Qatnashdilar: metodbirlashma raisi: U. Xidirov
Download 16.09 Kb.
|
Jo\'rayeva Sanobar ОММАЛАШТИРИШ 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaror qiladi
Qaror №5 Shahrisabz shahar 14- IDUMning aniqfanlar metodbirlashmasida navbatdagi yig’ilish bo’lib o’tdi. 24-mart 2023 yil Qatnashdilar: metodbirlashma raisi: U.Xidirov A’zolari: U.Komilova K.Shoimova A.Zokirov N.Muxammadiyeva N.Soliyeva S.Jo’rayeva R.Mirzayeva Qatnashmadi: D.Sa’dullayeva, K.Rustamova Kun tartibidagi qo’shimcha masala: 1.Ilg’or o’qituvchilarning ish tajribasini ommalashtirish. Axborotchi: U.Xidirov Eshitildi: Qo’shimcha masala yuzasidan metodbirlashma raisi U.Xidirov so’zga chiqdi. U o’z so’zida o’quvchilarga bilim berishda yutuqlarga erishgan,dars jarayonida turli innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalangan, chuqur bilim va malakaga ega bo’lgan, yil davomida bir qancha namunali ochiq darslar,tadbirlar tashkil etgan metodbirlashma a’zolarining ish tajribasini ommalashtirish haqida gapirdi.Xususan, matematika fani o’qituvchisi Jo’rayeva Sanobarning 2023-yilning 28-fevral kuni 11-B sinfiga algebra fanidan “Moda, median ava o’rta qiymatga doir misollar yechish” mavzusiga ochiq dars o’tdi. Darsda Metodbirlashma rahbari U.Xidirov, matematika fani o’qituvchisi N.Soliyeva, kimyo fani o’qituvchisi Sh.Tursunova, MMIBDO’ F.Xudoynazarovlar ishtirok etdi. Darsda o’tilgan mavzu yuzasidan sinov o’tkazildi, qiziqarli rasmdan foydalanib moda median ava o’rta qiymatni topishga doir topshiriq berildi.keyingi topshiriq har-bir qator uchun o’quvchilarning bo’yini uzunligini modasini, medianasi va o’rta qiymatini toppish berildi va natijalar tekshirilib taqqoslandi. Dars davomida rangli tarqatmalar va electron doskadan foydalanildi. Darsda o’quvchilar faol ishtirok etishdi. Darsni kuzatgan o’qituvchilar dars noananaviy tarzda namunali holda o’tkanligini takidlashdi. Jo’rayeva Sanobar o’z kasbiga mehr qo’ygan, o’quvchilaridan bor bilimini ayamaydigan, chinakam fidokor inson. Darslarida ilg’or pedagogik texnologiyalardan keng va samarali foydalanib keladi. So’zga chiqqan matematika fani o’qituvchilari Shoimova Komila va N.Soliyeva o’tgan ochiq dars hafida o’z fikrlarini bildirdi va o’quv yili davomida samarali faoliyat yuritayotgan, namunali ochiq darslar, tadbirlar tashkil etgan Jo’rayeva Sanobarning ish tajribasini ommalashtirish zarurligi haqida ta’kidlab o’tdilar, birlashmaning yosh pedagoglariga o’rnak olish, uztozning faoliyatidan yangiliklarni o’rganish kerakligi aytib o’tildi. Mazkur masala yuzasidan yig’ilish Qaror qiladi: 1.Metodbirlashma raisi U.Xidirovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Fan o’qituvchisi S.Jo’rayevaning o’tgan ochiq darslari va tadbirlari namunali deb topilganligi qayd etilsin. 3. Joriy o’quv yilida o’qituvchi S.Jo’rayevaning ish tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish uchun maktab pedagogik kengashiga tavsiya qilinsin. Aniq fanlar metodbirlashmasi raisi: U.Xidirov Download 16.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling