Qatnashdilar: Kafedra mudiri (PhD) M. Asranbayeva (rais),
Download 58.43 Kb.
|
1-сонли 05.09.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. ESHITILDI
QAROR QILINDI:
Kafedra mudiri M.Asranbayevaning Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” mavzusida tashkil etilgan mustaqillik darslarini tashkil etish to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha barcha me’yoriy hujjatlarni tayyorlash kafedrada faoliyat olib borayotgan fan o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilsin. 3. ESHITILDI: Navbatdagi masala yuzasidan yig‘ilish raisi M.Asranbayeva so‘z olib, kafedraning 2022-2023 o‘quv yili uchun ish rejalari tuzilganligi, professor-o‘qituvchilarga yangi o‘quv yili uchun o‘quv yuklamalari ajratilganligi, shaxsiy ish rejalarini tasdiqlatish kerakligi, kafedra yig‘ilishlari rejasini va kafedra mudirining yillik rejasi (o‘quv, o‘quv-uslubiy, tashkiliy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar)ni shuningdek, kafedra tasarrufidagi “Mutaxassislikka kirish”, “Husnixat o‘qitish texnologiyasi”, “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani”, “Ona tili- o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi”, “Elementar matematika”, “Matematika o‘qitish metodikasi”, “Umumiy psixologiya”, “Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish”, “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Milliy tarbiya asoslari”, “Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” , “Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish metodikasi”, “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish”, “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi”, “Tasviriy faoliyatga o‘rgatish texnologiyasi”, “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari”, “Nutqning ontogenezda rivojlanishi” , “Ona tili” kabi fanlaridan tayyorlangan ishchi o`quv dasturlar, o`quv-uslubiy majmualarni tasdiqlash bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi. Yo‘nalishlarda klassifikator o‘zgarganligini hamda kafedraning ushbu yig‘ilishida tasdiqlanishi kerakligini aytib o‘tdi. (Jami fanlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan jadval ilova qilinadi). Shuningdek, kafedrada rus guruhlari uchun mutaxassislarning yetishmasligi va ilmiy darajaga ega o‘qituvchilarning kamligini e’tiborga olgan holda, yangi ishga olingan o‘qituvchilarga ham 200 soatdan ma’ruza mashg‘ulotlari taqsimlanganligini aytib o‘tdi. Ushbu masala yuzasidan so‘zga chiqqan kafedra katta o‘qituvchisi D.Oribboyeva, o‘qituvchisi N.Maxmudova yig‘ilish raisining fikrlarini ma’qulladilar. Shundan so‘ng ovozga qo‘yildi va bir ovozdan tasdiqlandi. Download 58.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling