Qatnashdilar: Kafedra mudiri (PhD) M. Asranbayeva (rais),
Download 58.43 Kb.
|
1-сонли 05.09.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILINDI
- 5. ESHITILDI: Navbatdagi masala yuzasidan M.Asranbayeva so‘zi tinglandi. M.Asranbayeva
- So ‘zga chiqdilar : M.To‘raboyeva
SO‘ZGA CHIQDILAR:
D.Oribboyeva: Barchamizga ma’lumki, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 1 kurslari uchun ishchi o‘quv rejasi va tanlov fan dasturlari belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv reja va fan dasturlari asosida ishlab chiqiladi. Fan o‘qituvchisi ishchi o‘quv rejada ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha ma’ruzalarni, mavzular bo‘yicha tayyorlangan taqdimotlarni, topshiriqlar va ko‘rsatmalarni tayyorlashi va platformaga joylab borishi lozim, ayniqsa, sirtqi ta’lim talabalari uchun bu juda ham zarur hisoblanadi. Shu sababli barchamiz o‘z fanimizga birdek mas’ul bo‘lib, barcha me’yoriy hujjatlarni vaqtida tayyorlab tasdiqlatishimiz zarur. QAROR QILINDI: M.Asranbayevaning Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi bakalavriat, magistratura, sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan fanlarning 2022-2023 o‘quv yili uchun tayyorlangan ishchi dasturlari va O‘UM tayyorlanishi, HEMIS hamda masofaviy ta’lim platformasiga resurslarning joylanish holati to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. Bakalavriat, magistratura, sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha HEMIS va masofaviy ta’lim platformasiga resurslarning o‘z vaqtida joylanishi fan o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilsin. 5. ESHITILDI: Navbatdagi masala yuzasidan M.Asranbayeva so‘zi tinglandi. M.Asranbayeva: Kurs ishlarini bajarishdan maqsad ta'lim bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo‘llash; ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo‘yilish jarayonidan boshlab, uni to‘la nihoyasiga yetkazish bo‘yicha qaror qabul qilishga bo‘lgan mas'uliyatni his etishga o‘rgatish; talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini ta'minlashga qaratiladi. So ‘zga chiqdilar: M.To‘raboyeva: Kurs ishi rahbarlarining ham o‘z vazifalari bor. Masalan, rahbarlar kurs ishi rejasini tuzishda unga yordam berishi, talabaga tizimli ravishda maslahatlar berib borish uchun tegishli jadvalni tuzishi, shuningdek, adabiyotlar tanlash va ularni qo‘llashda talabaga ko‘maklashish kerak. Talabalarning kurs ishlarini yozilishini doimiy ravishda nazorat qilib borishimiz zarur. QAROR QILINDI: 1. M.Asranbayevaning Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasidagi kurs ishlari mavzularini tasdiqlash to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Kurs ishlari mavzulari tasdiqlansin va bajarilishi kurs ishi rahbarlari zimmasiga yuklatilsin. Download 58.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling