust-Popda 5805 m, Mingbuloqda 6006 m oʻta chu kur neft quduqlari burgʻilandi. 1985-yilda Buxoro-Xiva provinsiyasida yaxshi tarkibli, neft-gaz kondensatli Koʻkdumaloq koni ochildi. Oʻzbekiston Respublikasi mustakillikka erishganidan soʻng Neft sanoatini rivojlantirish masalasi muhim ishga aylandi. 1992-yil 23-dekabrda neft va gaz sanoati hamda u bilan bogʻliq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilib, "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyam tashkil etildi. 1993-yil Fargʻona botigʻining oʻta chuqur qatlamlaridan (Mingbuloq tuzilmasidan) neft otilib chiqdi (qidiruv burgʻilash ishlari davom etmoqda). Respublika neft sanoati xalq xoʻjaligining neftga boʻlgan talabini toʻliq qondirish imkoniyatlariga ega. Ayniqsa, Koʻkdumaloq koni jadal surʼatlar bilan ishga tushirildi. 1995-yilda Oʻzbekistonda 7 mln. t ga yaqin neft va kondensat qazib olindi. 1991—2003-yillarda Oʻzbekistonda neft va gaz kondensatini olish 2,8-marta oshdi (1990-yilda 2,81 mln. t; 1997-yilda 7,9 mln. t) va 1995-yilda neft importini tugatib, respublikaning neft mustaqilligini taʼminlashga imkon yaratdi. 2001-yilning yanvariga kelib Oʻzbekistonda 59 kondan neft olindi, 17 ta kon ishlatishga tayyorlangan va konservatsiyada. 13 ta kon qidiruv holatida. Neft qazib olish va konlarni izlab-tekshirish boʻyicha Oʻzbekiston — Malayziya qoʻshma korxonasi (Oʻz-Maloyl) (1994) tashkil etildi. Oʻzbekiston neft mustaqilligiga erishgach, chetdan neft va neft mahsulotlari tashib keltirishga zarurat qolmadi. 2000-yilda Oʻzbekiston Neft sanoatida gaz kondensata bilan birga 7,53 mln. t neft qazib olindi. Neft-kimyo sanoatining rivojlanishi tufayli hozirgi zamon iqtisodiyotida neftning ahamiyati ortib bormoqda. Jahonda Neft sanoati AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Quvayt, Venesuela, Xitoy va boshqa mamlakatlarda rivojlangan Neft konlari - Yer poʻstida maʼlum tektonik strukturada joylashgan va uni chiqarib olish iqtisodiy ji-hatdan foydali hisoblangan neft uyumlari. Neft konlari antiklinal burmalarda va tektonik uzilgan monostrukturali tabiiy tutqichlarda joylashgan. Neft konlarini tavsiflovchi asosiy para-metrlar: kon maydonining geologik tuzilishi, lokal strukturaning asosiy strukturalarga nisbatan joylashishi, turli strukturali palanlar mavjudligi, mahsuldor gorizontlar, uyumlar turi, uglevodorodlarning fazaviy xrlati, zaxiralari, ularning maydon boʻylab zichligi va boshqa Neft konlari bir necha strukturali qavatlarni birlashtirishi mumkin. Uyumlar turiga qarab konlar bir qatlamli yoki koʻp qatlamli boʻladi. Konda neftning fazaviy miqdoriga qarab neft, neft-gaz, gaz-neft, gaz-kondensat-neft konlariga boʻlinadi. Oʻzaro yaqin joylashgan bir necha yirik neft-gaz konlari havzalarni tashkil qiladi. Neft konlari tabiatda, asosan, choʻkindi jinslardan hosil boʻlganligi sababli bir yoki bir necha mahsuldor qatlamdan tuziladi. Neft konlari zaxiralari umumiy (geologik) va olinishi mumkin boʻlgan (sanoat) zaxiralariga boʻlinadi. Neft va gaz uyumlari tuzilishiga koʻra, katlamli gumbaz uyumi (govakli jinslarda), qatlamsiz gumbaz uyumi (gʻovak yoki darzli jinslarda) va stratigrafik chegaralangan guruhlarga boʻlinadi. Neft konlari Yer yuzining barcha kitʼalarida, kontinental shelfda uchraydi. Jumladan, Meksika qoʻltigʻi neft-gazli havzasi, Shim. dengiz, Kaspiy, Kora va Oʻrta dengizlar va boshqa suv xav-zalari tubidagi jinslarda mavjud. Neft va gaz konlari proterozoy erasidan toʻrtlamchi davrgacha boʻlgan qatlamlar orasida joylashgan. Xorijda 19-asrda Apsheron ya.o., Grozniy shahri yaqinida, Krasnodar oʻlkasi, Cheliken ya.o. va boshqa joylarda topilgan. Keyin-roq Turkmaniston, Qozogʻiston, Ukraina, AQSH, Nigeriya, Yaqin Sharq mamlakatlarida ham Neft konlari ishga tushirildi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida neft va gazliligi aniqdangan 5 regionda (Buxoro—Xiva, Ustyurt, Surxon-daryo, Hisor jan.-gʻarbi va Fargʻona) neft va gazni qidirish boʻyicha regional ishlar olib borilmoqda. Natijada 450 dan ortiq suyuq va gazsimon uglevodorod yigʻilmalari aniqlangan boʻlib, ular 155 konda mujassamlashgan. Hozirgigacha maʼlum boʻlgan konlarda uglevodorod zaxirasi miqdori boʻyicha Konlardan neft chiqarish. birinchi oʻrinda (74,3%) kichik, ikkinchi oʻrinda oʻrta (14,4%), uchinchi oʻrinda yirik (10%) va toʻrtinchi oʻrinda (1,3%) unikal konlar turadi. Uglevodorod konlarining 66% Buxoro—Xiva, 17,5% Fargʻona, 7% Surxondaryo, 5,7% Hisor jan-gʻarbi va 3,2% Ustyurt regionlarida joylashgan. Mahsuldorlikning stratigrafik diapazoni paleozoydan (Ustyurt regioni) neogen (Fargona regioni) yotqiziqlari oraligʻini qamrab olgan. Fargʻona regionida qidiruv ishlari jadal olib borildi. Dastlabki kon (Chi-myon) 1900-yilda ochilgan. 1980-yillarning boshigacha Fargʻona regioni neft qazib olish, zaxiralarni oshirish surʼati boʻyicha Oʻzbekistonda yetakchi oʻrinda edi. Fargʻonadagi neft konlarini oʻrganish va oʻzlashtirishda oʻzbekistonlik olimlardan O.M. Akramxoʻjayev, P. K.Azimov, O. S. Vyalov, M. S. Saydaliyeva, A. H. Hoji-matov va boshqa salmoqli hissa qoʻshdilar. 1985-yildan boshlab suyuq uglevodorodlarni chiqarib olish boʻyicha Buxoro—Xiva regioni Fargona regionidan oʻzib, Oʻzbekistonda yetakchi oʻrinni egalladi. Bu regionda neft, gaz va kondensat zaxiralarini oshirishda N. X. Alimuhamedov, T. L. Bo-bojonov, A. V. Vaxrbov, A. G. Ibroximov. V. A. Kulagin va boshqa bir qancha olim va ishlab chiqarish mutaxassislarining hissasi bor. Oʻzbekistonda sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan 86 ta neft koni ochilgan, ulardan 36 tasi neft konlari, 24 tasi neft-gaz va gaz-neft konlari va 26 tasi neftgazkondensat konlari toi-fasiga kiritilgan va hozirgi neft 63 kondan chiqarib olinmoqda. Hozirgi neft qazib olish surʼatida razvedka qilingan neft zaxirasi respublika ehtiyojini 30 yildan ortiqroq muddatga taʼminlaydi. 14 ta neft konida razvedka ishlari olib borilmoqda va ularning jami zaxirasi 185 mln. t ni tashkil etadi. Oʻzbekiston regionlari boʻyicha neftning bashoratli resurslari notekis tak,simlanib, ularning asosiy kismi Fargona (74,8%) va Surxondaryo (10,5%) regionlarida mujassamlangan. Fargʻona regionida neftning bashorat qilingan resurslari, asosan, paleogen va neogen yotqiziklarida baholangan. Buxoro—Xiva regionida neftning bashorat qilingan resurslari yuqori yuraning karbonat yotqiziqlari va quyi boʻrning terrigen yotqiziklari bilan boglik. Oʻrtacha va nisbatan yirik neft konlarining ochilishi Surxondaryo megasinklinalining tuz osti yotqiziqlarida kutilmoqda. Ustyurt regioni Kaspiy oldi sineklizasi bilan taqqoslanganda geologik tuzilishdagi oʻxshashliklar aniklanib, bu regionda paleozoy yotqiziqlarining neftliligini baholash imkonini berdi. Oʻzbekistonda neft qazib olish uzok, yillik soha boʻlishiga qaramasdan shoʻrolar rejimi davrida oʻz ehtiyojini qoplay olmaganligi sababli har yili 6,0 mln. t neft chetdan olib ke-linar edi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda neft qazib olish surʼati dinamik tarzda oʻsib bormoqda (1999-yilda 8,2 mln. t) va suyuq yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyoj toʻla qoplanmoqda. Oʻzbekistonda Neft chiqarish 1876-yildan boshlangan. Fargʻonaning Qamishboshi qishlogʻida tadbirkor D. P. Petrov tomonidan 19-asrning 80-yillari boshida 25 metrgacha burgʻilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kg) gacha Neft chiqarilgan. 19-asrning 60-yillaridan Neft burgʻi quduqlari orqali chiqarila boshladi. 1865-yilda AQShda birinchi marta Neft mexanik usulda (nasos yordamida) chiqarilgan. Bu usul 1874—95 yillarda Gruziya, Boku va Groz-niydagi konlarda ham joriy etilgan. Neftni burgʻi quduqlari orqali chiqarish usuli, asosan, 20-asrning 30-yillariga kelib ancha takomillashdi. Neftni chiqarish uchun neft atrofida joylashgan suv yoki gaz bosimini oshirish usuli bilan qatlam gʻovaklaridagi neft quduq zaboyiga yigʻiladi. Suv bosimi, odatda, boshlangʻich neft zaxirasining 50—80% ini, gaz esa atigi 20— 50%ini siqib chiqaradi. Odatda, tashqaridan berilayotgan suv qazib chiqarilayotgan neftning oʻrnini toʻla egallay olmaganligidan bosim kamayib ketadi. Natijada neftning favvora boʻlib tabiiy otilishi tugaydi. Shundan keyin neft kompressor yordamida chikariladi. Neftni kompressor bilan chiqarishda quduqga neft gazi yoki havo haydaladi; ular neftga aralashib, zichligini kamaytiradi, natijada neft va gaz aralashmasining sathi quduq yuzasigacha koʻtarilib, neftning favvora boʻlib otilishi davom etadi. Neft quduqlardan neft nasosi yordamida ham chiqariladi. Qatlam bosimining pasaya borishi natijasida quduq debitining tushishi neft chiqarishning iqtisodiy koʻrsatkichlarini yomonlashtiradi. Neft konlarini ishga tushirish nazariyasi, ayniqsa, yer osti gidrogazodinamikasining rivojlanishi natijasida Neft chikarishning yangi usullari ishlab chiqildi. Bularda Neft qatlamlariga suv yoki gaz haydash yoʻli bilan qatlam bosimini butun ekspluatatsiya mobaynida deyarli birday ushlab turish mumkin. Download 274.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling