Qatnashdilar ffd., professor s d norqulov (rais)
Download 129.9 Kb.
|
Qatnashdilar-WPS Office
Qatnashdilar FFD., professor S D Norqulov (rais) O'zbek adabiyotini o'qitish" kafedrasi professori p.f.d. R.Niyometova; "Lingvodidaktika" kafedrasidan: f.f.d., prof. L. Raupova, f.f.d. (DSc) N.Normamatov, f.f.d. (DSc) I.Islamov, p.f.n., dotsent T.Yusupova, f.f.n., dotsent M.Turdibekov, p.f.f.d., (PhD) K.Mavlonova, p.f.d.(PhD) Sh.Abdiraimov, f.f.d.(PhD) G.Safarova, f.f.d.(PhD) R.Zaripov, I.Ishonxanova, f.f.d.(PhD) D.To'raeva, "O'zbek va xorijiy tillar" kafedrasidan: p.f.d. dotsent: R.M Abdullaeva, f.f.n. dotsent A.S.Aslanov, f.f.d. (PhD) dotsent A.X.Jo'raev, f.f.n. dotsent O'.Dj.Esonov, katta o'qituvchilar: K.X.Avilova, Z.Sh.Akramova, P.B.Tashxodjayeva, M.A.Saydullaeva, Sh.Shirinqulova, G. Sh.Tashmetova, G.Sh.Mirrahimova, o'o'qituvchilar: D.S.Abdullayeva, D.B.Xolboyeva, L.U.Kadirova, D.Xidayeva S.Z.Turaboyeva, Sh.E.Abrayeva, G. A.Dadaboyeva, Q. X.Xo'jaaxmatova, M.M.Achilov, N.M.Djampulatova, D.X.Tashpulatova, S.I.Fayzullayev, N.U.Eshbayeva, F.E.Nurmatova, A.X.Utambetova, O.Muhammedova, G.Rasulova; "Ijtimoiy fanlar" kafedrasidan: f.f.d., professor Norqulov D.T., f.f.d, professor Abilov U.M., f.f.d. dotsent, (PhD) Iskandarov Sh.A., f.f.n. dotsent Atamuratova F. S., f.f.n. dotsent Niyozova N.Sh., f.f.n. dotsent Alimova S.G., f.f.d., (PhD) katta o'qituvchi Umarova F.S., katta o'qituvchilar Abdurahmonova N.X., Ro'ziev B.U., Maxmudov L.Y., Sultonova X.T., O'tayev G'.G', Azizov A.A.; Kun tartibi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tadqiqotchisi Axmedova Maloxat Ergashevnaning "Modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy- nazariy asoslari" mavzusidagi 13.00.02 - Ta'lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (o'zbek tili) ixtisosligi bo'yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi muhokamasi. RAIS: Assalomu alaykum, hurmatli kafedralararo qo'shma kafedra yig'ilish a'zolari, hurmatli mehmonlar! Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti "Lingvodidaktika", "O'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi" kafedralari hamda TTA "Ijtimoiy fanlar" va "O'zbek va xorijiy tillar" kafdralarining kafedralararo qo'shma yig'ilish muhokamasi. Bugungi muhokama yig'ilish majlisida 50 nafardan ortiq professor-o'qituvchilar ishtirok etmoqda. Muhokama qilinayotgan dissertasiya ixtisosligi bo'yicha 7 ta ta fan doktori ishtirok etmoqda. Kafedralararo qo'shma yig'ilish muhokama ishini boshlash uchun kvorum yetarli. Kafedralararo qo'shma yig'ilish majlisining ochilishi haqida qanday takliflar bor? OVOZLAR: Majlis ochilsin. RAIS: Yig'ilish majlisi ochilsin, degan takliflar tushyapti. Majlis ochiq, deb e'lon qilinsin degan kafedralararo yig'ilish a'zolarining qo'l ko'tarib, tasdiqlab berishlarini so'raymiz. Qarshilar? - Yo'q. Betaraflar? - Yo'q. Kafedralararo qo'shma yig'ilish majlisi ochiq, deb e'lon qilinadi. RAIS: Kun tartibidagi masalani o'qib eshittiraman. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining tadqiqotchisi Axmedova Maloxat Ergashevnaning "Modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy- nazariy asoslari" mavzusidagi 13.00.02 - Ta'lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (o'zbek tili) ixtisosligi bo'yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi muhokamasi. Ilmiy rahbar: f.f.d., prof. Raupova Laylo Raximovna. Rasmiy taqrizchilar: 1. P.f.d., professor R.Niyozmetova 2. P. f. d., professor A.R.HamrayevF.f.d., professor R.Sayfullayeva 4. F.f.n., dotsent A. S. Aslanov 5.p.f.n., dotsent A. X.Jo'rayev. RAIS: Talabgor yig'ilish muhokamaga topshirgan hujjatlarning asosiy mazmuni haqida ma'lumot berish uchun so'z muhokama ilmiy kotibi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent O'.Dj.Esonovga. ILMIY KOTIB: Rahmat! Dissertant haqidagi ma'lumotni o'qib beraman. Axmedova Maloxat Ergashevna 1971-yil 24-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati, Narpay tumani O'zbekkenti qishlog'ida tug'ilgan. 1978-yil O'zbekkenti qishlog'idagi 4-o'rta maktabda o'qishni boshlagan. 1988-yil o'rta maktabni muvaffaqiyatli tugatgan. O'sha yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining "O'zbek va qozoq filologiyasi" fakultetiga o'qishga kiradi. 1993-yil TDPIni tugatib, Samarqand viloyati Narpay tumani 5-o'rta maktabda o'qituvchi lavozimida ishga qabul qilindi. 1994-yil tanlov asosida Toshkent viloyati davlat pedagogika institutining "Sharq tillari" kafedrasiga o'qituvchi lavozimiga ishga qabul qilindi. 1998-2001 yillar Toshkent viloyati Angren shahridagi pedagogika bilim yurtida til va adabiyot o'qituvchiligiga ishga qabul qilindi. 2001-yil Toshkent viloyati davlat pedagogika institutining "Pedagogika va psixologiya" kafedrasiga o'qituvchi lavozimiga ishga qabul qilindi. 2004-2012 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining "Umumiy pedagogika" kafedrasida o'qituvchi, katta o'qituvchi, dotsent lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2008-yilda Nizomiy nomidagi TDPUda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2013-2019 yillarda TDTU "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. 2019- 2020-yillarda Nizomiy nomidagi TDPUda dotsent lavozimida faoliyat yuritdi. 2020-yilda RTM "Filologiya" bo'limi boshlig'i lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2020-yilda TDPU "Pedagogika" kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritdi. 2020-yil 2-sentyabrdan TTA "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi dotsenti lavozimida ishladi. 2021-yil 21-sentyabrdan hozirgi kungacha TTA "O'zbek va xorijiy tillar" kafedrasi mudiri vazifasida ishlab kelmoqda. Maloxat Axmedova oilali, ikki nafar farzandi bor. RAIS: Ilmiy kotibga savollar bormi? Savollar yo'q bo'lsa, ilmiy kotib axboroti ma'lumoti uchun qabul qilinsin, degan kafedralararo qo'shma yig'ilish a'zolari ovoz berishlarini so'rayman. Qarshilar - yo'q. Betaraflar - yo'q. Endi dissertatsiyaning mohiyati va asosiy holatlarini bayon etish uchun so'z dissertantga. DISSERTANT: Assalomu alaykum, hurmatli yig'ilish ishtirokchilari, majlis raisi va ustozlar! Muhokamangizga taqdim qilinayotgan ishimiz "Modul- kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari" deb nomlanadi. Dissertatsiya kirish, 4 ta asosiy bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan tarkib topgan. Tadqiqotimizning maqsadi oliy filologik ta'limda modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzishning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish, mavjud mustaqil o'quv topshiriqlarining lingvodidaktik asoslarini takomillashtirishdan iborat. Oliy filologik ta'limda modul-kredit tizimi uchun ishlab chiqilgan tilshunoslik fanlaridan mustaqil ta'lim topshiriqlarini qo'llash jarayoni tadqiqotning obyekti sifatida tanlandi. Tadqiqotning predmetini oliy filologik ta'limda modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzishning pedagogik, psixologik, lingvometodik asoslarini takomillashtirish usullari, tizimi va texnologiyasini tadqiq qilishni tashkil qiladi. Birinchi bob. Oliy ta'limda mustaqil topshiriqlarini takomillashtirish zaruriyatlari. Tilshunoslik fanlari uchun mustaqil ta'lim topshiriqlarini tuzish pedagogik, lingvodidaktik muammo sifatida qaralgan. Oliy ta'lim tizimida an'anaviy dars talabalar, xususan, bo'lajak tilshunos mutaxassislarga bilim berish, mustaqil topshiriqlari orqali ma'lumotlarni yodlash, turli manbalardan olingan jumlalarni lingvistik tahlil qilishga mo'ljallangan degan tilshunos olim A.G'ulomovning g'oyalari bugungi zamon talablariga mos kelmay qolmoqda. Hayot insoniyat oldiga turli muammolarni qo'yadi, har bir kishi uni mustaqil hal qila olish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Shu ma'noda metodikada, pedagogika sohasida muammoli ta'lim texnologiyasi joriy qilindi. Muammoga asoslangan ta'limda mustaqil topshiriqlaridan asosan, savol va topshiriqlarning muhim o'rni bor. Muammoli o'qitishning mohiyati shundan iboratki, o'qituvchi bilimlarni tayyor shaklda yetkazmaydi, balki o'qituvchi tomonidan savol yoki topshiriq shaklida muammoli vazifalar qo'yiladi, mashg'ulotni tashkil etuvchi ularni hal qilish yo'llari va vositalarini izlashga undaydi. Bu ham, albatta, savol va topshiriqlar orqali amalga oshiriladi. Mashqlar esa uni o'zlashtirish yoki sifatini yaxshilash maqsadida aqliy yoki amaliy harakatni takror-takror bajarish demakdir. Bu jarayonda o'z o'rni bilan mashqlar ham ishtirok etadi. Oliy ta'lim darslik va qo'llanmalarida mustaqil topshiriqlarning qo'llanilishini muntazam deb bo'lmaydi, keyingi yillarda yaratilgan darslik va qo'llanmalar o'quv topshiriqlari asosida yaratila boshladi. Masalan, H.Jamolxonov tomonnidan nashr qilingan "Hozirgi o'zbek adabiy tili" darsligida mavzular so'ngida savol va topshiriqlar keltirilgan. 2000-yilga qadar yaratilgan oliy ta'lim uchun yaratilgan o'quv adabiyotlarda mustaqil topshiriqlari deyarli uchramaydi. Masalan, U.Tursunov, A.Muxtorov, Sh.Rahmatullaevlarning 1992-yil chop etilgan "Hozirgi o'zbek adabiy tili" darsligida umuman mustaqil o'quv topshiriqlari berilmagan. Bunda mustaqil topshiriqlarini bajarishda talabalarning mustaqillik darajasiga e'tibor beriladi: bilimni, ma'lumotni ko'paytirish uchun maxsus topshiriqlar ham beriladi; bilimlarni turli nutq vaziyatlarida qo'llashga o'rgatuvchi mashq va topshiriqlar ham baravar qo'llaniladi. Ona tili ta'limida mustaqil o'quv topshiriqlarini takomillashtirish zarurati mavjud bo'lib, unda quyidagi lingvodidaktik talablar bajarilsa, o'quv topshirig'i zamon talabiga mos va samarali bo'ladi: - bir mustaqil o'quv topshirig'ini bajarish asnosida bir nechta nutqiy ko'nikmani rivojlantira olish imkoniyatiga ega bo'lishi; - talabalarning mustaqil topshiriqlarni amalga oshirishga ongli yondashishi, bajarishda didaktik ketma-ketlikka rioya qilishi; Kuzatishlardan ma'lum bo'ldiki, malaka hosil qiluvchi, takrorga asoslangan mashqlar, sinash uchun qo'llanuvchi topshiriqlar, fikrlashga o'rgatuvchi savollar o'zbek tili fan sifatida shakllangan dastlabki yillarda (1930-1940) chop etilgan darsliklarda ham bugun amalda bo'lgan darsliklarda ham uchramaydi. Umumiy mashq atamasi ostida oddiy topshiriq xarakteridagi tavsiyalar o'rin olgan. Oliy ta'lim tizimida ham mashq va topshiriq o'zaro farqlanmaydi. Talabalar o'z nutqiy muammolari ustida mashq qilmaydi. Topshiriqlar an'anaviy shaklda yodlab aytib berishga ixtisoslashgan. Savollar fikrlashga undamaydi. O.Roziqov, M.Maxmudov, B.Adizov, A.Hamraev muallifligidagi "Ona tili didaktikasi" darsligi orfografik mashqlar tilning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik hodisalariga bog'liq holda tashkil etishini qayd etadi. Bunday mashqlar vositasida ham fonetika yoki morfologiyadan o'zlashtirilgan bilimlar mustahkamlanib, orfografik malaka hosil qilinadi. 6-topshiriq. So'zlarni bo'g'inlarga ajratib, chiziqcha bilan yozing. Murabbo, murabbiya, minnatdor, tashabbuskor, ziddiyat, farzand, zabardast, bahramand, tonggi, tingla, alanga, ingichka, ingramoq, mingoyoq, daryo. Bu topshiriq asosida mashq qilinganda fonetikadan o'rganilgan bilimlar mustahkamlanib, orfografik malakalar yanada rivojlantiriladi. Shu tufayli, uni fonetik-orfografik mashq shaklida qaraymiz. Shu o'rinda G'.Hamrayevning "mashq", "topshiriq" va "savol" atamalarini mohiyatan farqlash, ularning lingvodidaktikadagi o'rni hamda ahamiyati haqidagi mulohazalariga e'tibor berish lozim. Metodist-olim dastlab, M.Saidovning o'quv materiallari sirasida mustaqil o'quv topshiriqlarini uch turga bo'lib, ularni o'zaro farqlaydi va ko'pincha, o'qituvchilar o'z ish faoliyatlari davomida "mashq", "topshiriq" va "masala" tushunchalarini qorishtirib yuborishlarini, pedagogika fanlari doktori Asqar G'ulomovning "mashq ham o'quv topshirig'ining bir shakli, ham o'qitishning muayyan bir usuli", degan fikriga qo'shilishi va topshiriq mashqning bir bo'lagi, u, asosan, mashqning shartida o'z ifodasini topishini, topshiriq mashqqa qaraganda torroq tushunchani ifodalashini e'tirof etgan holda bu borada o'z yondashuvini bayon qiladi. Fonetik mashqlar. Nutq tovushlari, unli va undosh, jarangli va jarangsiz undoshlar, bo'g'in, bo'g'in turlari (ochiq va yopiq bo'g'inlar), urg'u mavzulariga oid mashqlar sirasiga kiradi. Misol keltiramiz: l-topshiriq. Nuqtalar o'rniga mos tovushlarni qo'yib, sozlarni o'qing. Darax…, sus…, g'ish…, qan…, kish…, pish…, balan…, do's…, pas…, monan…, pisand…, mush…, Leksik mashqlar. So'z manolari, so'zning o'z va ko'chma manolari, ko'p manoli so'zlar, so'z va termin hamda ularning o'xshash va farqli tomonlari, antonim va sinonimlar, omonimlar, lug'at boyligi, o'zbek tili leksikasining boyish manbalari kabi nazariy bilimlarni o'rgatish, mustahkamlash maqsadida leksik mashqlardan foydalaniladi. Bizningcha ham, mustaqil topshiriq mashqni o'z ichiga oladi, mustaqil topshiriqlar talabani yo'naltiradi, sinaydi; takrorga asoslangan mashqlar esa ko'nikma va malaka hosil qilish uchun xizmat qiladi. Oliy ta'lim tizimida "Hozirgi o'zbek adabiy tili" "O'zbek tili" fanlarini o'qitishda "Orfografiya" va "Orfoepiya" bo'limlari nutqiy malaka bilan bevosita aloqador bo'lganligi bois ularni o'qitish vositalari ham bir-biriga chambarchas bog'liq. G'.Hamroev to'g'ri ta'kidlaganidek, mashq va topshiriq atamalariga o'zgacha yondashish zarur. Darslik va qo'llanmalarda ko'p uchraydigan "mashq", "topshiriq" atamalari o'zaro uyadoshlik hosil qilsa-da, ular orasida sinonimik munosabat yoq. Biroq kuzatishlarimiz asosida ayta olamizki, uzoq yillardan beri amalda bo'lgan qator darslik va qo'llanmalarda mazkur ikki tushunchaning berilishida chalkashlik, birining o'rnida boshqasining qo'llanilishi kabi holatlarni kirish mumkin: "333-mashq. Berilgan she'riy misradagi szlarni unli va undoshga ajrating. Yaxshi kishi krmagayyomonliq hargiz, Har kimki yomon blsa, jazo topqusidir". "2-topshiriq. Gapni aniqlovchili, to'ldiruvchili, holli birikmalarga ajrating". Keltirilgan misollardan ham ko'rinib turibdiki, darsliklarda mashq va topshiriqlarning berilishi, mazmuni bir-biridan farqlanmaydi. Ikkalasida ham "ajrating" topshirig'i berilmoqda. Masalan, professorlar Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Raupova L.R. "Hozirgi o'zbek tili" darsligida mavzu yuzasidan mustaqil savol va topshiriqlar berilgan. - T.: Innovatsion -Ziyo. 2020. 168-169 -b. Yangi mazmunda yaratilgan bu darslikda mustaqil topshiriqlarga yangicha yondashilgan. Unda talabalarga ko'proq mustaqil o'quv topshiriqlar berilgan. Buning yana bir muhim tomoni shuki, talabaga mustaqil bajarish uchun aniq topshiriq beriladi. Amaldagi aksariyat darsliklarda mustaqil mashg'ulot sifatida savollar beriladi. Uni talaba qisqa fursatda bajarib qo'ishi, amaliy ahamiyatga ega bo'lmasligi mumkin. Unda mustaqil topshiriqlardan qanday foydalanilishi, mazmuni, shakli, tarkibini ko'rib chiqamiz. l- topshiriq: a) matnni o'qing, matn mazmunini to'liq tinglab tushuning; b) matndagi tayanch so'z va iboralarni ajratib yozing; d) matndagi asosiy fikr diktantni, bayonni, inshoni yozma ravishda ifodalang. Darslikning yutuq tomoni shundaki, mustaqil o'quv topshiriqlari, o'quv materiali talabalarning ixtisoslik ynalishlariga moslangan. Darslikning mazkur qismida mashq namunalari berilgan. Umuman, har bir mashg'ulotda mavzuga aloqador mashq, albatta, bo'lishi lozimligi qayd etilgan. 1.Leksikologiyaning tadqiq obyekti nima? 2.So'z til birligi sifatida qaysi yo'nalishlarda o'rganiladi? 3.Leksikologiyaning qaysi bo'limida so'zning semantik xususiyati - bir manolilik va ko'p manolilik, umumiy va xususiy, mavhum va muayyan, bosh va hosila, to'g'ri va ko'chma manolari tekshiriladi? 4.Leksikologiya til lug'at tarkibining boyishini izohlang. 5.Nazariy va amaliy leksikologiyaning o'zaro farqi nimada? Pragmatika (yun. pragma, pragmatos) tilshunoslikning nutqda til belgilarining amal qilishini o'rganuvchi sohasi; boshqacha aytganda, muayyan belgilar tizimini o'zlashtirib, undan foydalanuvchi subyektlarning ayni shu belgilar tizimiga munosabatini o'rganuvchi fan tarmog'i. Pragmatika haqidagi asosiy g'oya amerikalik olim Ch. Pirs tomonidan o'rtaga tashlangan; yana bir amerikalik olim Ch. Morris ushbu g'oyani rivojlantirgan va "Pragmatika" terminini semiotika blimlaridan birining nomi sifatida amaliyotga kiritgan. Pragmatika insonning ijtimoiy faoliyatini zida qamrab oluvchi nutq jarayoni, muayyan aloqa vaziyati orqali namoyon bladi. Lingvistik pragmatika aniq shakl, tashqi ko'rinishga ega emas; uning doirasiga so'zlovchi subyekt, adresat, ularning aloqa-aralashuvdagi o'zaro munosabatlari, aloqa-aralashuv vaziyati bilan bog'liq ko'plab masalalar kiradi. Ona tili ta'limiga, xususan, mustaqil o'quv topshiriqlarini takomillashtirishga yordam beradigan jihati quyidagilarda namoyon bo'ladi: Masalan, bayonning oshkora va yashirin maqsadlari (fikrni yetkazish, sroq, buyruq, iltimos, maslahat, va'da berish, uzr so'rash, tabriklash, shikoyat va b.); nutq taktikasi hamda nutq odobi turlari; suhbat, so'zlashish qoidalari; so'zlovchining maqsadi; Mashq va topshiriqlar yordamida talabalarning faolligi tashkil etiladi va uning ijobiy motivlari (ishtiyoq) (mustaqil topshiriqlar, talablar, musobaqalar shaklida alohida va guruh faoliyati uchun turli xil vazifalar, namunalar va misollar ko'rsatish, muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratish) rag'batlantiriladi. Tadqiqot davomidagi tahlillarga murojat qilganimizda umumiy o'rta ta'lim darsliklari bilan oliy ta'lim darsliklari o'rtasidagi qiyosiy bog'liqlikka e'tibor qaratamiz. Jadidlarning sa'y-harakatlari bilan yaratilayotgan, o'z davrida sekin-asta shakllanayotgan milliy ruhdagi "Ona tili" darsliklari o'z o'rnini 1939-yilga kelib A.G'ulomov ta'kidlaganidek, 1938-yilda (S.Barxudarov va Dosichevalarning rus maktablari uchun "Rus tili" darsligi stabil qo'llanma sifatida qabul qilingach), o'zbek maktablari uchun ham keyingi yillarda til me'yorlarini belgilashda nazariy asos vazifasini tagan Olim Usmon va Barot Avizovlarning to'liqsiz o'rta va o'rta maktablar uchun tavsiya etilgan darsligi egalladi. Keyinchalik professor A.K.Borovkov rahbarligida tuzilgan darsliklar oldingilariga nisbatan ancha mukamallikka egaligi bilan ajralib turadi. Yigirmanchi yillarning boshlarida yaratilgan o'zbek tili darsliklari tarkibida mustaqil topshiriqlari mavjud emas edi. Keyinchalik A.Borovkov boshchiligida 1950- yillarda yaratilgan darsliklarda mustaqil topshiriqlar qisman kiritila boshlandi. Ammo, ta'limiy jihati shundaki, mazkur darsliklar mazmuni keyinchalik oliy ta'lim darsliklariga shu holatda ko'chdi, o'zbek tili grammatikasining asosiy qismiga aylandi. Oliy ta'lim darsliklarida mashqlarga o'rin ajratilmagan. o'zbek tili o'qitish metodikasi darsliklarida ayrim o'quv topshiriqlari bor, o'quv qo'llanmalarda keyingi yillarda qat'iy tartibda kiritildi. Uzoq yillar oliy ta'lim darslik va qo'llanmalarida o'quv topshiriqlaridan umumli foydalanilmadi. Bu holat o'zbek adabiy talaffuz me'yorlarining talabalar tomonidan yetarlicha o'zlashtirilmay qolishiga olib keldi. Ona tili ta'limi tarixiga nazar tashlasak, bunday mashqlar o'zbek tili fan sifatida shakllangan dastlabki yillarda (1930- 1940) chop etilgan darsliklarda ham mavjud bo'lmaganligini yuqorida ta'kidlandi. Demak, mashq - ko'nikma yoki malaka hosil qilish vosita. Topshiriq esa ma'lumotlarni xotiraga kirituvchi qurilmaga o'xshaydi. U yo'naltiruvchi xususiyatga ega. Topshiriq orqali talabani fikrlashga, mustaqil ishlashga o'rgatish mumkin. Zero, mashqlar ham, topshiriqlar ham "Ona tili" darsliklarining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ikkinchi bob. "Oliy ta'limida modul-kredit tizimi uchun mustaqil topshiriqlar tuzish va tasniflash" deb nomlanadi. Mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzishda modul-kreditning xususiyatlari, savoldan foydalanish metodlari va kompetentlik. Xalqaro rivojlangan davlatlarda til o'qitish metodikasi keyingi yillarda bir qator yutuqlarni qo'lga kiritmoqda. Buning natijasida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohlarida muayyan rivojlanishlar, islohotlar sodir bo'lmoqda. Xalqaro tajribadan ma'lumki modul-kredit tizimi o'zining bir qator afzalliklariga egaligi bilan ajralib turmoqda. Bunda talabaga ta'lim berish, uni mustaqil ishlashga ynaltirish ekanligi zamonaviy talablarga nihoyatda mos keladi. Xalqaro tajribada o'quv topshiriqlari o'zaro muloqotning samarali bo'lishiga qaratiladi. Amalda foydalanilgan mustaqil, o'quv topshiriqlari avvaldan belgilangan ma'lum mezonlar asosida rivojlantiriladi. Tilshunoslik moduli (fanlari) ona tili o'qitish metodikasi, lingvodidaktik kompetentsiyaviy yondashuvga asoslanmoqda, dars mashg'uloti jarayonida linngvistik kompetentsiyalarni rivojlantirish nutqiy kompetentsiyalarni rivojlanishiga olib kelish ko'zda tutilmoqda. Xalqaro tajribalar asosida til o'rganishga qo'yilgan aniq talablar orqali "tinglab tushunish", "gapirish", "o'qish" va "yozish" malakalari rivojlantiriladi. Ona tili o'qitishda mazkur yondashuvdan biroz ijodiyroq foydalanish maqsadga muvofiq, bizningcha. Chunki talabalar tilning tashuvchilari sifatida muayyan nutqiy ko'nikma va malakalarga ega bo'lgan holda OTM ga keladilar. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5847-sonli Farmoni ijrosini ta'minlashda kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta rindagi oliy ta'lim muassasalari ruyxatiga, kiritish, oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini bosqichma-bosqich, modul-kredit tizimiga o'tkazish, xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta'limning ilg'or standartlarini joriy etish, jumladan, o'quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo'naltirilgan ta'limdan amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga ynaltirilgan ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich o'tish oliy ta'lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta'minlash va boshqalar belgilab berildi. Globallashuv jarayonida didaktik tizimni ishlab chiqish ta'lim sohalari bilan integratsiyalashuvini ta'minlash, o'qituvchi va talabalar o'rtasidagi didaktik talab muhim pedagogik vazifalardan biridir. Bir qator pedagogik adabiyotlar tahlili va pedagogik lug'atlarda "didaktika" tushunchasi keng qo'llaniladi. "Didaktika" tushunchasining ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko'plab ta'riflarini keltirish mumkin. Uchinchi bob. "Modul-kredit tizimi uchun mustaqil topshiriqlar tuzish va foydalanish metodikasi" deb nomlanib talabalarning kasbiy kompetentsiyasini rivojlantiruvchi fanlar uchun mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzish usullari keltirilgan. Kredit-modulli tizim talabalarning o'quv faoliyati va harakatchanlik vositasi sifatida Yevropa ta'lim uslubi talabalarning yuqori faolligini anglatadi. Ta'lim jarayoni nafaqat ta'lim obyekti, balki odamlar sifatida ham ta'lim tizimiga bevosita ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bu bir tomondan talab qiladi, talabaning o'z-o'zini anglashning yuqori darajasi va boshqa tomondan, ehtiyojni taqozo etadi talaba va o'qituvchi o'rtasidagi munosabatlarni o'zgartiradi. An'anaviy ta'limdan farqli o'laroq talaba oldindan bo'lgan konveyer sifatida namoyish etilishi mumkin bo'lgan ta'lim tizimi muayyan trayektoriya (umumiy o'quv dasturi, hamma uchun bir xil) da harakatlanadi kredit-modulli tizim turli xil modullarni jalb qilishga imkon beradi, majburiy fanlardan tashqari, ya'ni individual o'quv dasturini shakllantirish mumkin. Shunday qilib, talaba shaxsiy ehtiyojlar asosida yo'naltirilgan o'z ta'lim yo'nalishini shakllantiradi. O'qish jarayonida har bir talaba daromad oladi talaba faoliyatining mehnat intensivligining o'lchovi bo'lgan narsa -bu kreditlar. Ushbu tizim shuningdek, o'qitishning loyihaviy shakli - shaxsni rivojlantirish va himoya qilishni nazarda tutadi yoki tegishli mavzular bo'yicha guruh loyihalari ishlab chiqadi. Ushbu tizimning boshqa afzalliklari bor: bir vaqtning o'zida o'rganilgan kamroq fanlar, alohida pedagogik jarayonning, amaliy yo'naltirilganligi, shuningdek oshkor etilishi talabalarning ijodiy qobiliyatlari sanaladi. Zamonaviy sharoitda ushbu tizim sizga ko'proq mobil, vakolatli va talab darajasidagi mutaxassislar haqida ma'lumot berishga imkon beradi. "Modul" tushunchasini haqiqiy tarkib bilan to'ldirish bugun barcha universitetlar uchun dolzarb muammoga aylandi. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, modullarni shakllantirish uchun asosni aniqlash qiyin. Bu yerda bir nechta variant bo'lishi mumkin: modullarni tarkibiy-tematik yoki tashkiliy- tarkibiy prinsipga muvofiq yig'ish. To'rtinchi bob. "Modul-kredit tizimi uchun mustaqil ta'lim topshiriqlarining amaliyotda qo'llanilishi" deb nomlanadi. O'tkazilgan tajriba- sinov ishlarining mazmuni. XIX va XX asrlarda boshlangan ta'lim-tarbiyani erkinlashtirish jarayoni doirasida birinchi marta akademik kreditlar AQSh universitetlarida joriy etildi. Miqdoriy ekvivalentlarning tashkil etilishi ta'lim mazmuni va kredit blinmalari orqali o'quv dasturlarini o'zlashtirish darajasi talabalarga o'quv jarayonini mustaqil rejalashtirishga ruxsat berildi, ta'lim sifatni nazorat qilish va baholash tizimlariga tub zgartirishlar kiritish orqali ta'lim jarayonini metodik takomillashtirish uchun shart-sharoitlar, texnologiyalar yaratildi. Modul-kreditli tizim talabalarning o'quv faoliyati va harakatchanlik vositasi sifatida Yevropa ta'lim uslubi talabalarning yuqori faolligini anglatadi. Natijalariga asoslangan holda talabalarda mustaqil ta'lim olish bo'yicha nutqiy ko'nikma hamda malakalarning shakllanganlik darajasini aniqlash yuzasidan tajriba boshi va yakunidagi natijalarni aniqlash bo'yicha tajriba hamda nazorat guruhlaridagi o'zlashtirishlari matematik-statistika metodi yordamida tahlil qilindi. Tajriba-sinovda 800 nafardan ortiq talaba qatnashdi. Hisoblash qulay bo'lishi uchun reprezentativ ravishda tajriba-sinov o'tkazgan har bir OTMdan bittadan guruh olib 400 nafarga yaqin talaba bilan o'tkazilgan sinov natijalarini ko'rib chiqamiz. Masalaning qisqacha mohiyati quyidagilardan iborat: ikkita bosh to'plam berilgan. Biri talabalarning tajribagacha bilimining o'rtacha ballari, ikkinchisi esa talabalarning tajriba oxiridagi bilimining o'rtacha ballari. Baholarnormal taqsimotga ega deb hisoblanadi. Bunday faraz o'rinlidir, chunki normal taqsimotga yaqinlashish shartlari sodda bo'lib, ular bajariladi. Olingan natijalardan o'qitish samaradorligini baholash mezoni birdan kattaligi va bilish darajasini baholash mezoni noldan kattaligini ko'rish mumkin. Bundan ma'lumki, tajriba guruhidagi o'zlashtirish nazorat guruhidagi o'zlashtirishdan yuqori ekan. Demak, talabalarida mustaqil ta'lim olish bo'yicha nutqiy ko'nikma hamda malakalarning shakllanganlik darajasini aniqlash yuzasidan o'tkazilgan tajriba-sinov ishlari samarador ekan. Xulosa 1. Mustaqil topshiriqlarni tashkil etishda juda jiddiy muammo talabalarning mustaqil o'qish qobiliyatini rivojlantirish ijodiy mustaqillikni takomillashtirishgacha ta'limda bilimlarni o'zlashtirishning eng oqilona usullarini ishlab chiqishdir. Talabalarni mustaqil topshiriqlarni tashkil etish samaradorligi, aqliy faoliyatning turli jihatlari, ilmiy ijod, to'g'risida bilimlar bilan jihozlash, ularni mustaqil qish uchun ajratilgan vaqtdan oqilona foydalanishga o'rgatish kerak. 2. Shunday qilib, talabaning mustaqil topshiriq ishini tashkil etish ta'limning kredit texnologiyasida ustuvor ahamiyatga ega ekanligiga shubha yo'q. Tavsiya etilgan mustaqil ish usullaridan keng foydalanish, aqliy va amaliy faoliyatni rag'batlantirish, talabaning intellektual fazilatlarini rivojlantiradi, kelajakda uning doimiy bilimlarni egallashga bo'lgan intilishini ta'minlaydi. 3. Oliy ta'lim tizimida mustaqil topshiriqlardan foydalanishning mavjud holati, topshiriq turlari, savol va topshiriqlarning vazifaviy farqlanishlari, mashqlarning ona tili, davlat tili o'qitish metodikalaridagi o'rni, tuzilgan mustaqil o'quv topshiriqlarining tanlangan mavzu, shuningdek ta'lim maqsadiga mosligi, bo'lajak mutaxassislarning topshiriq tuzish ko'nikma va malakalarini rivojlantirish tizimini ishlab chiqish masalalari haqida fikr yuritildi. 4. Modul-kreditga asoslangan ta'lim tizimining ona tili o'qitish metodikasida mustaqil o'quv topshiriqlaridan foydalanishning mavjud holati, xususan, oliy o'quv yurtlarida o'zbek tili o'qitish metodikasi dars mashg'ulotlarida bo'lajak ona tili va adabiyot o'qituvchilarini tayyorlashga mo'ljallangan o'quv adabiyotlarida mustaqil topshiriqlar savol, mashqlarning va berilishi tahliliy o'rganildi, shuningdek, mustaqil o'quv topshiriqlarini pedagogik va pragmatik jihatdan takomillashtirish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilindi, mustaqil o'quv topshiriqlarining metodik mexanizmlari ishlab chiqildi va model xaritalari yaratildi. 5. Oliy ta'limda ta'lim tizimining ona tili ta'lim mazmunida o'qitish metodikasiga oid mustaqil o'quv topshiriqlaridan foydalanishning mavjud holati, o'zbek tili o'qitish metodikasi dars mashg'ulotlarida savol, mashq va mustaqil topshiriqlarning berilishi tahliliy o'rganildi, shuningdek, mustaqil o'quv topshiriqlarini didaktik va nazariy jihatdan takomillashtirish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilindi. 6. Olingan natijalardan o'qitish samaradorligini baholash mezoni birdan kattaligi va bilish darajasini baholash mezoni noldan kattaligini ko'rish mumkin. Bundan ma'lumki, tajriba guruhidagi o'zlashtirish nazorat guruhidagi o'zlashtirishdan yuqori ekan. Demak, talabalarida mustaqil topshiriqlar ta'lim olish bo'yicha nutqiy ko'nikma hamda malakalarning rivojlanganlik darajasini aniqlash yuzasidan o'tkazilgan tajriba-sinov ishlari samarador ekanligi aniqlandi. Taklif va tavsiyalar 1. Oliy ta'limning filologiya, o'zbek tili va adabiyoti ixtisosliklari talabalari uchun mustaqil ta'lim topshiriqlari va ularni baholash mezonlari xorijiy va mahalliy tajribalarga tayangan holda ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir. 2. Yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa qator sohalarda olib borilayotgan islohotlarda tajriba-sinov jarayonida kuzatganimiz nazorat guruhi ona tili o'qitish metodikasida mustaqil topshiriqlaridan foydalanishning mavjud holatini targ'ib etish, xorijiy davlatlardagi ta'limda yangiliklarni ta'limda OTMga tezkor yetkazish maqsadida, "Lingvopedagogika" elektron ilmiy jurnalini tashkil etish zarur. 3. OTMda o'zbek tili o'qitish metodikasi mashg'ulotlarida bo'lajak ona tili va adabiyot o'qituvchilarini tayyorlashga mo'ljallangan o'quv adabiyotlarida mustaqil topshiriqlarning savol, mashq va matlarning tahliliy berilishi o'rganilganligi, ularning bu sohadagi tajribasini ilmiy tadqiq qilgan holda lingvopedagogika sohasini rivojlantirishni metodik yo'lga qo'yishni taklifetamiz. 4. Oliy ta'lim tizimida talabalarni mustaqil topshiriqlarning bajarilishi, mustaqil topshiriqlar asosida ta'lim olishga o'rgatish hamda ularning faoliyatini baholash bo'yicha modul-kredit tizimiga o'tilganligi, bunday sharoitda talabalar, asosan, o'qituvchilar tomonidan platformaga yuklangan, talabalar uchun taqdim qilingan topshiriqlarni mustaqil bajarish va masofaviy kouch-treninglar tashkil etgan holda lingvopedagogika sohasini rivojlanitirishni metodik yo'lga qo'yishni taklifetamiz. 5. Filologik ta'limda mustaqil ta'lim topshiriqlari bugungi modul-kredit ta'lim tizimi uchun ayniqsa juda ham zarurdir. Pedagogik-didaktik usullardan samarali foydalanishga e'tibor qaratilgan holda metodik-didaktik loyihalarni yo'lga qo'yish.6. Ta'limda OTMda ona tili ta'lim mazmunini takomillashtirishda "mustaqil o'quv topshiriqlari tuzish va o'qitish metodikasi", "Lingvopedagogika" ilmiy- metodik jurnallarini tashkil etishni taklif etamiz. (Unda, o'zbek tili o'qitish metodikasi mashg'ulotlarida bo'lajak ona tili va adabiyot o'qituvchilarini tayyorlashga mo'ljallangan o'quv adabiyotlaridan mustaqil topshiriqlar, savol, mashq berilishi, tahliliy o'rganish metodlari va vositalarini metodik ishlanmalari yoritib boriladi). RAIS: Dissertant tadqiqotning asosiy mazmunini bayon etib berdi. Kimda qanday savol bor? F.f.f.d. (PhD) M.Xolmurodova: Mustaqil o'quv topshiriqlari tuzish uchun hozirgi an'anaviy ta'lim shakllari qaysi metodlaridan foydalanasiz? DISSERTANT: Mustaqil o'quv topshiriqlari tuzish uchun an'anaviy ta'lim shaklida 3 usulimiz bor: og'zaki bayon etish, ko'rgazmali, amaliy metodlar. Aynan an'anaviy ta'lim shaklini belgilab beruvchi 3ta metod orasida og'zaki bayon etish metodi asosiy o'rin egallaydi. Chunki an'anaviy ta'lim shaklidagi metodda asosan og'zaki bayon etamiz va ko'rgazmali holda namoyish etamiz. Amaliy metod 3 turga bo'linadi: laboratoriya, ekskursiya va seminar mashg'ulotlari. P.f.d., prof. R.X.Niyazmetova: Menda savol bor. Ona tili ta'limi mazmuni bo'yicha o'rta umumta'lim tizimida ham, oliy ta'limda ham ko'plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Siz mavzuingizga aloqador bo'lgan qaysi tadqiqotlardan xabardorsiz? DISSERTANT: Assalomu alaykum, ustoz! Savolingiz uchun rahmat! Ona tili ta'limi mazmuni bo'yicha oliy ta'limda olib borilgan tadqiqotlar bilan tanishdik. Bular, Sh. Yusupovaning "Ona tili ta'limi samaradorligini oshirishda ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish", N.Dadajonovaning "O'zbek tili ta'limi jarayonida oliy o'quv yurtlarining nofilologik ixtisosliklari uchun nutq ustida ishlash texnologiyasi", B. Mengliyevning "Lisoniy tizim yaxlitligi va unda sathlararo munosabatlar" haqidagi ishlari, N.Alovuddinovaning "Ona tili ta'limi darslarida fikrlash ko'nikmasini shakllantirish metodikasi", A.Bobomurodovaning "Ona tili ta'lim mazmunida o'yin-mustaqil ta'lim topshiriqlardan foydalanish", K.Mavlonovaning "Ona tili fanini o'qitishda adabiyot bilan matn asosida integratsiyalab o'qitish metodikasini takomillashtirish", Sh. Abdiraimovning "Ona tili ta'limi tizimida o'qib tushunish tizimida baholashning ilmiy-metodik masalalari" ishlari, L.Raupovaning "Nutq madaniyati" darsliklari bunga misol bo'la oladi. P.f.d., prof. R.Niyazmetova: Siz o'z ishingizda qaysi xorijiy ilmiy tadqiqot ishidan foydalandingiz? DISSERTANT: Rahmat savolingiz uchun! Biz xorij olimlaridan Layner asarlaridan foydalandik. Uning asarlarida didaktik topshiriqlar berilgan. V.A.Slastyoninda zamonaviy didaktika, S.L.Rubenshteynda pedagogik psixologiya, A.N.Leontevda aynan bizning ta'lim shakllari V.A.Slastyoninda mustaqil topshiriqlari asosida yetkazish ishlari bilan shug'ullanganligining mahsulidir. P.f.d., prof. R.Niyazmetova: o'quv topshiriqlari bo'yicha shu vaqtgacha olib borilgan ishlar bor. Masalan, G'.Hamroevda va boshqalarda. Sizning ishingiz nimasi bilan ularnikidan farq qiladi? DISSERTANT: Agar G'.Hamroevning ishi o'rta umumta'lim tizimida olib borilgan bo'lsa, bizning ishimiz oliy ta'lim tizimida birinchi marta o'quv topshiriqlari asosida ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi. Shu vaqtgacha oliy ta'lim tizimida mustaqil o'quv topshiriqlari tizimi ishlab chiqilmagan. Agar G'.Hamrayev 5-1l-sinflar ustida ishlagan bo'lsa, bizning ishimiz aynan oliy ta'limga aloqador, bakalavr tizimida tilshunoslik fani bo'yicha modul-kredit tizimi uchun topshiriqlarni ishlab chiqdik. Rasulova G.K. Savol: o'quv topshiriqlarini ishlab chiqishda qaysi noan'anaviy dars usullaridan foydalandingiz? DISSERTANT: Agar an'anaviy ta'lim shakli bo'lsa, og'zaki bayon etish metodi va ko'rgazmali metod, agar noan'anaviy ta'lim shakli bo'lsa, biz bilamizki, interaktiv dars mashg'ulotini tushunamiz. Bunday usullar juda ko'p. Masalan, insert metodini asosiy metodlardan deb oldik. Xolboyeva D.B. Savol: Siz ta'lim tizimida o'qituvchini novator, innovator, motivator, fastilator, moderator va tyutorga xos xususiyatlarga ega bo'lishi kerakligini aytib o'tdingiz. Shu atamalarga izoh bersangiz. DISSERTANT: Aynan kredit-moduls tizimida zamonaviy o'qituvchi qanday bo'lishi kerak? Birinchidan, o'qituvchi novator bo'lishi kerak. Novator o'qituvchining vazifasi o'zi o'tadigan fani bo'yicha yangilikni targ'ib qiladi. Innovator - fanga yangilik olib kiruvchi. Motivator - g'oyalar asosida shakllantiruvchi. Fastilator - o'zining orqasidan yetaklatuvchi. Moderator - tarbiyaviy va ta'limiy tomondan undovchi, tyutorlik tomonlari asosan tarbiyaviy ishlarni bajarayapti. Bugungi kunda "tyutor" termini kirib keldi. Ko'proq bu oliy ta'limda tarbiya bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar uchun berildi. Vaholanki, Yevropa tizimida tyutorlar ham tarbiyaviy, ham ta'limiy tomon bilan shug'ullanadigan shaxs hisoblanadi. P.f.d. Abdullaeva R.M: Salom alaykum! Manda savol bor. Siz hozir gapirdizki, mustaqil ish haqida. I etdizki, 6 ta VUZda eksperiment o'tqizdim deb. No har o'sha 6 ta VUZzi o'zini xususiyati bor. Siz etvossizki, tibbiy oliygohi, universitet. Qanaqqilib sizzi mustaqil ishiz, sizzi mashqlariz ana shu spesialnostga bag'ishlangan? Birinchi savol. Ikkinchi savol: Mediatexnologiya kompetentligi dediz. Qaysi media istochniklari borki, siz o'shalaga asoslanvosiz? Hozircha mana shularga javob bering, keyin man yana gapiraman. DISSERTANT: Assalomu alaykum! 1-savolga javob: biz oliy ta'lim muassasasida tajriba-sinov olib borganimizda tadqiqotchi TTAda ishlagani uchun o'zbek tili dars mashg'ulotlarida tajriba-sinov o'tkazilgan. Olib borgan tajribalarimiz aynan respublikamiz oliy ta'lim muassasalarida - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti, Andijon davlat universiteti, Farg'ona davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika institutida o'tkazildi. Biz 800dan ortiq talabalardan anketa so'rovnomalar oldik. Lekin 400 nafarga yaqin talaba bilan tajriba-sinov ishlarini yakunladik. Aynan ishimizning amaliyotga joriy etilganligi haqidagi xatlar tayyor. 2-savolga javob: Bugungi kundagi o'qituvchining mediatexnologik kompetentsiyasiga quyidagilar kiradi: pedagogik texnologiyalar, axborot texnologiyalari, innovatsion ta'lim texnologiyalari. Bu uch texnologiyaning amaliy majmuasidan mediatexnologiya vujudga kelgan. Bugungi kunda mediatexnologik yondashuvlar aynan distantsion ta'lim jarayonida asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. P.f.d.Abdullaeva R.M.: Siz hozir etdizki, 6 ta VUZda qildim, o'shani tibbiyot VUZla minan oddiy universitetlarni farqi bormi? Talabalari va maqsadi bormi? o'shaning uchun mustaqil ishiyam har xil bo'lishi kerak. Siz mana shuni otrajat ishizda qimadiz, gapirmadiz ushani, chto alohida tibbiyotga mana shu bo'ladi, universitetlarga mana shu bo'ladi. Siz ulani har xil soati har xil, agar siz tibbiyot yo'nalishlariga qarasayiz, o'zbek tili 36 soat qo'yilgan hozircha. Qolgani hammasi tanlov fan. O'shaning uchun mustaqil ishlayam spesialnostiga qaratgan bo'lishi kerak. A siz hozir etvossizki, universitetlagayam, tibbiyot VUZlagayam bir xil bo'ladi deb. Birinchi zamechanie. Ikkinchi: siz hozir ettizki, mediatexnologiya, kompetentsiya haqida gapirvosiz. Man sizga boshqacharoq savol berdim: qaysi istochniklaga asoslanib mana bu kompetentsiyalarni yaratmoqchisiz? Mediatexnologiyalarga bag'ishlangan istochnikla bomi? o'sha haqida gapirib bering! Znachit, birinchisi, nima farq qiladi: mustaqil ish tibbiyotda va boshqa VUZlada sizzi mashqlarizda? Va qaysi istochnikladan siz o'shani oldiz mana shu mediatexnologiya kompetentsiyani yaratishga? DISSERTANT: Mustaqil ishlarimiz farq qiladi. Masalan, Jizzax davlat pedagogika institutida "Ona tilini o'qitish metodikasi" faniga 152 soat ajratilgan. Shundan 74 soati mustaqil ishlarni tashkil etadi. Tibbiyot akademiyasida 36 soat ajratilgan, shundan 18 soati mustaqil ish. Kredit-modul tizimida mustaqil ishlar asosiy dars soatlarining 60% ini tashkil etishi kerakligi aytilgan.P.f.d. Abdullaeva R.M.: Mashqlar nima minan farq qiladi? Har xil VUZ- ku? Bitta tibbiyot VUZ, butda boshqa VUZ. Naprimer, siz tibbiyotga qanaqa mashqla DISSERTANT: Bu ishlarning hammasi dissertatsiyamizda qayd qilingan. Marhamat, dissertatsiyamizni o'qib chiqishingiz mumkin. F.f. d., prof. R.Sayfullayeva: l-savol: Rus pedagog olimlarining qaysi ishlariga siz ko'proq ahamiyat bergansiz? 2-savol: Zamonaviy darsliklarning xususiyatlari nimada? 3-savol: Umumiy o'rta ta'lim tizimi darsliklari va oliy ta'lim darsliklarining farqini kuzatgansiz. Shularga e'tibor qaratdingizmi? DISSERTANT: Assalomu alaykum, hurmatli ustoz! l-savolga javob: Biz bilamizki, V.A.Slastyoning aynan pedagogik texnologiyalar bo'yicha o'quv texnologiyalar o'yin texnologiyalari mavzusida ish olib borganlar, darsligi ham bor. S.L.Rubenshteynning "Umumiy psixologiya" darsligida aynan mustaqil o'quv topshiriqlarining psixologik xususiyatiga urg'u bergan. A.N.Leontevning darsliklarida tafakkur shakllari haqida so'z boradi. J. A. Ponomaryov darsligining pedagogik-psixologiya qismida ham mustaqil o'quv topshiriqlariga keng o'rin berilgan. 2-savolga javob: Zamonaviy darslikning o'ziga xos xususiyatlari - o'quv rejaning kengaytirib berilishi, yangi ma'lumot tasniflar bilan kengaytirilishi, tanqidiy yondashilishi, ijodiy fikrlashga va kreativ yondashishga urg'u beriladi. 3- savolga javob: Oliy ta'lim muassasalari uchun mustaqil ta'lim topshiriqlari bilan mustaqil ish topshiriqlari tuzilganda, pedagogik-didaktik tomoniga e'tibor berdik. G*. Hamroyevning ishlari esa fonetik-lingvistik kompetentsiyaga yo'naltirilgan. Asosan shu bilan farq qiladi. RAIS: Endi dissertatsiya muhokamasiga o'tamiz. So'z dissertatsiya bo'yicha rasmiy taqrizchi, p.f.d., professor R.H. Niyozmetovaga RASMIY TAQRIZCHI: (Taqrizini o'qib beradi ZOOMda). RAIS: Rasmiy taqrizchiga munosabat bildirish uchun so'z dissertantga. DISSERTANT: Hurmatli rasmiy taqrizchimiz, filologiya fanlari doktori, professor Roza Hasanovna Niyozmetovaga kamtarin ishimizni sinchikovlik bilan o'qib, yuqori baholaganlari va qimmatli mulohazalarni bildirganlari uchun samimiy minnatdorlik izhor etamiz. Rasmiy taqrizchimizning taklif mulohazalari bo'yicha quyidagi javoblarimizni bildirmoqchimiz: 1. Dissertatsiyaning 20-betida darsliklarni takomillashtirishda didaktik va metodik yondashuvlar, intellektual salohiyat va insonning individual xususiyatlar va psixlologik faoliyati tajribasi doirasida aks etishi asoslab berilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Axmedova M: Darslikda talabaning intelektual rivojlanishini ta'minlovchi bilim, ko'nikma, salohiyati insonning psixologik (individual tipologik xususiyatlar) va psixolingvodidaktik (o'yin, o'qish, mehnat) faoliyati tajribasi doirasida aks etadi. o'quv dasturlari va darsliklar mazmuni talabalarning individual tipologik-psixologik xususiyatlari, ilmiylik, uzviylik va uzluksizlik, janriy xilma- xillik tamoyillarini e'tiborga olgan holda takomillashtirilgan; 2. Ko'p o'rinlarda darsliklar dissertant tomonidan tahlilga tortilganda olimlarining ismi va familiyasi va darslik lotin yozuvida berilgan, 101-bet, matni kirill yozuvda Axmedova M: To'g'ri, boshqa sohalarda ham kuzatilayotganidek, tilshunoslikka oid tadqiqotlarda ham darsliklardan foydalanishda lotin yozuvida nashr etilgan darsliklar ko'p kuzatiladi, ishimizda bu kabi darsliklarni qo'llash holatini havolalar bilan aynan bir xil berish talabi bilan izohlash mumkin. Biz dissertatsiya matnini kirill alifbosida yozganligimiz ba'zi adabiyotlar lotin imlosida nashr etilganligi shu asnoda kirill va lotin imlosida berishimizga to'g'ri keldi. Biz kuzatgan manbalarda, ayniqsa, bizning ishimiz o'zbek tilida yozilsa-da, modul- kredit bo'yicha ingliz tillaridagi terminlar bo'lgani uchun ham kirill, lotin va ingliz tilida mualliflarning ism-familiyalarida xatoliklar yuzaga kelganligini kuzatib, biz aynan ularni sha lotin imlosida berdik ya'ni biz foydalangan manbadagi familiyalar, ismlar qanday bo'lsa, xuddi shu shaklda berdik. 3. "Mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzishda savoldan foydalanish metodlari va kompetentlik" bo'yicha pedagog N.Muslimovning ishlari bilan tanishish kerak. Chunki bu ish shu yo'nalishdagi tadqiqotlar sirasiga kiradi. Axmedova M: Muhtaram taqrizchimizning fikrlarini inobatga olamiz. Biz N.Muslimovning ishlari bilan tanishganmiz va bu ishlarni dissertatsiyamizning umumiy, asosiy adabiyotlar ro'yxatiga ham kiritamiz. Bu kamchilikni albatta qabul qilamiz. 4. Ishda imloviy, uslubiy, ishoraviy va texnik xatolar bor, ularni tuzatish kerak (16,17,20,25,30,37…) Axmedova M: Hurmatli taqrizchimizning bu aytgan kamchiliklari albatta keyingi bosqichlargacha bartaraf etiladi va imloviy, uslubiy, ishoraviy, texnik xatolarni tuzatib, kamchiliklarni bartarafetamiz. 5. Dissertatsiyada keltirilgan ayrim rasm, jadvallar aralashib nomlangan. Havolalarni ham me'yor asosida shakllantirish kerak. Axmedova M: Ma'lumki dissertatsiya matnida rasmlarni, jadvallarni har xil illyustratsiyalarni foydalanganda texnik sabablarga ko'ra surilib ketgan holatlari bor va shuning uchun ham izohi va nomi boshqa sahifada, jadval va rasmning o'zlari boshqa sahifada kuzatilgan holatlar bo'lishi mumkin. Buni yana qayta ko'rib chiqamiz. Albatta texnik tomonlarini ham belgilangan talablarga moslashtirishga harakat qilamiz. 6. Darsliklar tahlilga tortilganda, asarlardan olingan parchalardan so'ng qavsda muallifi, asar nomi va sahifasi ko'rsatilsa, maqsadga muvofiq bo'lardi. Shu o'rinda to'ldirib qyish kerak. Axmedova M: Ishda asardagi tahlillar ko'payib ketganligi haqidagi taklifni yana bir bor ko'rib, imkon qadar, asarlardan olingan parchalardan so'ng qavsda muallifi, asar nomi va sahifasi ko'rsatish asarlar matnidagi tahlillar miqdorini muvofiqlashitirishga harakat qilamiz. 7. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatida ayrim manbaalar takror va texnik kamchiliklar mavjud, 136, 152-betdagi manbalar va boshqalar. Axmedova M: Rasmiy taqrizchimizning foydalanilgan adabiyotlar tarkibi va ishdagi takror va texnik kamchiliklar xususidagi boshqa mulohazalarini bajonidil qabul qilamiz va keyingi jarayonlarda e'tiborga olamiz. Yana bir bor muhtaram taqrizchimiz filologiya fanlari doktori, professor Roza Hasanovna Niyozmetovaga o'zimizning samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. RAIS: So'z dissertatsiya bo'yicha rasmiy taqrizchi, p.f.d., professor R.A. Hamrayevga (Taqrizini o'qib beradi). RAIS: Rasmiy taqrizchi taqriziga munosabat bildirish uchun so'z dissertantga. DISSERTANT: Hurmatli rasmiy taqrizchimiz, pedagogika fanlari doktori, professor Alijon Hamrayevga kamtarin ishimizni sinchikovlik bilan o'qib, yuqori baholaganlari va qimmatli mulohazalarni bildirganlari uchun samimiy minnatdorlik izhor etamiz. Rasmiy taqrizchimizning taklif mulohazalari bo'yicha quyidagi javoblarimizni bildirmoqchimiz: 1. L. S.Vigotskiyning "Pedagogik-psixologiya" darsligida aynan mustaqil o'quv topshiriqlar mazmuniga ham alohida e'tibor berish lozimligini, talabalarning lingvodidaktik va psixologik bilish darajalarini takomillashtirish, qaysi darajada qanday tahlil etilishi asoslab berilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Axmedova M: L.S.Vigotskiyning "Pedagogik psixologiya" darsligida Hissiy daraja - sezgi, murakkab daraja - xotira, xayol, iroda, diqqat, mexanik xotira bilan bog'liq bo'lgan - esda saqlab qolinadigan nazariy ma'lumotlarni tekshirishga qaratilgan topshiriqlardan foydalanishni cheklash, balki fikrlashga, mushohada qilishga, dunyo qonuniyatlarini anglashga, oliy daraja - tafakkur va nutq. Dunyoqarashni rivojlantirishga, kreativ va tanqidiy yondashishga xizmat qiladigan mazmundagi mustaqil topshiriqlardan foydalanish shartligini ifodalaydi. 2. Taqrizchimiz tomonidan qayd etilgan navbatdagi taklif: Ishda ayrim holatlarda (jumladan, dissertatsiya avtoreferatining 22-sahifasi (uchinchi bob, deb boshlanuvchi bandda) takrorlarga yo'l qo'yilgan. Axmedova M: Ishda ayrim holatlarda (jumladan, dissertatsiya avtoreferatining 22-sahifasi (uchinchi bob deb boshlanuvchi bandda) takrorlarga yo'l qo'yilgan, deyilgan kamchiliklarni, holatlarni inobatga olib, ularni bartaraf etamiz. 3. Dissertatsiyaning yangiligi dissertatsiya xulosalaridagi fikrlar asosida boyitilishi lozim. Buni yana qayta ko'rib chiqamiz. Albatta texnik tomonlarini ham belgilangan talablarga moslashtirishga harakat qilamiz. 4. Tadqiqotda muloqotga doir ko'plab atamalardan foydanilgan, ularning o'zbekcha muqobillari haqida o'ylab ko'rish lozim. Mavzuga aloqador ona tili ta'lim mazmunida, metodikasida amalga oshirilgan ilmiy ishlardan yanada ko'proq foydalanilsa, tadqiqotning mazmuni yanada boyigan, ahamiyati ortgan bo'lar edi. Jumladan, I. Azimova, G. Iskandarovalar tadqiqotlari ishning mohiyatiga juda aloqador ishlar edi. Axmedova M: Hurmatli taqrizchimiz tomonidan aytib o'tilgan I. Azimova, G. Iskandarovalar tadqiqotlari, albatta, ko'riladi va ishga adabiyotlar sirasiga zarur o'rinda havola bilan dissertatsiya matniga kiritamiz. Taqrizchimiz tomonidan aytilgan mazkur holatlar qayta ko'rilib, zarur o'rinlarida qo'shimcha tahlillar beriladi. 6. Tadqiqotchining mustaqil fikri bor, natijalarni umumlashtira olgan, muloqotning zamonaviy kontseptsiyalari haqida batafsil to'xtalgan, ammo aniq tajriba-sinovlar asosida amaliy xulosalar taqdim etilganda, ishning qiymati yanada ortardi. Javob: Rasmiy taqrizchimizning ishdagi muloqotning zamonaviy kontseptsiyalari haqida aniq tajriba-sinovlar asosida amaliy xulosalar taqdim etish kamchiliklarini bajonidil qabul qilamiz va keyingi jarayonlarda e'tiborga olamiz 7. Foydalanilgan adabiyotlarni rasmiylashtirishda ayrim juz'iy kamchiliklar, dissertatsiya matnida bir necha o'rinda uslubiy, imloviy va ishoraviy xatoliklar uchraydi. Axmedova M: Foydalanilgan adabiyotlarni rasmiylashtirishda ayrim juz'iy kamchiliklar, dissertatsiya matnida bir necha o'rinda uslubiy, imloviy va ishoraviy xatoliklar uchrashi, bu kamchiliklarni bajonidil qabul qilamiz va keyingi jarayonlarda e'tiborga olamiz. Yana bir bor muhtaram taqrizchimiz pedagogika fanlari doktori, professor Alijon Hamraevga o'zimizning samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. RAIS: So'z dissertatsiya bo'yicha rasmiy taqrizchi, f.f.d., professor R. Sayfullayevaga beriladi (Taqrizini o'qib beradi) . RAIS: Rasmiy taqrizchining taqriziga munosabat bildirish uchun so'z dissertantga. DISSERTANT: Hurmatli rasmiy taqrizchimiz, filologiya fanlari doktori, professor Ra'no Sayfullaevaga kamtarin ishimizni sinchikovlik bilan o'qib, yuqori baholaganlari va qimmatli mulohazalarni bildirganlari uchun samimiy minnatdorlik izhor etamiz. Hurmatli taqrizchimizning bildirgan takliflariga nisbatan quyidagilarni bayon qilamiz: 1. Dissertatsiya matnini OAK talablari asosida tahrir qilish lozim deyilgan kamchiliklarni, holatlarni inobatga olib, ularni bartarafetamiz. 2. Ishning xulosalari dissertatsiyadagi ilmiy tahlillar asosida boyitilishi va to'ldirilishi zarur deyilgan kamchiliklarni, holatlarni inobatga olib, ularni bartaraf etamiz. 3. Iqtibosda keltirilgan adabiyotlarni rasmiylashtirishda bir xillik mavjud emas, ularni, albatta, OAK belgilab bergan talablarga moslash lozim. Iqtibosda keltirilgan adabiyotlarni rasmiylashtirishda bir xillik OAK belgilab bergan talablarga moslashtirildi. 4. Taqrizchimiz tomonidan qayd etilgan navbatdagi taklif. Tajriba-sinov jarayonida (ishning 4-bobida) ishlab chiqilgan mezonlar Umumta'lim sohasidagi mutaxassislik fanlari o'rtasidagi muvofiqlik inobatga olinib, qiyoslanib berilsa, ishning qimmati yanada ortar edi. Dissertatsiyamizda professor Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Qodirov V., Jo'raboyeva Z. Ona tili. Umumta'lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. - T.: Ma'naviyat, 2007. - 224 b, Professor Mengliyev B. va boshq Ona tili 8-sinflar uchun darsligida o'qitishning qisman izlanuvchanlik va asosan, tadqiqot (izlanuvchanlik) metodlariga tayanilgan, uning mohiyati quyidagicha maslan, "Uyga vazifa" ruknida mashqning sharti o'quvchini mustaqil shug'ullanishga undaganligini ko'rish mumkinligi qayd etilgan. Yana bir bor muhtaram taqrizchimiz filologiya fanlari doktori, professor Ra'no Sayfullayevaga o'zimizning samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. RAIS: So'z dissertatsiya bo'yicha rasmiy taqrizchi, p.f.f.d., (PhD) dotsent A. S.Aslanovga (Taqrizni o'qib beradi). RAIS: Rasmiy taqrizchining taqriziga munosabat bildirish uchun so'z dissertantga. DISSERTANT: Avvalambor, bizning kamtarona ishimizni o'qib bergan kafedramizning aziz olimlariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Dissertatsiyadagi imloviy va ishoraviy xatolar haqidagi fikrlarini inobatga olamiz. RAIS: So'z dissertatsiya bo'yicha rasmiy taqrizchi, p.f.f.d., (PhD) dotsent A. X. Jo'rayevga (p.f.f.d., (PhD) dotsent A. X.Jo'rayev xizmat safari bilan davlat imtihoniga rais bo'lib Surxondaryoga ketganligi va ZOOMdan kirib ishtirok etayotganligi uchun taqrizni ilmiy kotib o'qib beradi). RAIS: Rasmiy taqrizchining taqriziga munosabat bildirish uchun so'z dissertantga DISSERTANT: Avvalambor, bizning kamtarona ishimizni o'qib bergan kafedramizning aziz olimlariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Dissertatsiyadagi imloviy va ishoraviy xatolar haqidagi fikrlarini inobatga olamiz. RAIS: Rasmiy taqrizchining taqriziga munosabat bildirish uchun so'z dissertantga. RAIS: Hurmatli qo'shma kafedralararo yig'ilish a'zolari! Endi rasmiy muhokamani yakunlaymiz, norasmiy muhokamaga o'tamiz. Marhamat, o'z munosabatingizni bildirishingiz mumkin. So'z navbatini f.f.d., prof. Ra'no Sayfullayevaga beramiz. F.f.d., prof. R. Sayfullayeva: Bugungi ishni kafedra a'zolari bir necha yil harakat qilib, oxiriga yetkazgansizlar. Tibbiyot akademiyasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirmoqchiman, chunki ular ham bu ishga ma'lum hissa qo'shganlar. Ona tilimiz rivojiga bunday ishlar ta'sir qiladi. Sababi - hozirgi kunda biz xorijiy tillarga ko'proq e'tibor beramiz. Ona tilimizning esa faqat og'zaki nutq qismiga e'tibor qaratmoqdamiz. Bugungi ishdan xursandman. Oliy ta'lim muassasasi talabalari orasida mustaqil topshiriqlar, ta'limda har xil yo'nalishlarda olib boriladi. Har bir ustoz o'z fikrini bildirib, o'z yo'nalishida boradi. Tabiiyki, Tibbiyot akademiyasida shu qizimizning o'zbek tiliga bag'ishlangan metodik ishi boshqacha tartibda boradi. Shularni hisobga olgan holda, dissertantning necha yillik mehnatini hurmat qilishimiz kerak. Sizning samimiy yondashganingizdan xursandman. Endi ish haqida gapirsam, uning 52-betida bir fikr keltirilgan: "Talabalarda to'g'ri va mantiqli savol bera olish ko'nikmasini hosil qilish zarur. Bu kelajakda to'g'ri qaror qabul qiladigan, erkin fikrlovchi filolog mutaxassislarni tayyorlash uchun juda muhim. Dissertant Axmedova M.E. Bugun talabalarga oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun ona tili grammatikasidan taqdim etilayotgan test savollariga tadqiqotchi tilshunoslar ham qoniqarli javob bera olmaydi. Chunki, mustaqil o'quv topshiriqlari noto'g'ri shakllantirilgan." Men bu fikrlarga to'liq qo'shilaman. sababi, bizda ikkita grammatika bor, biri mustaqillikdan oldingi darsliklar grammatikasi va mustaqillikdan keyingi darsliklar. Dissertantimiz mustaqillikdan keyingi darsliklarni, mustaqil topshiriqlarni to'liq tahlilga tortgan. Ishda ayrim kamchiliklar bo'lishi mumkin. Bu tabiiy hol hisoblanadi. Hurmatli rais! Men bu ishni keyingi bosqichga tavsiya etish mumkin deb hisoblayman. E'tiboringiz uchun rahmat! RAIS: Yana kimda qanday fikrlar bor? So'z navbati f.f.d., prof. Laylo Raupovaga! F.f.d., prof. L.Raupova: Assalomu alaykum, hurmatli yig'ilish ishtirokchilari va raislik qiluvchi Suhrob Do'stmurodovich! Odatda, ilmiy maslahatchiga so'z berilganda, "men fikrimni yozib berganman, shu bilan cheklanaman" deyishardi. Men kafedra muhokamasi bo'layotganligi sababli, qolaversa, mutaxassislik kafedralarining qo'shma yig'ilishi bo'layotganligi uchun ozgina aniqlik kiritmoqchiman. O'ylaymanki, bu yerda bildirilgan barcha fikrlar bayonnomada o'z aksini topadi. Malohat Ergashevnaning bu mavzu bo'yicha ishlayotganlariga 5 yil bo'ldi. Material to'pladilar, manba to'pladilar. Bizning universitetga murojaat qilganlarida ham mavzuni tanlash bo'yicha ancha tortishuvlar bo'lgan. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy-texnik kengashi tarkibidagi 11 nafar tilshunos professorlar tomonidan topshiriqlarning tilshunoslikka oid bo'lishi va hozirgi zamonaviy va dolzarb masala kredit-modulga aloqador bo'lishi kerakligi belgilab qo'yildi. Kredit-modul tizimi oliy ta'lim muassasasiga mustaqillik berish deganidir. Bizning universitetda ham birinchi va ikkinchi bosqich talabalari shu tizim .asosida o'qishadi. Ularning mustaqil o'quv topshiriqlari zaruratidan kelib chiqib, bu ish amalga oshirilgan. Har bir ish bajarilganda, keyingi ishlarga tavsiya beriladi. Dissertantimiz ham kelajakda shogirdlariga tavsiya berganlarida, ishning shakllantirilishi kerak bo'lgan tomonlarini hisobga oladilar. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi "Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to'g'risida"gi PF 4797-sonli farmoni bilan universitetimiz tashkil etilganda, shunday ustuvor topshiriq berilgan - zamonaviy metodik yondashilgan tadqiqotlar yaratish, shunday darsliklar yaratish. O'ylaymanki, bunday tadqiqotlar bugungi kabi ishlar zamirida yuzaga keladi. E'tiboringiz uchun rahmat! RAIS: Menimcha, norasmiy muhokamani ham yakunlasak bo'ladi. Endi rasmiy va norasmiy taqrizchilarning xulosalarini jamlagan holda ovozga qo'yamiz. Bugungi muhokama qilingan dissertatsiya ochiq ovozga qo'yiladi. OVOZ NATIJALARI: Rozilar: 53 nafar Qarshilar: 1 nafar Betaraflar: yo'q RAIS: Ovoz berish natijalari aniq, ko'pchilik ovoz bilan dissertantning tadqiqoti qo'llab quvvatlandi. RAIS: Muhokama yig'ilish xulosasini o'qib beradi. Kafedralararo qo'shma ilmiy-metodik yig'ilishining XULOSASI: 1. Dissertatsiya avtoreferati, tadqiqot doirasida e'lon qilingan ilmiy maqolalar dissertatsiya mazmuniga muvofiq ekanligi asoslangan. 2. Tadqiqotchi Axmedova Maloxat Ergashevnaning 13.00.02 - Ta'lim- tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi (o'zbek tili) "Modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari" mavzusidagi dissertatsiyasi dolzarb mavzuga bag'ishlangan, mustaqil bajarilgan, yakunlangan. 3. Modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzishda oily ta'lim tizimidagi darsliklar didaktik yondashuvlar asosida metodik tahlillarga tortilgan. 4. Oliy ta'lim tizimida Modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzish, ulardan foydalanish nuqtai nazaridan metodik mexanizmi ishlab chiqilishi yuzasidan samarali takliflar berilgan. 5. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi o'rganilgan materiallarning o'zbek tili metodikasidan kelib chiqqan holda, xulosalar qilishga yordam berganligi, ularning asosli ekanligi, metodologik mukammalligi bilan izohlanadi. 6. E'lon qilingan nashr ishlarida tadqiqot natijalari to'liq aks etgan; dissertatsiya mavzusi bo'yicha 20 dan ortiq ta'ilmiy ish nashr etilgan. 7. Axmedova Maloxat Ergashevnaning 13.00.02 - Ta'lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi (o'zbek tili) "Modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari" darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi va disserlatsiya avtoreferati O'zbekiston Respublikasi Yazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi qo'yilgan talablar asosida bajarilgan. RAIS: Shularni hisobga olgan holda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti "Lingvodidaktika" va "O'zbek tili va adabiyotini o'qitish metodikasi" kafedralari hamda TTA "Ijtimoiy fanlar" va "O'zbek va xorijiy tillar" kafedralarining kafedralararo qo'shma ilmiy-metodik yig'ilishning xulosasiga ko'ra quyidagicha QAROR QILADI: 1. M.E.Axmedovaning "Modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari" mavzusidagi 13.00.02 - Ta'lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (o'zbek tili) mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun qo'yilgan talablarga javob bera oladigan ish, deb hisoblansin. 2. Dissertatsiya natijalari xalqaro va respublika doirasida o'tkazilgan ilmiy konferensiyalarda aprobatsiyadan (muhokamadan) o'tkazilganligi, asosiy ilmiy natijalar davriy ilmiy nashrlarda e'lon qilinganligi, shuningdek, dissertatsiya avtoreferati hamda tadqiqot yuzasidan e'lon qilingan maqolalar ilmiy ishda tadqiqotning asosiy mazmuni aks etganligi ta'kidlansin. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiyasi Komissiyasining doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini e'lon qilish uchun tavsiya etilgan yetakchi ilmiy jurnallar ro'yxatiga kiritilgan ilmiy nashrlarda e'lon qilinganligi qayd etilsin. 3. Avtoreferat va e'lon qilingan ilmiy maqolalarning dissertatsiya mavzusiga mosligi hamda tadqiqot boblarini to'la aks ettirishi qayd etilsin. 4.Axmedova Maloxat Ergashevnaning 13.00.02 - Ta'lim tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi (o'zbek tili) "Modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari" mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyaga tavsiya etilsin. 5. Dissertatsiya Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.fil.20.01 raqamli Ilmiy kengashda himoya qilishga tavsiya etilsin. 6. Ushbu qarorning tasdig'i Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyatidan so'ralsin. Download 129.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling