Reja: O'rta ta’lim maktablarining 7-sinf "Ona tili" darsliklarining tuzilishi va mazmuni to‘g‘risida ma’lumotlar bering?


Download 9.48 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi9.48 Kb.
#1193051
Bog'liq
7-sinf Ona tili


Mavzu: UMUMIY O'RTA TA’LIM MAKTABLARINING 7-SINF “ONA TILI”DARSLIKLARINING TUZILISHI VA MAZMUNI
Reja:
1.O'rta ta’lim maktablarining 7-sinf “Ona tili”
darsliklarining tuzilishi va mazmuni to‘g‘risida ma’lumotlar bering?
2.Darslikni maqsadi?
3.Kitobning xususiyatlari haqida ggapiring?
4.Mavzuni o‘rganish bo‘yicha savollar tuzish(15 ta)

Ushbu qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi tomonidan nashrga tavsiya etilgan. Oxirgi nashr 2022-yil.


Tuzuvchilar: Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Shokir Tursun va boshqalar.
Darslik butunlay o'zgacha ishlangan, ya'ni oldingi nashrga tayyorlangan o'quv qo'llanmalar ma'lum va maxsus qoidalar asosida mavzulashtirilgan, ketma-ketlikda o'rganilgan bo'lsa, bu yaratilgan qo'llanma esa maxsus rasmlar, dialoglar matnlar orqali, o'quvchilarni ko'proq salohiyatini oshirish uchun savollar berish orqali tuzilgan.
Misol uchun, berilgan topshiriq yoki matn orqali o'quvchi uni fikrlagan orqali o'sha matn yo berilgan topshiriqqa asosan qoidani o'qituvchi tomonidan tushuntirilgach, o'quvchi topshiriqni yechishga harakat qiladi.
Ushbu qo'llanmada qoidalar kamdan kam qo'llangan. Aniq ma'lumotlar berilgan. Bu esa o'qituvchidan katta mahorat talab etadi, ya'ni o'qituvchiga mavzuda berilgan topshiriqqa, asosan mukammal qoidani o'qituvchiga yetkaza olishi kerak.
Misol uchun:
Akmaljon Usvaliyev – fidoyi tadbirkor. U, yura olmasa-da, tinim bilmaydi. Bir necha yillar oldin ijaraga joy olib, kompyuter xizmatlarini yo‘lga qo‘ygan. Keyin faoliyatini kengaytirgan, kompyuter texnologiyalarini o‘rgangan. Shu kungacha qahramonimiz 40 nafarga yaqin shogird yetishtirib, ushbu sohaning sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda. Hozir 15 nafar yigit-qizni ish bilan taʼminlagan. Tadbirkor ko‘p yillik mehnatlari uchun “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.
1. Ayting-chi, siz yuqoridagilardan kimni zamonamiz qahramoni deb bilasiz? Nima uchun?
2. Zamonamiz qahramoni mashhur odam bo‘lishi kerakmi yoki oddiy odam?
3. Sizning yon-atrofingizda ham zamonamiz qahramonlari bormi? Nega ularni qahramon deb bilasiz?
4. Zamonamiz qahramonining eng muhim sifatlarini nimalarda ko‘rasiz?
Mana shu holatda o'quvchining fikrlash qobiliyati, dunyoqarashi kengayib, hamda shu orqali matnda qoidani qo'llab o'rgana olishadi.
Mavzularni umumiy mustahkamlash uchun kitob so'ngida bir qancha test topshiriqlari berib borilgan.
Masalan:
1. Qisqa javob yozing.
Birinchi gapdagi qaysi birlik sarlavhadagi “yengish” so‘ziga maʼnodosh?
________________________________________________________________
2. Qisqa javob yozing.
Muallif O‘zbekiston taʼlimining qaysi jihatini tanqid qildi?
________________________________________________________________
3. Qisqa javob yozing.
Maʼlumotni bir oygacha xotirada saqlab qolish uchun nimalar qilish kerak?
_____________________________________________________________________
Ushbu yopiq testdan iborat testni berishidan maqsad, o'quvchining bilimini yanada oshirish, bilimga undash maqsadida qo'llanadi.
1. Quyida berilgan so‘zlarning barchasi to‘g‘ri yozilganmi? 7-qism, 5-“A” sinf, 3-, 7-, 9- modda, X asr, nuqtayi nazar, tarjimayi hol, e’zoz
A) ha
В) yo‘q

2. Fikr-mulohaza, kitob-daftar, do‘s-tdushman, el-yurt, savdo-sotiq kabi juft so‘zlar tire (-) bilan yozilganmi?


A) ha
В) yo‘q
Download 9.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling