University of Business and Science
nodavlat oliy ta`lim muassasasi
Iqtisodiy fanlar fakulteti «Iqtisodiyot» kafedrasining 3-sonli majlis
BAYONNOMASI
Namangan shahri 27 oktabr 2023 yil
Majlis raisi: Q.Umarqulov – kafedra mudiri, dots
Majlis kotibi: M.Abdug’aniyev– o’qituvchi
Qatnashdilar: kafedra professor-o’qituvchilari (Jami 12 kishi)
KUN TARTIBI:
1. Direktiv hujjatlarning ijrosi haqida
2. Kafedrada ma`naviy-ma`rifiy ishlarining bajarilishi ahvoli va iqtidorli talabalar bilan ishlash holati.
3. Kafedrada faoliyat olib boradigan professor o’qituvchilarning ilmiy ishlari muhokamasi
4. Kafedraning Ziyonetdagi saytiga yangi ma`lumotlar kiritish to’g’risida
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida
6. Turli masalalar
ESHITILDI:
Majlisni Iqtisodiyot kafedra mudiri Q.Umarqulov olib bordi. U barcha majlis ishtirokchilarini kafedraning 2023-2024 o’quv yilidagi dastlabki majlisini ochiq deb e’lon qildi. Barcha majlis qatnashchilarini kun tartibiga kiritilgan masalalar bilan tanishtirdi va ovozga qo’ydi. Majlis ishtirokchilari ochiq ovoz berish yo’li bilan bir ovozdan majlis kun tartibiga kiritilgan masalalarni maqulladilar.
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan Iqtisodiyot kafedrasi mudiri so’z olib, Iqtisodiyot kafedrasiga 28 avgust kunigacha kelib tushgan direktiv hujjatlar tarkibi va ularni ijrosi haqida so’z yuritdi. Kafedrada bajarilgan ishlar natijalari bo’yicha hisobot berdi hamda ularni kafedradagi ijrosiga to’xtaldi.
1-masala yuzasidan qaror qabul qilindi:
Direktiv hujjatlarning ijrosi haqida kafedra mudiri Q.Umarkulovning axboroti ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |